O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti
-jadval Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2017y)
Download 0.54 Mb.
|
Tohirov Nozimjon (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy integrastiya Shaxsiy aloqalar Texnologiyalar
3-jadval
Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2017y)
Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan: 1. Iqtisodiy integrastiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha; 2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro telefon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari qajmi bo’yicha; 3.Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha; 4. Mamlakatni xalaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha. Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalladi. O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametrlari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda. Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi turlicha talqin qilinmoqda bu jarayonga nafaqat olimlar, mutaxassislar va eksportlar, balki turli mamlakatlarning fuqarolari ham turlicha munosabat bildirmoqdalar. Globallashuv jarayonlari rivojlangan mamlakatlarda xayrixohlik bilan qabul qilinmoqda. Buning sababi shundaki, globallashuv jarayoning afzalliklari barcha mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi shuning uchun globallashuvdan kim foyda ko’radi, degan savol munozaralarga sabab bo’layotgan masalalardan biri hisoblanadi. Globalizastiyani iqtisodiy tomondan qaraganda KMK yo uzluksiz globalizastiyalashishi, yo raqobat kurashi girdobida yo’q bo’lib ketishi kerak. Ko’p Millatli Korporastiyalar turli mamlakatlarning qiyosiy ustunliklaridan foydalanish hisobiga mutlaq ustunlikka erishmoqdalar. Ular ko’p mehnat sarfini talab qiladigan jarayonlarni ishchi kuchi arzon bo’lgan joylarda, ishlab chiqarishning yuksak texnologiyalarga asoslangan qismini esa - malakali ishchi kuchiga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo’lgan mamlakatlarda yo’lga qo’ymoqdalar. Tayyor mahsulot chiqaradigan korxonalar sotish bozorlari yaqinida va soliq stavkalari past bo’lgan mamlakatlarda o’z kapitallarini joylashtirilmoqda. Endilikda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va ish joylari tashkil etishda hukumatlarning roli, oldingi davrlardan farqli o’laroq, asosan boshqa mamlakatlardan o’z hududiga boy investorlarni mumkin qadar ko’proq jalb qilishdan iborat bo’lib qolmoqda. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. XMT doirasida globallashuv jarayonining kengayishi past rivojlangan mamlakatlar mavqeini salbiy o’zgarishiga sabab bo’ladi, ularni globallashuv jarayonini sub’ektlariga emas, balki ob’ektlariga aylantirish mumkin. Demak, globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Shuning uchun globalizastiya jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalasini qo’yadi. Globallashuv sharoitida markazlashtiruvchi kuchlarning markazlashishi bilan bog’liq buzg’inchilik ta’sir yuzaga chiqishi mumkin, bu mamlakat ichidagi an’anaviy aloqalarning uzilishiga, ijtimoiy muammolarning kuchayshiga, mazkur jamiyat uchun muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Globallashuvdan keladigan afzalliklarning milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlari o’rtasida bir xil taqsimlanmasligi; Milliy iqtisodyotda sanoatlashishning sekinlashuvi; Ayrim mamlakatlarda iqtisodyotni nazorat qilishni hukumat qo’lidan boshqalarga, masalan kuchliroq davlatlar, TMK yoki hususiy tashkilotlar qo’liga o’tish ehtimoli; Moliyaviy sohaning nobarqarorlashuvi ehtimoli milliy iqtisodyotlarning jahon miqyosida o’zaro bog’liqligi natijasida hududiy yoki global nobarqarorlik ehtimoli bir mamlakatdagi iqtisodiy tebranishlar va inqirozlar hududiy hamda global oqibatlarga olib kelishi mumkin. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi. Globallashuv mamlakatlarga yuqorida qayd qilingan muammolardan tashqari yana quyidagi muammolarni ham keltirib chiqaradi: Rivojlangan mamlakatlardan texnologiya sohasida orqada qolishning yanada chuqirlashishi; Aholining asosiy qismini kambag’allashishi; Ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuvning o’sishi; Kam rivojlangan mamlakatlarning jahon xo’jaligining barqarorligiga bog’liqligi darajasi yanada ortishi; Milliylikka yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda TMK tomonidan davlatning imkoniyatlarini “cheklab” qo’yilishi; Tashqi qarzlarning eng avvalo xalqaro moliya tashkilotlari oldidagi qarzning ortishi, bu esa istiqboldagi taraqqiyotga to’sqinlik qiladi. Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Globallashuv tufayli rivojlangan mamlakatlarda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tez-tez muhokamada bo’ladigan ijtimoiy-siyosiy muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling