O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi pedagogik innovatsiyalar, professional ta`lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari


Download 168 Kb.
bet8/10
Sana01.04.2023
Hajmi168 Kb.
#1317242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bitiruv Malakaviy ishi D.Rahimova

2.Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari. Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi.
Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan.
Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga nisbatan qo’llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar:
1. Matematik statistik qayta ishlanganlik.
2. Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari.
3. Ijtimoiy psixologik me`yorlar.
Ekspert bahosi (klinik) metodi o’z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga asoslangan bo’lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi. Ushbu metodika ko’pincha shaxs psixodiagnostikasida qo’llanilib, bunday metodikalarning asosiy kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o’z ta`sirini o’tkazishi mumkin.
Psixodiagnostika medotiklar va psixogiagnoistik tekshiruv jarayoniga qo’yiladigan talablar:

  1. Validlik- psixodiagnostik metdikalarning asosiy xususiyatlardan biri sifatida validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari.

  2. Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixometrik ko’rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari.

  3. Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi.

  4. Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to’plam reprezentativligi muammosi.

    1. Параграфда методикалар ҳақида, аммо нега сиз методлар ҳақида ёзгансиз? Метод билан методика битта нарсами?

I.II Metodikani tanlashda yosh xususiyatlarining ahamiyati va ta’siri.


Yosh davrlar psixologiyasi – psixologiya fanining inson rivojlanishining yosh davrlari xususiyatlarini o’rganuvchi sohasidir. Tarbiya va ta’limning yosh xusisiyatlariga bog’liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o’rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarimida shakllandi. Bu psixologiya fanida genetic g’oyalarning kirib kelishi bilan bog’liqdir. Rivojlanayotgan psixologik – pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va birinchi navbatda, uning “Chelovek kak predmet vospitaniya” (“Inson – tarbiya predmeti sifatida”) degan asari katta hissa qo’shgan edi. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi Charlz Darvinning evolutsion g’oyalari jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Psixologiya tomonidan o’rganiladigan omillarning reflector mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham takidlab o’tgan. Yosh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gel’msol’sning sezgi organlarining psixofiziologiyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psxologiya hissiyoti va harakatlarining o’rganilishi va boshqalar asosi ahamiyatga ega. XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy :biologic va ijtimoiy yo’nalish ajratilgan. Biologic , biogenetic yo’nalishga xos narsa – tug’ma xususiyatlar, “irsiyat”ga yo’naltirish, bola hulqi va rivojlanishini soda-mexanik tushunishga unutilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi.Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolyusiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. ²omila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. SHunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin-ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi.Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi sirtqi ta’sir emas, ichki sabab natijasida Yuzaga keladi degan g‘oya yotadi. Tarbiyaga qaramay, u tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy–shartli psixik sifatlarining namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Biogenetizm o‘qituvchi, tarbiyachilarsiz – «erkin tarbiya» pedagogik nazariyasi-ning psixologik asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yo‘nalishning g‘ayriilmiy mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30-yillarida anglab etishdi.
Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuYulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, muhit bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi.

Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling