O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi pedagogik innovatsiyalar, professional ta`lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


-bob. Psixologik metodikalarning nazariy asoslari


Download 168 Kb.
bet2/10
Sana01.04.2023
Hajmi168 Kb.
#1317242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bitiruv Malakaviy ishi D.Rahimova

1-bob. Psixologik metodikalarning nazariy asoslari
2-bob. Metodikalarning psixologik tahlili


Mavzu olingan sana: “_____” mart 2023y.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish sanasi: “_____” mart 2023 y.


Tinglovchi: ___________ _______________
(Imzo)
(F.I.SH.)
Rahbar: __________________________
(Imzo)
(F.I.SH.)
Kafedra mudiri: ___________ S.f.f.d., (PhD) E.Xaitov


Rahbar xulosasi: ______________________________________


M U N D A R I J A



Malaka ishi boblari va paragraflari

Малака иш боблари ва параграфлари

Beti

Kirish




1-bob. Psixologik metodikaning nazariy аsoslari




1.1. Psixologik metodikaning tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar




1.2. Metodikalarni tanlashda yosh xususiyatlarining ahamiyati va ta'siri




2-bob Metodikalarning psixologik tahlili




2.1 Psixologiyada aniqlash va tashxislash metodikalari




2.2. Yoshga doir “Tugallanmagan jumlalar” prektiv metodikasi, “Yomg'ir ostidagi odam” va “Mavjud bo'lmagan odam” metodikalaridan foydalanish hamda tahlil qilish usullari




Xulosa va takliflar




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




Ilovalar





Kirish

Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama yetuk, intellektual salohiyati baland avlodni tarbiyalash bilan uzviy bog‘Iiq. Shu bois ham O‘zbekiston uchun ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib olindi. Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirishda insonning psixologiyasi, uning psixologik xususiyatlari va xulq-atvorini o'rganish va undan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida foydalanish kabi masalalar alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Bugungi kunda milliy tiklanish mafkurasi shakllanayotgan jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhit sog‘lomlashayotgan, milliy qadriyatlar, inson huquqi, erki tiklanayotgan bir sharoitda jam iyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, diniy va dunyoviy bilimlami mukammal egallagan aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan sog‘lom erkin ijodkor shaxs darkor. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy o’rta va o’rta maxsus Davlat ta’lim muassasalarida o’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyuldagi 577-sonli “O’quvchilarni psixologik –pedagogik qo’llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish to’g’risidagi qarori qabul qilindi.


Mazkur qaror va farmonlardan ko’zlangan asosiy maqsad ta’limdagi yangilanishlar ta’lim jarayoni orqali o‘quvchini o‘z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o‘z taqdiri va o‘z shaxsiga ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘z-o‘zini rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o‘quv yurtimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo‘lishi shart” . Bugungi kunda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldim izda turgan eng dolzarb vazifadir, ya’ni o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Hozirgi davrda yoshlarni mustaqil ijodiy fikrlashga o ‘rgatish, mustaqil fikr yuritish imkoniyatlarini, intellektual salohiyatini rivojlantirish muammosi respublikamiz ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shunigdek, 2020-yil 19-maydagi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilingan “Yangi tahrirdagi ta’lim to’g’risidagi qonuni” ham shular jumlasidandir. Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar o’rin olgan: davlat akkreditatsiyasi – davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o’quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 19-mayda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish jarayonida hayotimizning barcha jabhalarida “inson omili”ning roli ortib borishi kuzatilmoqda. Yuksak qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda. Shunday ekan, alohida olingan iste’dodli shaxslardagina emas, balki barcha insonlarning ijodiy imkoniyatlarini, ijobiy shaxs xususiyatlarini iloji boricha ko ‘proq rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intellektual salohiyatiga aloqador fanlarning roli ortib borishi, har bir inson shaxsida mavjud yashirin imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro‘yobga chiqarish yo‘l-yo‘riqlarini nazariy jihatdan ishlab chiqish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, ta’lim va tarbiya jarayonida shaxsning yosh xususiyatlarini inobatga olish kerak. Biroq shaxsning to‘laqonli psixik taraqqiyoti nuqtayi nazariga ko ‘ra vazifalar ancha murakkabroq qo‘yilmog‘i zarur, ya’ni yosh xususiyatlari pedagogik jarayonda nafaqat inobatga olinishi, balki faol ravishda shakllantirilib, shaxsning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘mak berishi kerak. Psixik taraqqiyotning o ‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish psixologik hosilalarning tarkib topishi va genezisiga faol ta’sir o‘tkazishni taqozo qiladigan faol shakllantirish funksiyasini belgilaydi. Ta’lim -tarbiyaning asosiy vazifasi-shaxsning to‘laqonli psixik va shaxs taraqqiyotini ta’minlashdir. Shu sababli turli xil yosh davrlarida shaxsning psixik rivojlanish xususiyatlari va darajasini o‘rganish talab etiladi. Bunda esa umumiy psixodiagnostika faniga oid bilimlar yordamga keladi. Umumiy psixodiagnostika fani shaxsni har tomonlama, yani uning kognitiv sohasi, xulq-atvori, individual-psixologik xususiyitlarini o‘rganishning metodologiyasi, nazariyasi, metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda shaxs rivojlanishini ilmiy asosda diagnostika qilish, prognozlash, aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan bo‘gliq malaka va ko‘nikmalar hosil bo’lishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda psixologik xizmat tashkil etish dolzarb masalalardan biridir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi : Metodikalarning yosh xususiyatlarga doirligi ni yoritish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari shundan iboratki :

  1. Metodlarning yoshga doir xususiyatini o‘rganishning axamiyatini ochib berish.

  2. Diognostik metodikalarning qo’llanishini yoritib berish.

  3. Psixologik metodlarni qo‘llanish usullari haqida ma’lumot berish.

  4. Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan metodlaridan foydalanish usullarini ko‘rsatib berish.

  5. Mavzu bo’yicha umumiy xulosa va tavsiyalar yozish.


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling