III. Tanlovni o’tkazish bosqichi va muddatlari
“Ranglar jilosida aks etgan yurtim jamoli” rasmlar tanlovi bir bosqichda o‘tkaziladi: ijodiy ishlar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab ikki hafta davomida (shu kun ham kiradi, soat 18:00 ga) qadar qabul qilinadi. G‘oliblar tanlov qabul jarayoni yakunlangandan so‘ng uch ish kuni davomida e’lon qilinadi va universitet sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.
IV. Tanlovni tashkil etish va g‘oliblarni aniqlash tartibi
Tanlovning o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha soha professor-o‘qituvchilari va mutaxassislardan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.
Talabalarning ijodiy ishlari Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari asosida baholanadi.
“Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov shartlari:
rasmlar qo‘lda chizilgan bo‘lishi kerak;
qalam, akvarel, guash va boshqa buyoqlardan foydalanishga ruxsat etiladi;
format А3 bo‘lishi lozim.
Tanlov davomida chizilgan sur’atlar hakamlar tomonidan baholangan qarorga asosan universitet hisobiga olinishi mumkin.
Chizilgan rasmning orqa tomonida Ishtirokchi- talabaning ismi, sharifi va otasining ismi, o‘qish joyi, fakulteti, kursi, guruhi, ta’lim yo‘nalishi va mobil telefon raqami to‘liq ko‘rsatiladi.
Tanlov davomida “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan rasmlar universitetning bino, foye va talablar turar joyida joylashgan xonalarga mualliflik huquqi saqlab qolingan holda ilinadi.
Ishtirokchilar tomonidan chizilgan suratlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida tashkil etilgan qabul komissiyasiga topshiriladi.
Jami ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda g‘oliblar aniqlanadi.
G‘oliblarni aniqlashda Hakamlar hay’ati quyidagi mezonlarga e’tibor qaratadi va ball qo‘yish orqali baholaydi:
rasmning mavzuga mosligi va mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi - 20 ball;
ijodiy ishda ma’lum bir mavzuning yoritib berganligi – 20 ball
ranglardan to‘g‘ri foydalana olganligi – 20 ball
muallifning rasm yaratilishida Yangi O‘zbekistonni madh etish, Vatan tinchligi, yurtga sadoqat va shukuronalik, o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlarining ifoda etilganligi – 20 ball
ishning plagiat (boshqa tayyor ijod namunasidan foydalanish) talabiga javob berishi 20 ball.
Do'stlaringiz bilan baham: |