O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
Download 121.86 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word (2)
Madaniy hayotda:Xonlikning madaniy hayotida Xiva, Hazorasp, Urganch, Vazir kabi shaharlarining o’rni; Eron bilan munosabatlar, jumladan Bug’achaxon davrida shoh Tahmasp bilan qarindoshlik munosabatlarining o’rnatilganligi, hamda Erondan xonlikka ko’plab sovg’alar yuborilganligi; Bu davrdagi savdo munosabatlari, jumladan Buxoro xonligi va ruslar bilan savdo aloqalari, shuningdek savdo karvonlarining Mang’ishloq orqali o’tganligi haqidagi ahamiyatga molik ma’lumotlar kabi masalalar yoritilgan. Yuqoridagilardan Abulg’ozi Bahodirxon va «Shajarai turk» asarining Xiva xonligi tarixini yoritishdagi ahamiyati, shuningdek Xorazm madaniyati tarixidagi o’rni haqida shunday xulosa qilishimiz mumkin: Muallif «Shajarai turk» asarini yaratish jarayonida turli uydirma va soxtaliklarga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi. Shu ma’noda, o’zigacha bo’lgan davr tarixini yozishda bir necha o’nlab tarixiy asarlarni o’rganib, faqat tarixiy haqiqat deb bilgan hodisalarnigina asarga kiritadi. Rashididdinning «Jome ut-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarlari bunda alohida ta’kidlab o’tiladi. Abulg’ozixon asarning asosiy qismi, ya’ni o’zi yashagan davr tarixini yozishda qarindoshlar o’rtasidagi kurashlarni ham, o’zining surgunlikdagi davrlarini ham g’alaba va mag’lubiyatlarini ham ochiq bayon etishga harakat qiladi. Bu hijatdan, olimlar uni Zahiriddin Muhammad Boburga qiyoslaydilar. Chunki, Abulg’ozi Bahodirxon ham avvalo hukmdor edi. Bu esa, unga mutlaq ijod erkinligi uchun imkon yaratdi. U saroy rasmiy arboblariga itoat etishi, qat’iy shakllangan an’anaviy uslub iskanjasida ijo d etishi shart bo’lmagan. Uning asarni yozishdan asosiy maqsadi, boshqa tarixchilardan farqli o’laroq ma’lum bir hukmdor davrini ulug’lash emas, balki tarixning yozilmay qolgan qismini to’ldirib keyingi avlodga yetkazishdan iborat edi. Shuning uchun ham, muallif tarixiy voqyea hodisalarni sodda, tushunarli, ixcham til birliklari orqali bayon etadi. Shuningdek, «Boburnoma» Andijon shevasida yozilgan bo’lsa, «Shajarai turk» Xorazm shevasida yozildi. Bu haqida uning ilmiy faoliyati bilan tanishgan venger sharqshunos olimi G.Vamberi: «Abulg’ozi Bahodirxonning ko’pgina ishlari Boburni xotirga tushiradi… Jahon uning «Shajarai turka asari uchun undan minnatdordir» degan edi. Shuningdek, o’zining «Shajarai turk» asari bilan Abulg’ozixon Xorazm tarixnavislik maktabiga asos soldi. Keyingi xorazmlik ijodkorlar Munis, Ogahiy va Bayoniylar Abulg’ozining ilg’or an’analarini rivojlantirib, yangi tarix asarlarini yaratdilar. XIX asrda Munis tomonidan boshlanib, Ogahiy tomonidan yozib tamomlangan «Firdavs ul-iqbol» shubhasiz, Abulg’ozixon boshlagan an’analar ta’sirida, undan foydalanib yozilgan tarixiy asar hisoblanadi. Zero bu tarixchilar o’zlarigacha bo’lgan tarixni bayon etishda ko’proq Abulg’ozi Bahodirxon asarlariga tayanganlar. Download 121.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling