O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti


Koreys Auditoriya soati 30


Download 33.76 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi33.76 Kb.
#1367057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Koreya tilida so\'zlashuv o\'rta1

Koreys

Auditoriya soati

30

Fan nomi (o‘zbek tilida)

Fan nomi (koreys tilida)

Mustaqil ta’lim

30

Koreys tilida so’zlashuv o’rta1



한국어 말하기 중급1

Jami yuklama

75

Fanning ishchi o’quv dasturi tegishli yo‘nalishlarning Malaka talablari asosida Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:
Umurzakova Dilfuza - KIUF, “Koreys tili” fani o’qituvchisi

Taqrizchilar


...................................... – Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari


doktori, professor

...................................... – Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari


bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Fan dasturi Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan (20___ yil “ dagi -sonli bayonnoma)



  1. Fan dasturining mohiyati va oliy ta’limdagi o‘rni

Koreys tilida so’zlashuv o’rta1 fanining namunaviy o‘quv dasturi Davlat ta’lim standartlarining talablari asosida tuzilgan. Davlat ta’lim standartining Oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun me’yor hisoblanadi. Koreys tilida so’zlashuv o’rta1 ta’limining asosiy maqsad hamda vazifalari talabalarning dunyoqarashini kengaytirish va tafakkurini rivojlantirish, Koreys tili so‘z san’ati va madaniyatiga, milliy an’ana va boy ma’naviyatiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdir. Bosh maqsaddan kelib chiqqan holda Koreys tilida so’zlashuv o’rta1 o‘quv fanining oldiga qo‘yilgan maqsad quyidagilardan iborat:
- o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish;
- koreys tilida maqol va idiomalarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik ruhini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
- o‘quvchilarni koreys tiliga qiziqtirish, so’zlashuv uslublarini o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borish.
Koreys tilida so’zlashuv o’rta1 fanini o‘qitishning asosiy maqsadi : o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarning koreys tilida og‘zaki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olish;
- talabalarda grammatikaga oid eshitilgan axborotni tushunish, tanqidiy, tahliliy fikrlash, munosabat bildirish, og‘zaki va yozma nutq madaniyatini egallash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi
Fan bo‘yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish ko'nikmalariga ega bo‘ladi
Berilgan topshiriqlar bo'yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo'ladi.
– shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
– o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish;
– jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va uni Koreys tilida bayon eta olish;
– tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish;
– inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va
qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda ulardan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.




  1. Download 33.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling