O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti


Koreys tili so’zlashuv o’rta1 fanini o‘qitishning vazifalari


Download 33.76 Kb.
bet3/8
Sana19.04.2023
Hajmi33.76 Kb.
#1367057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Koreya tilida so\'zlashuv o\'rta1

Koreys tili so’zlashuv o’rta1 fanini o‘qitishning vazifalari:

- talabalarning mantiqiy tafakkurini, chet tiliga nutqiy qobiliyatini, xotirlash turlari, fikrlari, umumnutqiy va umumta’limiy yo’riqlari, til bo’yicha mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirishdan iborat. Talabalar o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirishdan iborat;


-og’zaki nutqda yuksak savodxonlik, koreys tili me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish hamda fanning mazmunidan kelib chiqqan holda talabalarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat.



  1. Talabalar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:

-koreys tilidagi matnlarni ifodali o‘qiydi va mazmun – mohiyatini tushuna oladi;


-matnni o’qib syujetini qayta so‘zlab beradi;
-matnlarda aks etgan voqelikni tanqidiy tahlil qiladi;
-o’zbek tili va koreys tili madaniyatini o‘ziga xos jihatlarini farqlaydi;
-koreys tilida o’qigan matndagi tasavvurlarni tushuntira oladi;



  1. Koreys tilida so’zlashuv o’rta1 fani bo‘yicha malaka talablari

– fikrni mantiqiy izchillikda koreys tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon etadi, 25-30 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi, imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi, ish qog‘ozlari (hisobot, tarjimayi hol va boshqalar)ni to‘liq yozadi;


– til uslubini yaratuvchi vositalarni: leksik vositalar, fonetik vositalar, grammatik vositalar, sintaktik vositalarni izohlay oladi, farqlaydi va nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi;
– ilmiy manbalardagi o‘rtacha murakkablikdagi ma’lumotlarni tinglab tushunadi, nutq uslubiyotiga xos xususiyatlarni tinglab tushunadi;
– nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi;
– o’rta merakkablik janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi
uslubiy vositalarning ahamiyatini his qiladi;
– fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi,
bir fikrni turli shaklda ifodalaydi;
– ijodiy va badiiy matnlar yarata oladi, imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi, ixtisoslikka oid matn tuza oladi, bunda til birliklaridan o‘rinli foydalanadi;
– 35-40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi;
– koreys tili leksikasining rivojlanishi, boyish manbalarini tushuntira oladi;
– so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini tushunib,
izohlay oladi, nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.




  1. Download 33.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling