O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 147.95 Kb.
bet8/11
Sana21.04.2023
Hajmi147.95 Kb.
#1369004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Makroiqtisodiyot kurs ishi (3)

Hisoblangan daromadlar

19 827,1

22 140,1

5 152,0

5 827,7

Tovarlar eksporti

10 161,5

11 385,6

2 956,9

3 400,4

Xizmatlar eksporti

2 250,7

2 749,6

572,8

660,5

Hisoblangan birlamchi daromadlar

2 598,8

3 181,2

685,1

759,39

Hisoblangan ikkilamchi daromadlar

4 816,1

4 823,8

937,1

1 007,41

Hisoblangan xarajatlar

18 347,1

25 733,1

5 377,7

6 561,0

Tovarlar importi

12 377,3

18 252,4

3 727,8

4 746,9

Xizmatlar importi

4 092,5

5 191,1

1 142,6

1 190,1

To’lanishi lozim bo’lgan birlamchi daromadlar

1 384,2

1 674,4

370,9

479,1

To’lanishi lozim bo’lgan ikkilamchi daromadlar

493,1

615,2

136,3

144,8

Joriy xisob saldosi

1 488,2

-3 576,7

-240,4

-733,3

Shu munosabat bilan, 2021 yilning 1-choragi yakunlari bo`yicha xalqaro xizmatlarni hisobga olgan holda, savdo balansining manfiy saldosi TBQ6 metodologiyasiga binoan 1,9 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 1,2 mlrd dollarga tengdir.


TOVARLAR
2021 yilning 1-choragida tovarlar bo`yicha tashqi savdo aylanmasi, oltin savdosi va tuzatishlarni hisobga olgan holda 8,1 mlrd. dollarni tashkil etdi, eksport va import hajmlari mos ravishda 3,4 mlrd. dollar va 4,7 mlrd. dollarga teng. Shu munosabat bilan, savdo balansining defisiti 1,3 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Tovarlar eksporti hajmi 2019 yilning 1-choragiga nisbatan 15%ga ortdi. Bunda, oltin va neftgaz mahsulotlari eksportining choraklik o`rtacha ulushi mos ravishda 36% va 20%ni tashkil qilmoqda. Bunda, neftgaz mahsulotlarining eksporti 2019 yilning 1- choragiga nisbatan 42%ga oshgan bo`lib, bu neftgaz mahsulotlarining o`rtacha hisob-kitob qilinadigan narxining 15%ga va etkazib berish hajmining 24%ga o`sishi hisobigadir.

Xizmatlar bo`yicha xalqaro savdoning manfiy saldosi 2018 yilning 1-choragiga nisbatan 7,1%ga qisqarib, 529,6 mln. dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, xizmatlar eksporti va importi tuzilmasida transport xizmatlari va safarlar bilan bog`liq bo`lgan xizmatlar ustunlik qilmoqda (6-7-diagramma).


Xizmatlar eksportining hajmi 660,5 mln. dollarni tashkil qilgan bo`lsa
(2020 yil 1-choragida 572,8 mln. dollar), ularning importi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi (2020 yil 1-choragida 1,1 mlrd. dollar). Jami xizmatlar eksporti va importi xajmining 90%i transport xizmatlari va turizm (safarlar) bilan bog`liq xizmatlarga to`g`ri keladi.

2021 yilning 1-choragidagi xalqaro xizmatlar bo`yicha defisit-ning qisqarishi turizm sohasidagi xizmatlar eksportining sezilarli ortishi bilan bog`liq bo`lib, bu o`sish sayoxatchilarning O`zbekistonga tashrif buyurishlari bo`yicha qator tartiblarning kompleks soddalashtirish choralarining va turizm sohasini qo`llab quvvatlashga qaratilgan siyosatning natijasidir. 2021 yilning 1-choragida turizm (safarlar) bilan bog`liq xizmatlar eksporti hajmi transport xizmatlari eksporti hajmiga teng bo`ldi. Transport xizmatlari importida doimgidek temir yo`l va avtomobil bilan bog`liq xizmatlar ustunlik qildi. Temir yo`l transporti xizmatlari hajmi 293,7 mln. dollarni tashkil qilgan bo`lsa (2020 yilning 1-choragida 294,9 mln. dollar), avtomobil transporti xizmatlari importining hajmi esa 119,7 mln dollarga teng bo`ldi (2020 yilning 1-choragida 97,2 mln. dollar).


Shu bilan birga, safarlar komponenti bo`yicha eksportning 61,3%ga o`sishi safarlar bilan bog`liq xizmatlar importining barqarorlashuvi bilan bir vaqtda kuzatilib, bu chet eldagi qisqa muddatli ishchilarning soni 2020 yilning 1-choragidagi darajasida qolganligidan darak beradi.


Download 147.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling