Uzoq muddatda Fillips egri chizig‘i
bunda,
SPhC – qisqa muddat oralig‘ida Fillips egri chizig‘i;
LPhC - uzoq muddat oralig‘ida Fillips egri chizig‘i;
u * - to‘liq bandlik holati.
Uzoq muddatda Fillips egri chizig‘i (LPhC)ni grafikda tushuntirishda uning qisqa muddatdagi egrisi (SPhC) punktir yordamida tasvirlansa, tahlilimizni anglash osonlashadi. Uzoq muddat oralig‘ida Fillips egri chizig‘i (LPhC – long-term Phillips curve) uzluksiz vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda u to‘liq bandlik holatini aks ettiradi (u* ).
2. Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’ati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Fillips egri chizig‘i..
Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin. Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan
Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i
bunda,
u - ishsizlik darajasi;
W - ish haqining o‘sish sur’atlari.
Gorizontal o‘q bo‘ylab Fillips ishsizlik darajasi (unemployed - u) ni, vertikal o‘q bo‘yicha esa ish haqining o‘sish sur’atlari (W)ni belgiladi. Yuksalish davrida ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari va ishsizlikning past sur’atlari (W1; u1), davriy tebranishning pasayish fazasida esa aksincha, - ish haqining past va ishsizlikning yuqori sur’atlari (W2, ; u2) kuzatildi. O‘rtacha holat (W0; u0) ish haqi va ishsizlik sur’atlarining eng maqbul (optimal) barqaror iqtisodiy rivojlanish vaziyatini aks ettiradi. Ya’ni, bunday vaziyatda ikkala ko‘rsatkichning minimal darajasiga erishiladi. Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar (2- rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |