T(v1C1+v2C2)=v1C1T1+v2C2T2
qaror topgan gaz aralashmasi bosimi:
P=
2.1 . Fizik testlar tuzish metodikalari.
Fizikadan masalalar to‘plamlarida berilgan hamma masalalarni turli asoslarga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Masalan, masalalarning murakkablik darajasiga ko‘ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko‘rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo‘lgan holat tavsiflangan masalalar, o‘quvchilar yangi bilimlar olish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan masalalardir.
Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga doir va hakozo bo‘lishi mumkin.
Echish usullariga ko‘ra masalalar: sifat, eksperimental, grafik va ijodiy masalalarga bo‘linadi. Bunday bo‘linish ham shartlidir, chunki eksperimental masalalarni echishda ham og‘zaki mulohazalardan ham, grafikdan ham, hisoblash ishlaridan ham foydalanamiz. Biroq bu masalalarning har biri mazmun va murakkablik jihatidan xilma-xildir. Bu masalalarning echimlari aniq bir maqsadga qaratilgan bo‘lib, echilish usullariga ega. Bu masalalarning har bir turlari uchun alohida adabiyotlar mavjud. Shunday bo‘lsada, bu masalalar ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Testlarni yaratish va qo'llash.
IX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o'quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Test sinovlari ikki asosiy yo'nalish: aqliy ya'ni intellektual rivvojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo'llash hamda o'kuvchilarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo'ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo'llash sohalari rivojlana boshladi.
Test - inglizcha-sinov demakdir, birinchi bor 1864-yilda Britaniyada J.Fisher tomonidan o'quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun mo'ljallangan. Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E.Torndayk tomonidan ishlab chiqildi.
Mustaqil O'zbekiston MDH davlatlari ichida 1993 yil martda birinchi bo'lib, rivojlangan mamlakatlar pedagogikasidagi ilg'or tajribalarni o'rganish imkonini yaratdi. Pedagogik testlarning miqiyosda birinchi marta o'rta ma'lumot yakunida, oliy o'quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo'llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |