O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.99 Mb.
bet4/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

Undan tashqari, mayda bo‘linmalar ham bir necha qismlarga — ko`chalarga ajratilishi mumkin. Masalan, XX asr boshlarida Toshkentdagi Mergancha mahallasi bir necha ko‘chalarga bo‘linganligi malum. Shaharlar o‘tmishda o`zlarining atroflaridan qo‘rg‘on devor bilan chegaralanib turgan. Ular shaharlani mudofaa qilish va shartli ravishda ma’muriy chiziq vazifasini o`tagan. Shartlilik shundan iboratki, yuqorida aytib o ‘tilganidek ko‘pgina shaharlar qo‘rg‘on devoridan tashqaridagi tevarak bilan funksional jixatdan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Qo‘rgon devorlari ko‘proq paxsa va xom gishtdan qurilgan bo`liib , qalinligi tepaga qarab ingichkalashib borgan. Odatda, devorlarning tepa sathi shunday bo‘lganki, uning ustida navkar, hatto ba’zan ikki otliq yonma-yon yura olgan.

Devorning tashqi tomonida kunguralari bo‘lgan. Kunguralar birinchidan, shaharning qamal vaqtlarida himoyachilarni dushman o‘qidan to‘sib turish vazifasini o‘tasa (funksiyasi), ikkinchidan, uning ko‘rinishida ritm hosil qilib, tarzini jonlantirib turgan (estetikasi). Devor sirtidan tashqariga chiqqan burjlar ham funksional devor tagiga kelib qolgan dushmanga o‘q uzish, ham badiiy-m e’moriy jihatdan devor tekisligining plas-tikasini boyitish vazifalarini o‘tagan. Muhammad Solih Toshkandiyning «Jadidayi tarixi Toshkand» asarida shahar devo rining boshqa unsuri — barn tilga olinadi. Shaharda darvozalar aholini tashqi dunyo bilan bog‘lab turgan. Ular shahar markazidan tarqalib tevarakdagi yo‘llarga aylanib ketadigan ko‘chalarning qo‘rg‘on kesishgan joylarida qurilgan. Odatda, darvozaning ikki yonida buijlar bo‘lgan. Darvozaning o‘zi esa ikki tabaqali bo‘lgan. U aksari ravoq shaklining ichida joylashtirilgan. Darvozalar kechasi yopilib, kunduzlari ochilgan. Darvozabonlarning xonalari ko‘proq ko‘chaning ikki tomonida joylashgan. Nisbatan yaxshi saqlangan darvozalardan biri Buxoroning Shayx Jalol darvozasidir.Unda darvozabonlarning xonalari bo‘lib, tarkibida ayvon ham mavjud. Xivaning rabod (Dishan qal’a) devorida Ko‘sh darvoza nomli darvoza bo‘lib, u odatdagilardan ikki yonma-yon o`rnatilgan darvozlari bilan ajraladi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling