O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.99 Mb.
bet7/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

Ariqlarning yo‘nalishi yerning past-balandligiga bog‘liq bo‘lgan va shaharning ba`zi qismlarida ko‘cha bo‘ylab o‘tgan. Iste’mol uchun suvni aholi aksar katta va kichik hovuz va hovuzchalardan olgan. Oqar suvdan tashqari buloq va quduqdan ham foydalanilgan. Xivaning Bog‘cha darvozasi oldidagi quduq, Toshkentda Chorsuda bo‘lgan Dukkosha bulori ma’lum va mashhurdir. Suv inshootlarining yaxshi holatda saqlanishiga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi shaharlarning tarxlarida ko‘chalar yuzaki qaraganda bir xildek betartib va tasodifiy holiday paydo bo`lganidek tuyuladi


Xiva markaziy ko`chasi:
1-ota darvoza ; 2-Ko`hna Ark; 3-12 – mahobatli (monumental) binolar; 13-Polvon darvoza

Buxoro shahri Turkiston zaminidagi asosiy shahardan biri bo‘lgan. XVI asrda shakllangan holati, asosan saqlangan. O‘zgarish ko‘proq qurilmalaming zichlanishi hisobiga bo`lgan. Shaharning qo‘rg‘on devori ichidagi hududi o‘sha davrda, XVI asrda vujudga kelganicha qolgan. Tarxi umuman doiraga yaqin bo‘lib shaharning avvalgi yerlariga g‘arb tarafdan Joy bor yerlari qo‘shilgach Buxoro cho‘zinchoqroq shaklni oldi. Buxoroning markazi shaharning katta qismini egallagan edi. Bir-biriga tutashib ketgan qadimgi monumental hamda keyinroq vujudga kelgan madrasa, masjid, savdo binolari, karvon saroy, do‘kon va boshqa jamoat binolaridan, ko'cha va maydonlardan tashkil topgan. Binolarning katta-kichikligi, shakl-shamoyili bir-biriga mos kelib, uyrun kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lgan. Hozirgi holatda markazning anchagina imoratlari, ayniqsa, do‘kon va karvonsaroy kabi binolarning buzilishi natijasida avvalgi yaxlitligi yo‘qolgan. Markazdagi asosiy ko‘chalarning tugunlari (chorrahalar) gumbazli timlar bilan ajratilgan. Shahardagi jami to‘rtta timdan uchtasi — Sarrafon, Zargaron, Telpakfurushon toqlari saqlangan. Ko‘chalarning yo‘nalishi uzoq o‘tmish mobaynida shakllangan. Markazdagi Sarrafon hammomi bunga yaxshi misol bo`la oladi. Nomuntazam shakldagi yerga me’mor ustalik ila imoratni (hammomni) joylashtira olgan. Umuman yer tanqisligi shahar uchun xarakterlidir. Shu sababdan ham shahar ichida daraxtlar oz edi. Oddiy ko‘chalardan arava o‘ta boshlaganda aravakash ko‘cha boshidan turib qarshidan boshqa arava kirmasin uchun ovoz bilan darak bergan.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling