O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.74 Mb.
bet8/32
Sana01.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1418470
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
eskisi

Tadqiqot ishining ilmiy farazi: Kichik maktab yoshi o’quvchilarda art terapiya orqali tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish ta’limda va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini inobatga olib, bu boradagi izlanishlar samarasini oshirish, tadqiqot natijalari asosida qo‘llanmalar ishlash va ijtimoiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim tizimiga joriy qilish maqsadga muvofiq. Yoshlarni ijodkorlik ruhida tarbiyalashda inson ruhiyati va art-terapiya yo’nalishidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Umuman ijodiylikni shakllantirish, art- terapiya usullari, kreativlikning psixologik jihatlari bo’yicha sotsiologlar va pedagoglar, san’atshunos olimlar ( B.G. Ananyev, D.S.Bruner, A.V. Brushlinskiy, L.S. Vigotskiy, V.V.Davidov, P.I. Ivanov ,P.Y Galperin,U.Nayser, R.G Natadze, O.I Nikiforova A.M Matyushkin,S.L.Rubinshityn, R Solso, O. K .Tixamirov ,J.Gilfort, E.E Tunik va boshqalar) o’z tatqiqot masalalariga asoslanib, munosabatlarning turli yo’nalishlar bo’yicha tatqiqot obyektiga aylantirganlar va ma’lum darajada shaxsdagi ijodkorlik, ijodiy qobiliyatlarning shakllantirishning nazariy fundamental asoslarini yaratganlar .E.G’ G’oziyev, G’ Shoumarov , V.M Karimova , R.I Sunnatova, B.R. Qodirov, Sh.R. Barotov, Ostonov.Sh rahbarligida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ijodkorlikning ijtimoiy – psixologik kategoriya sifatidagi talqinlariga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan.
Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati: Nazariy jihatdan olib qaralganda, ishning natijalari psixologiya fanini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitadi. Shuningdek, kichik maktab yoshi o’quvchilarda art terapiya orqali tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini rivojlantirish bilan bog’liq muayyan tushunchalarni ilmiy jihatdan asoslaydi. Ayni paytda mazkur tadqiqot ishi o’quvchilarda art terapiya orqali tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish haqidagi ilmiy qarashlarni psixologik xizmat doirasidagi yangi ilmiy ma’lumotlar, mushohadalar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling