O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


”SAYOHATNOMA” ASARI DOIRASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASHNING AHAMIYATI


Download 0.65 Mb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1173934
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IBN BATTUTA

2.1.”SAYOHATNOMA” ASARI DOIRASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASHNING AHAMIYATI
”Sayohatnoma” asaridan parchalarni metodlar orqali ifodalaymiz.
TUNIS SULTONI HAQIDA
Men Tunisga kirgan vaqtimda uning sultoni Abu Yahyo ibn sulton Abu Zakariyo Yahyo ibn sulton Abu Ishoq Ibrohim ibn sulton Abu Zakariyo Yahyo ibn Abdulvohid ibn Abu Hafs edi (Olloh uni rahmatiga olsin). Tunisda bir guruh ko‘zga ko‘ringan ulamolar bo‘lib, ulardan biri o‘sha joyning qozisi Abu Abdulloh Muhammad ibn qozi Abul-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Hasan ibn Muhammad al-Ansoriy al-Xazrajiydir. U asli Valensiyadan bo‘lib, keyinchalik Tunisga ko‘chib kelgan, ko‘zlari qisiq edi. Ular orasida yana mashhur xatib Abu Ishoq Ibrohim ibn Husayn ibn Aliy ibn Abdurafi’ ham bo‘lib, u besh davlatda qozilik qilgan. Ulardan yana faqih Abu Aliy Umar ibn Aliy ibn Qaddoh al-Havoriy bo‘lib, u ham bir necha muddat qozilik qilgan va ko‘zga ko‘ringan olimlar-dan sanalar edi. Uning odatlaridan biri shu ediki, u har juma kuni namoz tugagach, Tunisning mashhur “az-Zaytuna” jomesi ichidagi ustunlardan biriga suyanib o‘tirib, odamlarning savollariga fatvo berardi. Agar fatvolar soni qirqqa yetsa, savol-javobni tugatib uyiga qaytardi.
Men Tunisdalik chog‘im ramazon hayitiga to‘g‘ri kelib qoldi va namozgohda hozir bo‘ldim. Odamlar hayitni o‘tkazish maqsadida o‘sha kuni jam bo‘lishgan, eng go‘zal liboslarda ko‘rkam bo‘lib namozgohga tashrif buyurishgan edi. Shu payt masjidga yuqorida nomi zikr etilgan sulton Abu Yahyo kelib qoldi. U otga minib olgan, yonida yaqinlari, xos kishilari bo‘lib, davlat xizmatchilari esa go‘zal tartibda piyoda yurib kelar edilar. Namoz tugab, xutbalar ham o‘qilib bo‘lgach, odamlar o‘z manzillari tomon yo‘l oldilar.
Bir muddat o‘tgach, Hijozi sharifga boradigan karvonga boshliq etib Afrika shaharlaridan Iqliy ahlidan Abu Ya’qub as-Susiy nomi bilan tanilgan shayx tayinlandi. U yerning aksariyat aholisi musomidadir. Meni esa o‘zlariga qozi etib saylashdi. Biz zul-qa’da oyining oxirgi kunlarida Tunisdan dengiz sohili bo‘ylab safarga chiqdik. Oxir-oqibat Susa shahriga yetib keldik. U dengiz bo‘yida joylashgan go‘zal va mo‘‘jazgina shaharcha bo‘lib, u bilan Tunis shahri orasi qirq mildir. Keyin Safoqis shahriga yetdik. Uning tashqarisida molikiy fiqhiga tegishli “at-Tabsira” kitobi muallifi imom Abulhasan al-Laxmiy al-Molikiyning qabri bor.
Ibn Juzayy dedi: Safoqis shahri haqida Aliy ibn Habib at-Tanuxiy shunday degan:
Qishlog‘u qal’a, qasrlaru namozgohli
Safoqis yerlari serob bo‘lsin.
Ko‘rfazga qaragan qasr qo‘riqxonasi,
Uning qasri oliy va yuksak.
Ziyoratiga borsang, xush kelibsan, deb
Baralla aytib yuboray deb turibdi.
U go‘yo bir dengiz, goh suvlari ortga
Chekinadi, goho to‘lib toshadi.
Xojasi kanizini ko‘rganda, go‘yo
Quchmoqchi bo‘lganday, to‘ldiradi quyilgan suv.
Buning teskarisi haqida ajoyib adib, qoyilmaqom va ko‘plab she’rlar muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Tamim shunday degan:
Safoqis. Unda yashovchiga hayot bo‘lmasin,
Yoqqanda ham yerini biror yomg‘ir sug‘ormasin.
Bu shunday shaharki, unga kirganlar
Rumu arabdek ikki bosqinchidan ozor topadi.
Qancha odamlar molidan ayrilib, sahroda adashib ketgan,
Dengizda asirligu halokatdan ko‘z yosh to‘kadi.
Unda yashaganlarga dengiz ham oshkor malomat qiladi,
Har gal oldiga kelsalar, ortga qochadi.
So‘ng Qobus shahriga yetib, tinimsiz yomg‘ir yoqqani bois, o‘n kun u yerda qo‘nim topdik.
Ibn Juzayy deydi: Qobus haqida ba’zilar shunday deganlar:
Qobusning mayin qumli tomonida
Yaxshi tunlar o‘tib ketganiga ezilmoqdaman.
Uni eslaganda qalbim go‘yo
Cho‘g‘ ushlagan kishi qo‘lidagi bir parcha olov.
So‘ng Qobus shahridan chiqib Tarabulus sari yo‘l oldik. Yo‘lda yuztacha yoki undan ko‘proq otliq kishilarga hamroh bo‘ldik. Ular orasida kamonchilar ham bo‘lib, arablar ulardan qo‘rqadilar. Kamonchilar karvon o‘rinini himoya qilib turdilar. Olloh ning o‘zi bizni arablardan himoya qildi. Biz qurbon hayitini yo‘lda kutib olib, hayitning to‘rtinchi kuni Tarabulus shahriga yetib bordik. U yerda bir muddat qoldik. Men Safoqis shahrida Tunis amaldorlaridan birining qiziga sovchi qo‘yib, unga uylangan edim, Tarabulusga yetganimizda, u bilan birga bo‘ldim. So‘ng u yerdan 726-yil muharram oyining oxirlarida ahli ayolim bilan yo‘lga chiqdim. Bizga bir qancha musomidaliklar ham hamroh bo‘ldilar. Men bayroqni ko‘targan holda oldinda borardim. Karvondagilar esa esa sovuq va yog‘ingarchilikdan qo‘rqib, Tarabulusda qolgan edi. Biz yo‘lda Maslota va Masrota shaharlari hamda Surt qasrlari oldidan o‘tdik. Shu yerga yetganimizda bir qancha tuyalik sahro arablari bizga hujum qilmoqchi bo‘ldi. Qudrati ilohiy ularni to‘xtatib, bizga qarata otganlarini to‘sib qoldi. Keyin biz daraxtzor ichiga kirib ketib, undan mashhur obid Barsisoning qasri yonidan o‘tib, Salom gumbazi oldida to‘xtadik. O‘sha yerda Tarabulusda qolib ketgan karvondagilar bizga yetib kelib qo‘shildilar. Men va qaynotam o‘rtasida janjal chiqib, bu uning qizi bilan ajralishga olib keldi. Men foslik toliblardan birining qiziga uylandim va Za’ofiya qasrida u bilan birga bo‘ldim. Karvon ahliga dasturxon yozib, ularni yedirib-ichirdim, karvon shuni deb u yerda bir kun ushlanib qoldi.
So‘ng jumodul-avval oyining birinchi kuni Iskandariya shahriga yetib keldik, Olloh u shaharni o‘z panohida asrasin! Zero u dushmanlardan saqlangan va hamisha sevimli bo‘lib qoluvchi bandargoh bo‘lib, sha’ni ajoyib, qurilishi asl bir shahardir. U yerda istaganingizcha go‘zallik va puxtalik, diniy va dunyoviy osori atiqalar mavjud bo‘lib, boyliklari serob va ma’naviy dunyosi o‘ta latofatlidir. Uning binolari o‘zida hashamat va mustahkamlikni mujassam qilgan. Ulug‘vorlikda tengsiz bo‘lib, uning qimmatbaho toshlari orasida marvaridlar jilo aylaydi. U o‘zining hayratga soluvchi ko‘rki ila porlaydi. Mashriq va mag‘rib o‘rtasida joylashgani bois barcha ajoyibotlar unda jamul-jam, barcha yangi va kamyob narsalar unda topilur. Insonlar uning vasfida uzundan-uzoq so‘zlar bitganlar, undagi ajoyibotlarga atab qanchadan-qancha kitoblar tasnif etib, g‘aroyib so‘zlarni keltirganlar. Bu borada o‘zi uchun yetarli ma’lumot olmoqchi bo‘lgan kishi Abu Ubaydning “al-Masolik” asariga murojaat qilsin.




  • Tunis sultoni haqida- “Aktyorman” texnologiyasi asosida o`rgatiladi.

“Aktyorman” texnologiyasining qo`llanilish tartibi:
-o`qituvchi o`quvchilar orasidan 3 nafar bolani tanlab oladi;
-o`quvchilarni matn bilan tanishtiradi;
-o`quvchilar matnni bir necha marta o`qib chiqadi;
-joylarni tanlab olib, matndagi so`zlar birma-bir o`qiladi;
-bir necha marta tayyorgarlik ko`riladi;
-so`ngra sahna ko`rinishi taqdim etiladi.

ISKANDARIYA DARVOZALARI VA UNDAGI BANDARGOHLAR HAQIDA


Iskandariya shahrining to‘rtta darvozasi bo‘lib, ular: “as-Sidra” darvozasi, mag‘rib tomondan kelganlar shu darvozadan kiradilar; “Rashid”, “al-Bahr” va “al-Axzar” darvozalari. Ulardan to‘rtinchisi, ya’ni “al-Axzar” darvozasi faqatgina juma kunlari ochiladi va odamlar undan qabrlarni ziyorat qilish uchun tashqariga chiqadilar. U (shahar)ning katta bandargohi bo‘lib, men bundayini dunyo bandargohlari orasida faqatgina Hindistondagi Kulam va Qoliqut (Kalkutta) hamda turk shaharlaridan Surdoqdagi kufr ahli bandargohi hamda Xitoydagi Zaytun bandargohlari misolida ko‘rganman. Ular haqida batafsil ma’lumot o‘z o‘rnida zikr etiladi.
“Nomini top” texnologiyasini qo`llash.

“Nomini top” metodini o`tkazilish tartibi
O`quvchilar diqqat e`tibori doskaga qaratiladi. Doskada sxema chizilgan bo`ladi va o`quvchilar tomonidan darvoza nomlari birma-bir yoziladi va ma`lumot beriladi.
ISKANDARIYANING BA’ZI OLIMLARI HAQIDA
Ulardan biri Iskandariyaning qozisi Imoduddin al-Kindiy bo‘lib, u tilshunos olimlaridan edi. U odatdagi sallalardan mutlaq farq qiluvchi bir salla o‘rardiki, men yerning na mashriqu va na mag‘ribida undan kattaroq sallani ko‘rmaganman. Bir kuni uni masjid mehrobi o‘rtasida o‘tirganini ko‘rdim, uning sallasi mehrob ichini to‘ldirib turardi. Ulardan yana biri Faxruddin ibn ar-Rayg‘iy bo‘lib, u ham Iskandariya qozilardan va ilm ahlining fozil kishilaridan edi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling