O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.65 Mb.
bet6/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1173934
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IBN BATTUTA

“Kim bilag`on” texnologik metodi
O`quvchilarga ko`rgazmali qurollar tarqatiladi. Ko`rgazmali qurollar mavzuga oid bir nechta so`zlar yoziladi va o`quvchilar bu so`zlarga oid ma`lumotlar aytishllari kerak bo`ladi.






Masjid



Do`nglik



Vasf



Qubba



Mehrob

Xarsangtosh



Qattiq tosh

Qalqon

QUDDUSI SHARIF SHAHRIDAGI BA’ZI MUBORAK QADAMJOLAR


Ulardan biri Jahannam vodiysi nomi bilan mashhur bo‘lgan shaharning sharqiy qismidagi baland tepalikda Udvat al-Vodiy degan joyda joylashgan binodir. Aytishlaricha, o‘sha joydan Iso (s.a.) osmonga ko‘tarilganlar. Yana biri — Robi’a al-Badaviyyaning (u mashhur Robi’a al-Adaviyya emas) qabri. Mazkur vodiyning o‘rtasida nasroniylar e’zozlaydigan kanisa bor. Ularning aytishlaricha, Maryam (s.a.)ning qabri o‘sha joyda. O‘sha yerda nasroniylar ziyorat qiladigan yana bir kanisa bo‘lib, u yerda nasroniylarning uydirmalariga ko‘ra, Iso (a.s.)ning qabri joylashgan. Uni ziyoratiga kelgan har bir nasroniy musulmonlarga ma’lum miqdorda soliq to‘lashi shartdir. O‘sha yerda yana Iso (a.s.)ning tabarruk sanaladigan beshigi bor.

“Joy nomini toping” metodini qo`llaymiz.
Rasmlarda keltirilgan joy nomlarini guruhlarga bo`linib aniqlashadi.







2.2.ASARDAGI TEXNOLOGIYALARNING SODDALIGI VA MUKAMMAL O`YLANGANLIGI
Ibn Battutaning “Sayohatnoma” asarini o`rgatishda qo`llanilgan barcha metodlar o`quvchilarning tezkorligini, tarixni puxta o`rganishga va fikrni bir joyga jamlashga undaydi. Ushbu 2.2-bobimizda ham tarix fanida qo`llanadigan bir necha metodlarni ko`rib o`tamiz.
“T.A.R.I.X.” usuli
Maqsad: “T.A.R.I.X.”-bu usul quyidagi jadval asosida to’ldiriladigan jamoa o’yinli usulidir. Ya’ni “T.A.R.I.X.” usuli quyidagi so’zlarning bosh harflaridan olingan bo’lib, T-test savollar, A-anagrammalar,R-raqamlardagi voqealar, I-ikki tarixiy jarayonni solishtirish, X-xulosa kabi qismlardan iborat bo’lib,bu jadvalni guruh bilan birgalikda to’ldirish orqali o’quvchilar mavzuning asosiy mazmuni keltirib chiqarishadi.

 TARIX

SHARTLARI

IZOH

BALL

T

Test savoli

Mavzu bo’yicha 5 ta test savollari yozib qo’yiladi. Har bir savolga to’g’ri javob uchun 1 balldan qo’yiladi.To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi.

5 ball

A

Anagramma

Mavzu boyicha anagramma beriladi. Anagramma topilib,shu anagrammadagi so’zga ta’rif beriladi. Anagramma uchun 5 ball beriladi.
To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi.

5 ball

R

Raqamdagi voqealar

Mavzu bo’yicha tarixiy raqamlardan 5-ta beriladi va bunga o’quvchi shu tarixiy sanada qanday voqea bo’lib o’tganini shu tarixiy sananing to’g’risiga yozib qo’yadi.Har bir to’g’ri javob uchun 1 balldan qo’yiladi. To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi.

5 ball

I

Ikki tarixiy jarayonni solishtirish

Ikki tarixiy shaxs ,tarixiy obida yoki voqea beriladi,Ushbu ikki jarayonni o’quvchi bir-biridan farq jihatlarini taqqoslab solishtiradi va to’g’ri javob uchun 5 ball beriladi. To’plagan ball “Ballar” qismiga qo’yiladi.

5 ball

X

Xulosa

Mavzuning eng asosiy mazmuni yoziladi.Javob uchun 5 ball beriladi. Eng so’nggi natija baliga qarab rag’bat yoki tanbeh beriladi.Masalan:20-25 ballgacha-tasanno, 15-20-ballgacha ofarin,10-15-ballgacha yaxshi, 5-10-ballgacha qoniqarli,0-4 ballga qoniqarsiz.

5 ball

Xulosa-daraxt hosilida” usuli
Maqsad: “Xulosa-daraxt hosilida”—Mavzuning asosiy mazmunini keltirib chiqaruvchi savollarga javob berish natijasida tahlil qilinib,yakuniy xulosani keltirib chiqaruvchi o’yinli usuldir.Bu o’yinli usul orqali o’quvchi mavzuning asosiy xulosasasini chiqarishni va bir-biri bilan fikr almashinib,voqealar bayonini yorotib borishni ta’minlaydi.
Qo’llash bosqichlaribo’yicha tavsiyalar:
1.Ko’proq o’tilgan mavzuni mustahkamlash chog’ida ishlatilishi kerak.
2.„Xulosa-daraxt xosilida” usulini o’tkazish uchun birinchi navbatda plakatga yoki sinf taxtasiga (1-rasmda berilgan) daraxt chiziladi va daraxt novdalariga mavzuning asosiy mazmunini tashkil etuvchi sodda savollar hamda o’quvchilarni fikrlashga chorlaydigan muammoli savollar yozib qo’yiladi.Sodda savollar yozilganligining asosiy sababi sizga ma’lumki faqat agar muammoli savollar yozilsa a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar javob berishi mumkin,lekin past o’zlashtiruvchi o’quvchilar javob
bera olmasligi mumkin.Shuning uchun ham sodda savollar sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokini ta’minlaydi.Bu esa o’quvchilar o’rtasida raqobat kelitirib chiqaradi.
4.Daraxt novdalariga yuqoridagi tartibda savollar yozib qo’yilgandan so’ng,o’quvchilarning javoblari qisqartirilib, daraxtning „Javoblar” qismiga yozib boriladi. Javoblar to’g’ri yoki savoldan ozroq chetlashgan,noto’g’ri bo’lsa ham daraxtning „Javoblar” qismiga yozib boriladi. Savol tug’ilishi mumkin nima uchun noto’g’ri yoki mavzudan ozroq chetlashgan javoblar ham
yozib boriladi.Buning asosiy sababi tahlil jarayonida o’quvchining hatosini o’quvchilar to’g’irlashadi va bu jarayon esa baxs-munozarani keltirib chiqaradi.
5.Daraxtning „Javoblar” qismidagi javoblar o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinib eng to’g’ri va eng maqbul xulosa javobi daraxtning „Javoblar” qismidan chiqqan „Javoblar xulosasi” qismiga yoziladi.Shu tartibda hamma savollarga javob berib bo’lgunga qadar davom etadi.
6.„Javoblar xulosasi” qismidagi javoblarning xulosasi o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinib,eng so’nggi mavzuning asosiy xulosasi daraxtning „Yakuniy mavzuning asosiy xulosasi” qismiga yoziladi.Ko’rinib turibdiki mavzuning asosiy xulosasi javoblarning bosqichma-bosqich tahlili jarayonida kelib chiqayapti. 

Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli


Maqsad: “Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli —mavzuni o’z fikri va o’z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta’minlab beruvchi usuldir. Bu usul orqali o’quvchilarni shu fanga nisbatan qizig’ishini uyg’otish, mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta’minlaydi.Qolaversa, o’quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog’ida eslab qolishi quyin bo’lgan ko’plab uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni eslab qolishga,mustahkamlab olishiga yordam beradi.
«Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini qo’llash bosqichma-bosqich va ma’lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi.Har bir bosqich mobaynida o’quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi va so’nggi III-bosqichda o’quvchilar to’liq biror-bir mavzuning mazmunini o’z fikri va o’z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular quyidagi bosqichlardan iborat:

BOSQICHLAR

BOSQICHLAR O’TKAZILISH TARTIBI

II bosqich

„Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini birinchi marta qo’llashda o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun o’qituvchi bir mavzuni olib,shu mavzuning asosiy mazmunini rasm yoki belgilar orqali tasvirlab beradi.(Bu usul haqida to’liq tushunchalar keyingi bosqichlarda berilgan.Shu II va III bosqichlarga tayangan holda o’qituvchi bu usulni qo’llashi kerak)

II bosqich

Bu usul o’quvchilar bilan yakka tartibda amalga oshiriladi.Ya’ni har bir o’quvchiga sinfda o’tilgan mavzuning mazmuni o’z g’oya va tasavvurlarini turli-tuman belgilar va rasmlar orqali bir varaqqa chizib kelish uyga vazifa qilib beriladi. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmaydi. Mavzuning mazmunini rasmlar orqali aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan ism,nom yoki yillar,rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Chunki yoddan chiqadigan uzunroq ism,yil rasm yoki belgiga chizib qo’yilsa,o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi yozib qo’ygan ism,nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirish mumkin.Keyingi darsda o’quvchilardan birma-bir bu rasmlar orqali nimani aks ettirgani so’ralib,fikrlari tinglanadi va chizib kelgan rasm yoki belgilari qanchalik mavzuning mazmunini keltirib chiqarayotganligi o’quvchilar bilan tahlil qilinib,xulosa va shu o’quvchiga yo’nalish beriladi. Bunday yakka tartibda bu usuldan foydalanish natijasida, fikrlash doirasi kengayib boradi va keyingi III bosqichdagi guruhlar bilan bu usuldan foydalanishiga zamin hozirlanadi. Ya’ni bizga ma’lumki guruhlar bilan ishlanganda ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar o’z fikrlarini bayon etmasligi mumkin.Buning oldini olish maqsadida bu usul har-bir o’quvchidan alohida-alohida so’raladi va hamma o’quvchini faolroq qatnashishini ta’minlaydi. Yakka tartibda bu usuldan 5-6 dars mobaynida foydalaniladi. So’ngra III bosqichdagi „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining guruhlar bilan ishlash tartibidan foydalaniladi.

III bosqich

Guruhlar bilan ishlash natijasida „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining III bosqichi quyidagicha amalga oshiriladi.

1.Ko’proq o’tilgan bob yoki bo’lim yuzasidan mavzularni takrorlash chog’ida ishlatilishi kerak.


2.Bu usul talabalarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
3.Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan bo’linishlari kerak.Guruhlarga bo’lish chog’ida guruhlarning kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berishi lozim. Har bir guruhga 2-3 nafar yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarni va unchalik yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarni joylashtirib bo’lish kerak. Shunda bu usuldan samarali foydalanish mumkin. Agar guruhlarni bo’lish chog’ida guruh kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berilmasdan bir guruhga yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar,ikkinchi guruhga yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar joylashib qolib bo’linsa,bunday vaziyatda guruhlar o’z fikrlarini, g’oyalarini, e’tirozlarini to’liq bildira olmaydi.
4.Har bir guruh o’tilgan mavzu nomlari yozilgan kartochkalaridan birini guruh sardori tanlab oladi va shu mavzuga tayyorgarlikni boshlaydi .
5.Guruhlar o’zlariga tushgan mavzularni o’z g’oya va tasavvurlari bo’yicha turli-tuman belgilar va rasmlar orqali yoritib berishlari kerak. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmasligi kerak. Lekin guruh o’ziga tushgan mavzuni shu belgi yoki rasm orqali mavzudan chekkaga chiqmagan holda o’z fikri, tasavvuri orqali yoritib berishiga imkon berilishi lozim.
6.Rasmlar,belgilar orqali mavzuni aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan uzundan-uzoq ism, nom yoki yillar, rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Bu esa o’quvchilarda juda ko’plab uchraydigan, ya’ni biror-bir mavzuni tushuntirayotganda, o’z fikrini bayon etayotganda biror-bir uzun so’zlar (oy, yil, ism,nom) esdan chiqib qolsa, o’quvchi shu yerda to’xtab qoladi va aytadigan fikri ham esdan chiqishi mumkin. Shuning uchun yoddan chiqadigan uzunroq ism , yil rasm yoki belgiga qo’shib chizib qo’yilsa , o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi ism, nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirishi mumkin.Qolaversa eslab qolishi qiyin bo’lgan nom, ism, yil qaytadan mustahkamlanadi.
7. Rasmlar,belgilar chizib bo’lindi.Shundan so’ng har bir guruh o’ziga tushgan mavzusiga oid chizgan rasmi yoki belgisini tushuntirishi chog’ida bu rasmni nima uchun chizganligini,bu belgi qaysi voqeani tasvirlab berishi mumkinligini aytib o’tishi kerak.
8. Bu usulni iloji boricha,birinchi marta o’tkazilishi chog’ida (I-bosqichda ko’rsatilib o’tilgan) o’qituvchi o’zi biror-bir mavzuni olib o’zi qiziqarli belgilar,rasmlar orqali bayon etib,izohlab berishi kerak.Bu usul haqida o’quvchilarda qiziqish uyg’onadi va o’quvchilar bu usulni mustaqil bajarishlari uchun ko’nikma hosil bo’ladi.



XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Ibn Battutaning “Sayohatnoma” asari haqiqiy chinakam tarixiy manba hisoblanadi. Ibn Battuta jahon madaniyati va tafakkuri rivojida o‘rta asr arab geograflari Ibn Xurdodbeh, al-Ya’qubiy, al-Istaxriy, al-Muqaddasiy, al-Mas’udiy, Ibn Havqal hamda Abu Hamid al-G‘arnotiy, Ibn Fadlon, Ibn Jubayr kabi sayyohlar orasida o‘zining “Sayohatnomasi” bilan alohida o‘rin tutadi. Uning mazkur asari o‘rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xalqlari madaniyati, turmush tarziga oid g‘oyat qimmatli, ko‘p o‘rinlarda yagona ma’lumotlari bilan boshqalardan ajralib turadi.Ushbu mavzuni o`ndan ortiq pedagogik texnologiyalar bilan o`rgatilishi kurs ishi davomida bayon qilindi.Darsni turli pedagogik texnologiyalar, multimediyali videodarslar, mavzular bilan mavzuni chuqur o`rgatish bu o`qituvchining mahoratiga bog`liq deb hisoblayman. Qisqa qilib aytganda, ushbu mavzu bo`yicha barcha ma`lumotlar turli xil pedagogik texnologiyalar asosida o`quvchi va talabalarga o`rgatilsa, bu ularning kelajagi uchun yaxshi meva berar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Ibrahimov. N. “Ibn Battuta va uning O’rta Osiyoga sayoxati” T. 1993 y
2.Turon U. “Turkiy halqlar mafkurasi” T. 1995 y
3.Xasanov X. “Sayyoh olimlar” O’zbekiston 1991 y
4.“O’zbekiston Respublikasi enseklopidiyasi” T. 1997 y
5.O’zbekiston milliy enseklopidiyasi. Tom 1 T. 2000 y

ELEKTRON RESURSLAR
1.www.arxiv.uz
2.www.fayllar.org
3.www.ziyonet.uz
4.www.elib-buxdu.uz
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn_Battuta


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling