O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 0.65 Mb.
|
IBN BATTUTA
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Joy nomini toping” metodini qo`llaymiz.
- Xulosa-daraxt hosilida” usuli
- Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- ELEKTRON RESURSLAR
“Kim bilag`on” texnologik metodi
O`quvchilarga ko`rgazmali qurollar tarqatiladi. Ko`rgazmali qurollar mavzuga oid bir nechta so`zlar yoziladi va o`quvchilar bu so`zlarga oid ma`lumotlar aytishllari kerak bo`ladi. Masjid Do`nglik Vasf Qubba Mehrob Xarsangtosh Qattiq tosh Qalqon QUDDUSI SHARIF SHAHRIDAGI BA’ZI MUBORAK QADAMJOLAR Ulardan biri Jahannam vodiysi nomi bilan mashhur bo‘lgan shaharning sharqiy qismidagi baland tepalikda Udvat al-Vodiy degan joyda joylashgan binodir. Aytishlaricha, o‘sha joydan Iso (s.a.) osmonga ko‘tarilganlar. Yana biri — Robi’a al-Badaviyyaning (u mashhur Robi’a al-Adaviyya emas) qabri. Mazkur vodiyning o‘rtasida nasroniylar e’zozlaydigan kanisa bor. Ularning aytishlaricha, Maryam (s.a.)ning qabri o‘sha joyda. O‘sha yerda nasroniylar ziyorat qiladigan yana bir kanisa bo‘lib, u yerda nasroniylarning uydirmalariga ko‘ra, Iso (a.s.)ning qabri joylashgan. Uni ziyoratiga kelgan har bir nasroniy musulmonlarga ma’lum miqdorda soliq to‘lashi shartdir. O‘sha yerda yana Iso (a.s.)ning tabarruk sanaladigan beshigi bor. “Joy nomini toping” metodini qo`llaymiz. Rasmlarda keltirilgan joy nomlarini guruhlarga bo`linib aniqlashadi. 2.2.ASARDAGI TEXNOLOGIYALARNING SODDALIGI VA MUKAMMAL O`YLANGANLIGI Ibn Battutaning “Sayohatnoma” asarini o`rgatishda qo`llanilgan barcha metodlar o`quvchilarning tezkorligini, tarixni puxta o`rganishga va fikrni bir joyga jamlashga undaydi. Ushbu 2.2-bobimizda ham tarix fanida qo`llanadigan bir necha metodlarni ko`rib o`tamiz. “T.A.R.I.X.” usuli Maqsad: “T.A.R.I.X.”-bu usul quyidagi jadval asosida to’ldiriladigan jamoa o’yinli usulidir. Ya’ni “T.A.R.I.X.” usuli quyidagi so’zlarning bosh harflaridan olingan bo’lib, T-test savollar, A-anagrammalar,R-raqamlardagi voqealar, I-ikki tarixiy jarayonni solishtirish, X-xulosa kabi qismlardan iborat bo’lib,bu jadvalni guruh bilan birgalikda to’ldirish orqali o’quvchilar mavzuning asosiy mazmuni keltirib chiqarishadi.
“Xulosa-daraxt hosilida” usuli Maqsad: “Xulosa-daraxt hosilida”—Mavzuning asosiy mazmunini keltirib chiqaruvchi savollarga javob berish natijasida tahlil qilinib,yakuniy xulosani keltirib chiqaruvchi o’yinli usuldir.Bu o’yinli usul orqali o’quvchi mavzuning asosiy xulosasasini chiqarishni va bir-biri bilan fikr almashinib,voqealar bayonini yorotib borishni ta’minlaydi. Qo’llash bosqichlaribo’yicha tavsiyalar: 1.Ko’proq o’tilgan mavzuni mustahkamlash chog’ida ishlatilishi kerak. 2.„Xulosa-daraxt xosilida” usulini o’tkazish uchun birinchi navbatda plakatga yoki sinf taxtasiga (1-rasmda berilgan) daraxt chiziladi va daraxt novdalariga mavzuning asosiy mazmunini tashkil etuvchi sodda savollar hamda o’quvchilarni fikrlashga chorlaydigan muammoli savollar yozib qo’yiladi.Sodda savollar yozilganligining asosiy sababi sizga ma’lumki faqat agar muammoli savollar yozilsa a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar javob berishi mumkin,lekin past o’zlashtiruvchi o’quvchilar javob bera olmasligi mumkin.Shuning uchun ham sodda savollar sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokini ta’minlaydi.Bu esa o’quvchilar o’rtasida raqobat kelitirib chiqaradi. 4.Daraxt novdalariga yuqoridagi tartibda savollar yozib qo’yilgandan so’ng,o’quvchilarning javoblari qisqartirilib, daraxtning „Javoblar” qismiga yozib boriladi. Javoblar to’g’ri yoki savoldan ozroq chetlashgan,noto’g’ri bo’lsa ham daraxtning „Javoblar” qismiga yozib boriladi. Savol tug’ilishi mumkin nima uchun noto’g’ri yoki mavzudan ozroq chetlashgan javoblar ham yozib boriladi.Buning asosiy sababi tahlil jarayonida o’quvchining hatosini o’quvchilar to’g’irlashadi va bu jarayon esa baxs-munozarani keltirib chiqaradi. 5.Daraxtning „Javoblar” qismidagi javoblar o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinib eng to’g’ri va eng maqbul xulosa javobi daraxtning „Javoblar” qismidan chiqqan „Javoblar xulosasi” qismiga yoziladi.Shu tartibda hamma savollarga javob berib bo’lgunga qadar davom etadi. 6.„Javoblar xulosasi” qismidagi javoblarning xulosasi o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinib,eng so’nggi mavzuning asosiy xulosasi daraxtning „Yakuniy mavzuning asosiy xulosasi” qismiga yoziladi.Ko’rinib turibdiki mavzuning asosiy xulosasi javoblarning bosqichma-bosqich tahlili jarayonida kelib chiqayapti. “Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli Maqsad: “Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli —mavzuni o’z fikri va o’z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta’minlab beruvchi usuldir. Bu usul orqali o’quvchilarni shu fanga nisbatan qizig’ishini uyg’otish, mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta’minlaydi.Qolaversa, o’quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog’ida eslab qolishi quyin bo’lgan ko’plab uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni eslab qolishga,mustahkamlab olishiga yordam beradi. «Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini qo’llash bosqichma-bosqich va ma’lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi.Har bir bosqich mobaynida o’quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi va so’nggi III-bosqichda o’quvchilar to’liq biror-bir mavzuning mazmunini o’z fikri va o’z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Ko’proq o’tilgan bob yoki bo’lim yuzasidan mavzularni takrorlash chog’ida ishlatilishi kerak. 2.Bu usul talabalarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 3.Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan bo’linishlari kerak.Guruhlarga bo’lish chog’ida guruhlarning kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berishi lozim. Har bir guruhga 2-3 nafar yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarni va unchalik yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarni joylashtirib bo’lish kerak. Shunda bu usuldan samarali foydalanish mumkin. Agar guruhlarni bo’lish chog’ida guruh kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berilmasdan bir guruhga yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar,ikkinchi guruhga yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar joylashib qolib bo’linsa,bunday vaziyatda guruhlar o’z fikrlarini, g’oyalarini, e’tirozlarini to’liq bildira olmaydi. 4.Har bir guruh o’tilgan mavzu nomlari yozilgan kartochkalaridan birini guruh sardori tanlab oladi va shu mavzuga tayyorgarlikni boshlaydi . 5.Guruhlar o’zlariga tushgan mavzularni o’z g’oya va tasavvurlari bo’yicha turli-tuman belgilar va rasmlar orqali yoritib berishlari kerak. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmasligi kerak. Lekin guruh o’ziga tushgan mavzuni shu belgi yoki rasm orqali mavzudan chekkaga chiqmagan holda o’z fikri, tasavvuri orqali yoritib berishiga imkon berilishi lozim. 6.Rasmlar,belgilar orqali mavzuni aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan uzundan-uzoq ism, nom yoki yillar, rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Bu esa o’quvchilarda juda ko’plab uchraydigan, ya’ni biror-bir mavzuni tushuntirayotganda, o’z fikrini bayon etayotganda biror-bir uzun so’zlar (oy, yil, ism,nom) esdan chiqib qolsa, o’quvchi shu yerda to’xtab qoladi va aytadigan fikri ham esdan chiqishi mumkin. Shuning uchun yoddan chiqadigan uzunroq ism , yil rasm yoki belgiga qo’shib chizib qo’yilsa , o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi ism, nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirishi mumkin.Qolaversa eslab qolishi qiyin bo’lgan nom, ism, yil qaytadan mustahkamlanadi. 7. Rasmlar,belgilar chizib bo’lindi.Shundan so’ng har bir guruh o’ziga tushgan mavzusiga oid chizgan rasmi yoki belgisini tushuntirishi chog’ida bu rasmni nima uchun chizganligini,bu belgi qaysi voqeani tasvirlab berishi mumkinligini aytib o’tishi kerak. 8. Bu usulni iloji boricha,birinchi marta o’tkazilishi chog’ida (I-bosqichda ko’rsatilib o’tilgan) o’qituvchi o’zi biror-bir mavzuni olib o’zi qiziqarli belgilar,rasmlar orqali bayon etib,izohlab berishi kerak.Bu usul haqida o’quvchilarda qiziqish uyg’onadi va o’quvchilar bu usulni mustaqil bajarishlari uchun ko’nikma hosil bo’ladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Ibn Battutaning “Sayohatnoma” asari haqiqiy chinakam tarixiy manba hisoblanadi. Ibn Battuta jahon madaniyati va tafakkuri rivojida o‘rta asr arab geograflari Ibn Xurdodbeh, al-Ya’qubiy, al-Istaxriy, al-Muqaddasiy, al-Mas’udiy, Ibn Havqal hamda Abu Hamid al-G‘arnotiy, Ibn Fadlon, Ibn Jubayr kabi sayyohlar orasida o‘zining “Sayohatnomasi” bilan alohida o‘rin tutadi. Uning mazkur asari o‘rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xalqlari madaniyati, turmush tarziga oid g‘oyat qimmatli, ko‘p o‘rinlarda yagona ma’lumotlari bilan boshqalardan ajralib turadi.Ushbu mavzuni o`ndan ortiq pedagogik texnologiyalar bilan o`rgatilishi kurs ishi davomida bayon qilindi.Darsni turli pedagogik texnologiyalar, multimediyali videodarslar, mavzular bilan mavzuni chuqur o`rgatish bu o`qituvchining mahoratiga bog`liq deb hisoblayman. Qisqa qilib aytganda, ushbu mavzu bo`yicha barcha ma`lumotlar turli xil pedagogik texnologiyalar asosida o`quvchi va talabalarga o`rgatilsa, bu ularning kelajagi uchun yaxshi meva berar edi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Ibrahimov. N. “Ibn Battuta va uning O’rta Osiyoga sayoxati” T. 1993 y 2.Turon U. “Turkiy halqlar mafkurasi” T. 1995 y 3.Xasanov X. “Sayyoh olimlar” O’zbekiston 1991 y 4.“O’zbekiston Respublikasi enseklopidiyasi” T. 1997 y 5.O’zbekiston milliy enseklopidiyasi. Tom 1 T. 2000 y ELEKTRON RESURSLAR 1.www.arxiv.uz 2.www.fayllar.org 3.www.ziyonet.uz 4.www.elib-buxdu.uz 5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn_Battuta Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling