O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari. “


Download 0.65 Mb.
bet2/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1173934
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IBN BATTUTA

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. “Ibn Battuttaning “Sayohatnoma” asari tarixiy manba sifatida mavzusini o`qitishning pedagogik texnologiyasi” mavzusini yangi pedagogik texnalogiya asosida o'qitishning turlari va ahamiyatini o`rganish
Kurs ishining nazariy asoslari Ibn Battuttaning “Sayohatnoma” asari haqida ilmiy ishlardan izlanish olib borish.
Kurs ishining metodologik asoslari. “Ibn Battuttaning “Sayohatnoma” asari tarixiy manba sifatida mavzusini o`qitishning pedagogik texnologiyasi” mavzusini o`rganishda metod turlarini qo`llash va yaratish.
Kurs ishining obyekti. “Sayohatnoma” asari va bu asar bilan shug`ullangan shaxslar

I BOB. IBN BATTUTA VA UNING
SAYOHATNOMA” ASARI
Ibn Battuta jahon madaniyati va tafakkuri rivojida o‘rta asr arab geograflari Ibn Xurdodbeh, al-Ya’qubiy, al-Istaxriy, al-Muqaddasiy, al-Mas’udiy, Ibn Havqal hamda Abu Hamid al-G‘arnotiy, Ibn Fadlon, Ibn Jubayr kabi sayyohlar orasida o‘zining “Sayohatnomasi” bilan alohida o‘rin tutadi. Uning mazkur asari o‘rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xalqlari madaniyati, turmush tarziga oid g‘oyat qimmatli, ko‘p o‘rinlarda yagona ma’lumotlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Akademik I.Yu.Krachkovskiy Ibn Battutani barcha musulmon mamlakatlarini kezib chiqqan so‘nggi eng buyuk sayyoh deya e’tirof etadi 


1.1.IBN BATTUTA HAQIDA MA`LUMOT
Ibn Battuta laqabi bilan shuhrat qozongan Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavotiy at-Tanjiy 1304 yili Mag‘rib mamlakatining Tanja shahrida faqih oilasida tavallud topgan. Ibn Battuta yigirma ikki yoshida haj qilish uchun Makkaga borish, shu bahonada u yerning allomalaridan dars olish ilinjida hech nimaga qaramay, tavakkal qilib safarga otlangan. Jasur, biroq kambag‘al yosh sayohatchi yolg‘iz, yayov Tilimson shahriga yetib keladi. Bu yerdan Milyonaga borib, unda tunislik bir guruh savdogarlarga qo‘shiladi. Shu bilan uning sayohati boshlanadi. U shimoliy Afrikaning ko‘plab shaharlarida bo‘ladi, Tunis, Misr, Suriyadan o‘tib, oxiri Makkaga yetib keladi. Bu yerda u islomning beshinchi farzini bajo keltirib, haj qiladi.
Sayyohning yangi rejasi Makkadan qaytishda amalga oshadi. U bu yerdan Iroqqa yo‘l oladi. Ibn Battutaning Iroqda ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari uning Hindistonga borish orzusini qat’iy qarorga aylantiradi. Ko‘pgina Iroq shaharlarini ziyorat qilgan Ibn Batutta Fors ko‘rfazi orqali dengiz yo‘li bilan Hindistonga borishni rejalashtiradi. Shunday qilib, sayyoh Eron tomon yo‘l oladi. U Eronning Isfahon, Sheroz kabi ko‘pgina shaharlarini tomosha qiladi. Katta mashaqqat bilan sayohatining birinchi bosqichini yakunlab, Misrga yetib boradi. Endi u hoji-ziyoratchi emas, to‘laqonli sayyoh sifatida yo‘lga otlanadi. U yangi sayohati davomida Shom o‘lkasi, Kichik Osiyo, Dashti Qipchoq, Oltin O‘rda, O‘rta Osiyoning Xorazm, Buxoro, Naxshab, Samarqand, Termiz, shuningdek, Xuroson shaharlarini borib ko‘radi. Ayniqsa, sayyohning Xorazm, Samarqand, Termiz shaharlariga bergan ta’riflari o‘quvchida katta taassurot uyg‘otadi. Masalan, Xorazm haqida gapirarkan, u “Butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohatimda men xorazmliklardan ko‘ra xushxulq, oliyjanob, ajnabiylarga nisbatan mehmondo‘st odamlarni uchratmagan edim”, deydi. Shuningdek, sayyohning Movarounnahrning boshqa shaharlari haqida ham mana shunday iliq fikrlarini uchratamiz .
So‘ng Hindistonga yetib boradi. U yerda bir necha yil qolib, sulton Muhammad To‘g‘loq topshirig‘i bilan Xitoyga elchilik vazifasi bilan yo‘l oladi. Katta qiyinchilik bilan dengiz orqali hozirgi Indoneziya orollaridan o‘tib, Xitoyning Pekin shahriga borib yetadi. Pekinda o‘zaro urushlar yuz berib turgani bois, Sadri Jahon unvoniga sazovor bo‘lgan shayx Burhoniddin Sog‘arjiy maslahatiga binoan o‘z yurtiga qaytib ketadi. Shu asnoda Ibn Battuta yanada ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Uning sayohati shu bilan yakunlanmay, Gibraltar bo‘g‘ozi orqali janubiy Ispaniyaga o‘tib, Granada, Ronda, Malagu shaharlarida bo‘lib, yana yurtiga qaytadi. Bu safar u oldingilaridan ko‘ra yanada murakkabroq, yanada uzoqroq Afrika sayohatiga chiqadi. Va nihoyat 1354 yil boshlarida 28 yillik jahongashtalikni tugatib, jami 75 ming mil (120 ming km.) masofa tay etib, katta mashaqqatlar bilan Fas shahriga keladi. Ibn Battuta sayohatining ko‘lami jihatidan haqli ravishda Magellanga qadar bo‘lgan davrning eng buyuk sayyohiga aylandi. Uning sayohati Shimoli-G‘arbiy Afrikadan to Xitoygacha, Hindistondan to janubiy Yevropagacha bo‘lgan juda katta maydonni qamrab oladi.
Sayyohning bu sayohati haqidagi hikoyalari sulton Abu Inon va uning yaqinlarida katta taassurot qoldiradi. Shuning uchun sulton adib va kotib Ibn Juzayy al-Kalbiyga Ibn Battuta hikoyalarini va esdaliklarini yozib olib, maxsus kitob tuzishni buyuradi. Ushbu kitob 1356 yil boshlarida nihoyasiga yetib, o‘sha davr an’analariga mos ravishda “Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroib al-amsor va ajoib al-asfor” (g‘aroyib shaharlar va ajoyib safarlar haqida nazar sohiblariga tuhfa) deb nomlangan bo‘lsa-da, biroq bu nom bilan emas, “Ibn Battuta Sayohatnomasi” nomi bilan shuhrat qozongan.

Ibn Battutaning Sayohatnomasi o‘zining qiziqarli, nodir ma’lumotlari bilan jahon ilm ahlini qiziqtirmay qolmagan. Bu asar matnini o`quvchilarga darslikdan tashqari ma`lumotlar orqali tanishtiramiz. Matn so`ngida “Tezkor savol-javoblar” texnologiyasi qo`llanadi.

1.2.IBN BATTUTANING “SAYOHATNOMA” ASARI MATNI BILAN O`QUVCHILARNI TANISHTIRISH.

Muhammad ibn Fathulloh ibn Muhammad al-Bayluniy XVII asr oxirida sayohatnomani qisqartirib, “Ibn Battuta sayohatnomasidan parchalar” deb atagan. Yevropa sharqshunoslari Ibn Battutani ayni mana shu qisqartma matn orqali taniganlar. Sayohatnomaga 1808 yili nemis sayyohi Zeettsen birinchi bo‘lib diqqatni tortgan. 1818 yili Kozegarten sayohatnomaning Hindiston, Xitoy va Sudanga bag‘ishlangan uch bo‘lagini lotin tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan. Kozegerten Ibn Battuta axborotlarining haqqoniyligini tekshirish uchun boshqa geografik manbalarni ham jalb etadiki, ular bilan solishtirganda kitobxon Ibn Battuta sayohatnomasining naqadar katta tarixiy-geografik qimmatga ega ekaniga yanada amin bo‘ladi. Shuning-dek, Kozegartenning shogirdlaridan biri Genrix Apets parchalarning Malabar sohillari va Maldiv orollariga bag‘ishlangan yana bir qismini nashr ettirgan. O‘sha yilning o‘zida mashhur sayyoh Burghardning Nubiyaga sayohat kitobi chiqdi. Uning oxiriga sayohatnoma haqida al-Bayluniy parchalariga asoslanib yozilgan maqola, shuningdek, Burghard Mag‘rib safarida qo‘lga kiritgan uch qo‘lyozma ilova qilingan edi. Burghard vafotidan keyin sayohatnomaning qisqartirilgan nusxasi qo‘lyozmalari Kembrij universiteti kutubxonasiga borib tushdi. Ingliz sharqshunosi Samuel Li al-Bayluniy tuzgan parchalarning to‘la matnini ingliz tiliga tarjima qiladi. Ammo uning tarjimalari aniq bo‘lmay, ba’zi joylarda asl nusxaning erkin bayonidan iborat edi. Sayohatnomaning to‘liq tarjimasi birinchi marta 1840 yili Lissabonda amalga oshirildi. Portugaliyalik ruhoniy A.Moura 1790 yilda Fasda bo‘lgan chog‘ida sayohatnoma qo‘lyozmasini topib oladi va uni portugal tiliga tarjima qilishga qaror qiladi. Moura tarjimasining birinchi jildi 1840 yili Lissabon akademiyasi nashriyotida chop etilgan. U Misr, Suriya, Yaman, Makka, Kichik Osiyo va Oltin O‘rda safari taassurotlarini o‘z ichiga olgan edi. Biroq Mouraning vafoti tufayli bu ish oxiriga yetmay qoldi.
Sayohatnomaning Baron de Slen tomonidan asl matndan frantsuzchaga qilingan ayrim qismlari 1843 yili “Osiyo jurnali”da chop etildi. 1848 yili frantsuz arabshunosi Eduard Dyulare yana o‘sha jurnalda sayohatnomaning Malayya orollariga va Tavalisi safariga bag‘ishlangan boblarining matni va tarjimalarini bosib chiqardi. Bu nashr frantsuz sharqshunosi Sh.Defremerini qiziqtirib qoldi hamda u Eron va Markaziy Osiyo safarlarini tasvirlovchi boblarni to‘la qo‘lyozmadan frantsuzchaga tarjima qildi va 1848 yilda bosib chiqardi.
Mana shu nashrlar tufayli sharqshunoslar sayohatnomaning to‘la tanqidiy matnini tayyorlash va nashr etish hamda uni har tomonlama tadqiq etish zarurligini batamom anglab yetdilar. Sh.Defremeri B.Sanginetti bilan birgalikda bu ishga bel bog‘laydi.
Shubhasiz, Sh.Defremeri B.Sanginetti Ibn Battuta sayohatnomasi matnini tiklash, uni ochish va tushuntirish yuzasidan benihoya katta ish qilib, 1849-1853 yillar orasida arabcha tanqidiy matn bilan birgalikda frantsuz tiliga izohli tarjimani nashr etdilar. Bu nashr asarning undan keyingi Yevropa va sharq tillariga ko‘p sonli tarjimalari, shuningdek, matnning hamma arabcha nashrlariga ham asos bo‘ldi. Keyinchalik arab olamining turli joylarida o‘nlab nashrlar dunyo yuzini ko‘rdi.
Yigirmanchi asrda sayohatnomani tadqiq etish va ingliz tiliga tarjima qilish ishlari bilan taniqli ingliz arabshunosi Hamilton Gibb shug‘ullandi. U 1929 yildayoq Londonda sayohatnomaning qisqacha, lekin bag‘oyat mazmunli izohlar bilan ta’minlangan muxtasar tarjimasini chop etgan edi. Gibb bu boradagi tadqiqotini davom ettirib, 1956-1963 yillar orasida asar tarjimasi va izohlarini nashrdan chiqardi.
Sharqda eng birinchi tarjimalardan Muhammad Sharifning turk tiliga qilgan tarjimasini ko‘rsatib o‘tish lozim. 1970 yili esa Tehronda fors tilidagi tarjimasi nashr etildi.
Ibn Battuta sayohatlari va undagi qimmatli ma’lumotlarga Rossiyada ham katta qiziqish bilan qaraldi. 1841 yildayoq Russkiy Vestnik jurnalida “Rossiya xorijliklar nazarida” rukni ostida Ibn Battuta sayohatlaridan parchalar tarjima qilib berilgan edi. Oradan yigirma yil o‘tgach, V.Tizengauzen qalamiga oid “Oltin O‘rda tarixiga oid manbalar majuasi”da birinchi marta Ibn Battuta asaridan yirik-yirik parchalarning nisbatan aniq tarjimasi yuzaga keldi.
Ibn Battuta sayohatnomasining Dashti Qipchoqqa oid qismi tatar tiliga tarjima qilingani ham diqqatga loyiqdir. Arab tilining bilimdoni Rizouddin ibn Faxriddin qalamiga mansub bu tarjima 1917 yili Orenburg-da alohida kitobcha holida nashr qilindi.
Ibn Battuta sayohatnomasi bugungi kunga qadar ingliz, frantsuz, lotin, italyan, nemis, polyak, chex, hatto portugal tillariga tarjima qilinib, nashr etilganiga qaramay, yurtimiz tarixi bilan bevosita bog‘liq, o‘sha davrga oid g‘oyat nodir ma’lumotlarni mujassam etgan bo‘lsa-da, haligacha o‘zbek tiliga to‘liq ilmiy-izohli tarjima qilinmagan. Faqatgina Sayohatnomaning O‘rta Osiyoga oid qismlari tarjima qilinib, unda Ibn Battuta asarining yurtimiz tarixini o‘rganishdagi mislsiz ahamiyatiga e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan bir guruh arabshunos olimlar (Ne’matulloh Ibrohimov, Sarvarjon G‘afurov, Abdulhakim Oripov, Akmaljon Ikromjonov, Abdulhamid Zayriyev, Jahongir Ne’matov, Abdulvohid Ahmadaliyev, mazkur Sayohatnomaning o‘zbek tiliga to‘liq tarjimasini amalga oshirdilar. Ushbu tarjimaning g‘oyat qiziq, ajoyib hikoyalaridan ayrim namunalar muhtaram o‘quvchilar e’tiborlariga tortiq qilinmoqda.
Tezkor savol javoblar:
1.Kim XVII asr oxirida sayohatnomani qisqartirib, “Ibn Battuta sayohatnomasidan parchalar” deb atagan?
2. Sayohatnomaga nechanchi yili nemis sayyohi Zeettsen birinchi bo‘lib diqqatni tortgan?
3. Qachon Kozegarten sayohatnomaning Hindiston, Xitoy va Sudanga bag‘ishlangan uch bo‘lagini lotin tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan?
4.Kozegerten Ibn Battuta axborotlarining haqqoniyligini tekshirish uchun boshqa nimalarni jalb etadi?
5. Kim 1790 yilda Fasda bo‘lgan chog‘ida sayohatnoma qo‘lyozmasini topib oladi va uni portugal tiliga tarjima qilishga qaror qiladi?
6.Moura tarjimasining birinchi jildi 1840 yili qaysi nashriyotda chop etilgan?
7.Qaysi asar Misr, Suriya, Yaman, Makka, Kichik Osiyo va Oltin O‘rda safari taassurotlarini o‘z ichiga olgan edi?
8.Nima sababli tarjima oxiriga yetmay qoldi?
9.Sayohatnomaning kimtomonidan asl matndan frantsuzchaga qilingan ayrim qismlari 1843 yili “Osiyo jurnali”da chop etildi?
10. Qachon frantsuz arabshunosi Eduard Dyulare yana o‘sha jurnalda sayohatnomaning Malayya orollariga va Tavalisi safariga bag‘ishlangan boblarining matni va tarjimalarini bosib chiqardi?


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling