O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 0.65 Mb.
|
IBN BATTUTA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donishmandlik sirlari” texnologiyasining bajarish bosqichlari
- Fikrlar tahlili” metodi.
- Tezyurar mashina” texnologiyasi
Odatdagi sallalardan mutlaq farq qiluvchi bir salla o‘ragan shaxs suratini belgilang.
“Men bilaman” metodida o`quvchilar savollarning javobini suratlarga qarab topadi. Iskandariya qozilaridan biri bo`lgan shaxs suratini belgilang. SHAYX JAMOLUDDINNING SOQOLI HIKOYASI Aytishlaricha, mazkur toifaning rahbari shayx Jamoluddin as-Soviy hazratlarini soqol va qoshlarini qirib tashlashlariga bir voqea sabab bo‘lgan ekan. Shayx ko‘rkam hay’atli, chiroyli yuzli bo‘lib, Sova ahlidan bir ayol u zotga oshiq bo‘lib qolibdi, u kishiga odam yuborib, yo‘llarini to‘sib, o‘ziga chorlabdi. U esa bundan bosh tortib, unga parvo ham qilmabdi. Ayol maqsadiga erisholmagach, bir kampirni ishga solibdi. Kampir shayxning masjidga boradigan yo‘li ustida o‘tirib, u kishi yoniga kelgan vaqtda shunday debdi: “Xojam, o‘qishni bilasizmi?”. “Ha” deganidan so‘ng: “Bu maktubni menga bolam yo‘llabdi, shuni menga o‘qib bersangiz”. “Xo‘p”, debdi shayx va maktubni qo‘lga olib, ochibdi. Shunda kampir: “O‘g‘limning xotini ham bor, eshik orqasida turibdi, shunga u eshitishi uchun ichkarida o‘qib bersangiz”, debdi. Shayxni shu ko‘yi uy ichiga olib kiribdilar, haligi kampir eshikni qulflab qo‘yibdi. So‘ng ayolning cho‘rilari shayxning qo‘lidan ushlab uy ichiga olib kirishibdi, shunda ayol u zotni o‘ziga chorlabdi. Shayx ilojsizligini ko‘rgach, unga “Xo‘p, men aytganingga roziman, avval men bir hojatxonaga kirib chiqay”, debdi. Ayol unga hojatxonani ko‘rsatgach, shayx suv olib kirib ketibdi. Shayxning yonida yangi ustarasi bo‘lib, hojatxonada soqol va qoshlarini qirib chiqibdi. Ayolga uning ko‘rinishi xunuk, qilgan ishi yomon ko‘rinib, huzuridan chiqarib yuboribdi. Shunday qilib, Olloh taolo u zotni bunday katta gunohdan saqlab qolibdi. Shayx hazratlari esa shu voqeadan keyin mazkur hay’atini saqlab qolgan ekan va uning tariqatiga kirgan keyingi qalandarlar ham soch-soqollariyu qoshlarigacha qirdirib yurishlari shundan ekan. “Donishmandlik sirlari” texnologiyasining bajarish bosqichlari: 1.Parcha bilan o`quvchilar tanishtiriladi. 2.O`quvchilar guruhga ajratiladi. 3.O`quvchilarga parchani o`qish uchun vaqt beriladi. 4.Parchadan chiqargan xulosalarni navbatma-navbat aytishadi. MISRNING BA’ZI AMIRLARI ZIKRI Ulardan biri podshoh Nosirning soqiysi bo‘lib, u amir Bektemurdir. Uni podshoh Nosir zahar berib o‘ldirgan, bu o‘z o‘rnida zikr etiladi. Yana biri podshoh Nosirning noibi Arg‘un Dudor bo‘lib, Bektemurdan keyingi o‘rinda turadi. Yana biri Yashil No‘xot laqabi bilan tanilgan Tusht bo‘lib, yaxshi amirlardan edi. U yetim-esirlarga kiyim-kechak, nafaqa, ularga Qur’on o‘rgatuvchilarga maosh berish kabi ko‘plab sadaqalar qilgan. U shuningdek, qo‘rs, axloqsiz kishilardan iborat bekorchilarga ham yaxshilik ko‘rsatar edi. Podshoh Nosir bir gal uni qamaganda minglab bekorchilar yig‘ilib, qal’a ostidan “qo‘yib yubor uni, ey nopok cho‘loq!” (podshoh Nosirni nazarda tutib) deb to‘polon ko‘targan edilar, podshoh uni qo‘yib yubordi. Keyingi safar yana zindonband qilganda, yetimlar mana shunday qilgan edi, yana bo‘shatib yubordi. Amirlardan yana biri, podshoh Nosirning Jamoliy deb tanilgan vaziri; yana biri Badruddin ibn al-Boba; yana biri Kark viloyati voliysi Jamoliddin; yana biri Tuquzdumur bo‘lib, “dumur” turk tilida “temir” demakdir. Yana biri Bahodir al-Hijoziy; yana biri Qavsun, biri Bashtak bo‘lib, ularning barchasi xayrli ishlarda va masjidu xonaqohlar bino qilishda o‘zaro musobaqalashadilar. Amirlardan yana biri podshoh Nosir qo‘shinining nazoratchisi va kotibi Qozi Faxruddin Qibtiydir. U ilgari nasroniy qavmlardan bo‘lib, keyin musulmon bo‘lgan. U ko‘p go‘zal axloq, yetuk fazilatlar sohibi bo‘lib, podshoh Nosir huzuridagi darajasi juda balanddir. Uning ko‘plab sadaqalari va sanoqsiz ehsonlari bordir. Uning odati shuki, kechki payt Nil bo‘yidagi masjid yonida joylashgan hovlisidagi ayvonda o‘tirib, shom bo‘lgach, namozini masjidda o‘qiydi-da, ke-yin yana haligi joyiga kelib o‘tiradi. Unga ovqat keltirishadi, shunda u kim bo‘lishidan qat’i nazar hech kimning u yerga kirishiga qarshilik qilmaydi. Kimning biror hojati bo‘lsa aytadi, u esa masalani hal qilib beradi. Kim sadaqa tilab kelgan bo‘lsa, asl ismi Lu’lu’ bo‘lgan Badruddin degan quliga u bilan hovli tashqarisiga birga chiqishini buyuradi, u yerda xazinaboni bo‘lib, uning yonida dirhamlar solingan hamyoni bor, u lozimicha pul berib yuboradi. Bunday paytda qozining oldiga faqihlar kelib, uning huzurida Buxoriyning kitobidan o‘qiydilar. Xufton o‘qilgach, odamlar tarqaladilar. “Fikrlar tahlili” metodi. O`quvchilarga parchadagi shaxs nomlari birma-bir aytiladi, ular esa shaxslar haqida fikrlar berishadi va tahlil qiladi. MUQADDAS MASJID (MASJIDUL-AQSO) HAQIDA U ajoyib, betakror va nihoyatda go‘zal masjidlardan biridir. Aytilishicha, yer yuzida undan ulug‘roq boshqa masjid yo‘q emish. Uning sharqdan g‘arbga qarab bo‘lgan uzunligi molikiy o‘lchamida yetti yuz ellik ikki va kengligi qibladan ichki qismigacha to‘rt yuz o‘ttiz besh gaz bo‘lib, uchta tomonida ko‘plab eshiklari bor. Biroq uning qibla tomonida imom kiradigan birgina eshik borligini bilaman. Masjid majmui, Masjidul-Aqsoni hisobga olmaganda, usti yopilmagan ochiq maydondan iborat. Masjidul-Aqso esa nihoyatda pishiq qilib mukammal tarzda yopilgan, tilla va ajoyib ranglarga bo‘yalgan. Masjidda undan boshqa ham ko‘plab yopilgan o‘rinlar bor. “Tezyurar mashina” texnologiyasi “Tezyurar mashina” metodi o`quvchilarni tezkorlikka chorlaydi. O`quvchilar mashina kabi tez harakatlanishi lozim va masjid haqida ma`lumot aytishlari lozim. QUBBAT AS-SAXRA HAQIDA U eng ajabtovur va mukammal, shakl jihatidan g‘aroyib binolardan biri bo‘lib, o‘zida ko‘plab go‘zalliklarni jo qilgan va barcha betakrorlikdan o‘z ulushini olgan. Masjid o‘rtasidagi do‘nglik ustida qad rostlab, unga marmar zinadan chiqiladi. Uning to‘rtta eshigi bo‘lib, aylanasiga ham hafsala bilan ishlangan marmar to‘shalgan, ichki qismiga ham. Uning tashqi va ichki qismi turli zeb-bezaklardan va vasf qiluvchini ojiz qoldiradigan betakror ustalik bilan ishlangan. Bularning ko‘pchiligi tilla bilan qoplangan bo‘lib, tovlanib nur sochadi va yashindek chaqnaydi. Go‘zalliklariga boqib, o‘yga tolganning nazari hayratda qotib, uni ko‘rgan kishining tili o‘xshatib vasf qilishdan ojiz qoladi. Qubbaning o‘rtasida, zikri manbalarda kelgan, tabarruk xarsangtosh bor. Payg‘ambar (s.a.v.) undan osmonga ko‘tarilib ketganlar. U balandligi odam bo‘yi keladigan qattiq toshdir. Ostida esa chog‘roq uy kattaligida, balandligi odam bo‘yi keladigan bir g‘or bo‘lib, unga zinadan tushiladi. U yerda mehrob shakli bo‘lib, tosh tepasida ustidan yopiluvchi puxta qilib ishlangan ikkita deraza joylashgan. Ulardan biri toshning pastki qismida, ajoyib qilib temirdan, ikkinchisi esa yog‘ochdan ishlangan. Qubbaning ichida osib qo‘yilgan katta temir qalqon bor. Odamlar uni Hamza ibn Abdulmuttalib (r.a.)ning qalqoni deb aytadilar. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling