O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti milliy g’oya va huquq ta’limi kafedrasi fuqarolik huquqi fanidan amaliy mashg’ulot ishlanmasi namangan mavzu: Fuqarolik huquqi tushunchasi


Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi


Download 252.97 Kb.
bet3/12
Sana08.06.2023
Hajmi252.97 Kb.
#1462765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot ishlanmasi

Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha materiallar tahlil qilinib, kichik guruhlar yoki juftliklarda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalangan holda berilgan topshiriqlar bajariladi.
Slaydlar bilan ishlash
1-slaydda berilgan slayd orqali har qanday o‘quvchiga javob berish uchun murojaat qilish mumkin. Bunda o‘quvchi maxsus monitorda ko‘rsatilib turilgan 1-slayddan xohlagan raqamini tanlash imkoniyatiga ega. Tanlangan raqam ostida bir savol mavjud. Raqam ustiga sichqoncha tugmasini bir marta bossak, uning ostiga berkitilgan savol paydo bo‘ladi (2-slayd). Raqam ostiga bekitilgan savol monitorga chiqqach, uni o‘quvchi o‘qib, shu savolga javob beradi. Slaydlar ketma-ketligi qanday joylashtirilishidan qat’iy nazar, o‘quvchi belgilagan raqam ostidagi savol monitorda hosil bo‘ladi.
Savol (2-slayd) paydo bo‘lgach, unda quyidagicha qismlar mavjud: savol, raqam, javob. Bularning asosiy qismi savol bilan bog‘liq bo‘ladi. Raqam esa ushbu savol raqamidir. Javob qismida esa har bir o‘quvchi javob berib bo‘lgach “Javob” tugmasini bosganimizda savolning to‘g‘ri javobi hosil bo‘ladi (3-slayd).
Uchinchi bosqichda. Slayd 2 qismdan iborat bo‘ladi. Bular: javob va uycha rasmlaridir. O‘quvchi bergan javobini yoki uning xatoligini 3-slayd orqali bilishi lozim. Bunda u to‘g‘ri javob berganligini biladi yoki o‘z xatosini tushunib yetadi. Bunday ko‘rgazmalilik orqali mustahkamlash darslari yaxshi samara beradi. O‘quvchilarni qiziqtirishning bunday yo‘li ko‘rgazmalilik asosida tashkil etilishi dars samarasini oshirish bilan birgalikda o‘qituvchining ishini ham osonlashtiradi. Keyingi slaydlar shu tariqada ishlatiladi. Javoblar va uycha yozilgan 3-slayddagi uycha qismiga sichqoncha tugmasi bosilganda 1-slaydga qaytib boriladi. Bu esa yana savol tanlash imkoniyatini beradi. Aytaylik, 26 raqami tanlansa, shu raqam ostidagi savol hosil bo‘ladi. Savolga javob berilgach, javob tugmasi bosiladi va to‘g‘ri javob hosil bo‘ladi. Javob aniq bo‘lgach, uycha rasmi bosiladi va yana 1-slaydga qaytib ketiladi. Bu esa ishni ancha osonlashtiradi.



Download 252.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling