O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti milliy g’oya va huquq ta’limi kafedrasi fuqarolik huquqi fanidan amaliy mashg’ulot ishlanmasi namangan mavzu: Fuqarolik huquqi tushunchasi


Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi


Download 252.97 Kb.
bet6/12
Sana08.06.2023
Hajmi252.97 Kb.
#1462765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot ishlanmasi

Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha materiallar tahlil qilinib, kichik guruhlar yoki juftliklarda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalangan holda berilgan topshiriqlar bajariladi.

Fan quyoshi
Yozuv taxtasiga chizib qo‘yilgan quyosh rasmlari bu o‘yinni shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Guruhlarda ishlash jarayonida ularga berilgan topshiriqlarni chiziqchalar orqali baholash juda yaxshi samara beradi. Deylik, guruhlar javoblariga qarab “Fan quyoshi” nur sochishi mumkin. Quyosh rasmining nurlari o‘quvchilar berayotgan javoblar bilan bog‘liqdir. Demak, qaysi guruh yaxshi, yoki to‘liq javob bersa, o‘sha guruhning fan quyoshi o‘zgacha nur “sochadi”. Har bir to‘g‘ri javob uchun quyosh nurlari ko‘payish o‘rniga uzunlashib boradi. Eng uzun nur yaratgan guruh g‘olib hisoblanadi.


Mavzu: Bitimlar
Reja:

  1. Bitim tushunchasi va turlari. Bitimning boshqa yuridik faktlardan farqi.

  2. Bitimlaming ahamiyati va qo'llanish sohasi. Bitim shakllari. Bitimning og'zaki

shakli. Bitimning yozma shakli. Bitimning oddiy yozma shakli.

  1. Bitimni notarial tasdiqlash. Bitimlami davlat ro'yxatidan o'tkazish.

  2. Bitimning notarial shakliga va uni ro'yxatdan o'tkazish talabiga rioya qilmaslik oqibatlari.

  3. Bitimlaming haqiqiy sanalish shartlari.

  4. Bitimlaming haqiqiy emasligi tushunchasi, turlari va uning huquqiy oqibatlari.

Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha materiallar tahlil qilinib, kichik guruhlar yoki juftliklarda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalangan holda berilgan topshiriqlar bajariladi.
Seminar mashg`uloti – bu ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo`naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlovchi, mashg`ulotni o`qitish shaklidir.
Seminar mashg`uloti darslarini ikki turga ajratish mumkin. Bular ma’ruza darsi mavjud bo`lgan va ma’ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (masalan, chet tillar) o`tkaziladigan seminar mashg`ulotlari. Seminar mashg`uloti darslari fan dasturlari va ishchi dasturlari hamda kalendar tematik rejalariga qat’iy amal qilingan holda o`tkaziladi. Seminar mashg`ulotilarni o`tkazish bo`yicha zarur adabiyotlar ro`yxati beriladi. Ma’ruza darsi mavjud bo`lgan seminar mashg`ulotilarda asosan ma’ruza darslarida o`tilgan materiallar mashqlar bajarish yordamida mustahkamlanadi.
Seminar mashg`uloti quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo`llaniladi:

  • nazariy materialni tartibga solish.

  • ko`nikmalarni hosil qilish.

  • bilimlarni nazorat qilish.

Ta’lim beruvchi seminar mashg`ulotini samarali o`tkazish uchun quyidagilarni hisobga olish zarur:

  • o`zining tayyorgarligi, bunda savol va javob texnikasiga ega bo`lishi;

  • o`quv guruhining holati: uning motivasiyasi, uning tashkil etish xususiyati;

  • o`quv jarayonining texnik jihozlanishi.

Seminar mashg`uloti darslarida yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib, tashkiliy ishlarni o`tkazadi. Xonaning darsga tayyorgarligi, doskaga yozish va o`chirish vositalarining mavjudligi hamda talabalar davomati aniqlanadi. Darsda o`tiladigan mavzu e’lon qilinib, doskaga yozib qo`yiladi. O`tgan mavzuning asosiy mazmuni qisqacha bayon qilinib, yangi mavzu rejasi beriladi. Ma’ruza darslari mavjud bo`lgan fanlardan seminar mashg`uloti darslari albatta ma’ruza o`tilgandan keyin o`tkaziladi. Ma’ruzada o`tilgan materiallarning asosiy xulosalari tushuntiriladi, ma’ruza bilan seminar mashg`uloti bog`lanadi. Seminar mashg`ulotilar fanning, hattoki mavzularning xususiyatlaridan kelib chiqib, turli xil usullarda o`tkazilishi mumkin.
Seminar mashg`uloti darslarida savol javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantirilib ball qo`yiladi. Seminar mashg`uloti darslarining qat’iy dastur bo`yicha sifatli o`tilishini, talabalar bilimining o`z vaqtida baholanishini fandan ma’ruza olib boruvchi o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi bilan dastur bajarilishi, amaliyot darslarida nimalarga alohida e’tibor qaratilishi, ma’ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilganini va boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib, fikrlashib turishi lozim.
Ma’ruza darslari rejalashtirilmagan, faqat amaliy dars o`tkaziladigan fanlardan seminar mashg`ulotilar o`tkazishda nazariy bilimlar bilan amaliy mashqlar bajarish birgalikda olib boriladi. Dastlab mavzu bo`yicha nazariy bilimlar beriladi, o`qituvchi misol va mashqlar bajarib ko`rsatadi. Shundan so`ng talabalar mustaqil mashqlar bajaradi. O`qituvchi talabalar bilimini baholab boradi. Amaliy darsni o`qituvchi xulosalab yakunlaydi.



Download 252.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling