O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Abdulla Avloniyning hayoti va ijod yo’li


Download 101.93 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi101.93 Kb.
#1512681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud ahloq” asarida yaxshi yamon hulqlar haqida

1.2.Abdulla Avloniyning hayoti va ijod yo’li
Ana shu mo`’tabar inson o`zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda Toshkent shahrida to`quvchi oilasida dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy boshlang`ich diniy maktabda va madrasada o`qidi, ilm-fanga ixlos qo`ydi. O`zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib o`rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o`sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turadi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o`zining birdan-bir burchi deb bildi va 1904- yilda o`zi yashab turgan joyda - Mirobodda maktab ochdi.
Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o`ziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning qo`lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o`quv jihozlarini o`zgartiradi. Bu yerda o`qiydigan bolalarning asosiy ko`pchiligini kambag’allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boy-badavlat do`stlarining ko`magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Bu bilan bolalarga kiyim – bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini ta’minlaydi.
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o`quvchilarning soni ko`paya boradi.
Abdulla Avloniy o`zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga qaratib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand etishga harakat qildi. U bolalarga jo`g’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.
1907- yilda “Shuhrat” deb nomlangan ro`znoma tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. Jumladan, ro`znomaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga o`z holini ko`rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong`u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g`oyalarini yoyuvchidir”, deb yozgan edi.
Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” deb nomlangan to`rt qismdan iborat bo`lgan darsligida yoshlarni maorif madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi.
O`sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – “Alifbo”, “Ikkinchi muallim” - “O`qish” kitoblari katta rol o`ynaydi.
Bu kitoblarda Avloniy o`tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangicha talqin etdi.
“Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so`z boshida, o`rtasida va oxirida yozilishini ko`rsatgan, so`ng alifni barcha “bosh harflar”ga qo`shib, bo`g`inlar hosil qilgan.
“Ikkinchi muallim”da axloq, odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalangan.
Kitob “Maktab” she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o`qisa, savodxon bo`lsa, juda ko`p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g`ami vayron qilur,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!..
Darslikda ko`plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.
Abdulla Avloniy 1904 -yildan umrining oxiriga qadar o`qituvchi bo`lib ishlaydi. U o`nlab she’rlar, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud axloq” kabi darsliklari bilan o`zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo`ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan “Turkiy guliston yoxud axloq” Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo`ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Donishning “Farzandlarga vasiyat” tipidagi o`ziga xos tarbiyaviy asardir. Unda Abdulla Avloniy o`zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning so`z boshisida muallif bu haqda shunday yozadi: “Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug` adabiyot muhiblari – axloq xavaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim”.
Darslikdagi har bir bo`lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag`ishlangan bo`lib, ularning biri ikkinchisini to`ldiradi, takomillashtiradi. Har bir bo`limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she’riy parchalar yoki hikmatli so`zlarda qissadan hissa chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og`zaki ijodidan keng foydalangan.
Abdulla Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg`onchi cho`pon”, “Tulki ila qarg`a” kabi juda ko`p she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga bag`ishlangan.
“Maktab bolasi” she’ri boshlang’ich sinf o`quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o`qishga muhabbat uyg’onishi umumiy yo`sinda bayon etiladi:
Yo`lga soldi til ila yo`ldoshin,
Maktabga moyil ayladi boshin.
Soldi o`rtog’ining so`zina quloq,
Bosdi ul ham o`quv yo`lina oyoq.
Ikkisi birga bo`ldilar mullo,
Chiqdi xatu savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga” g’oyasini ilgari suradi.
Abdulla Avloniy o`zbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo`shdi. Uning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz” pyesalari adabiyotimiz tarixida o`chmas iz qoldirdi.
Abdulla Avloniy 1934 -yilda vafot etgan. U ma’rifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissyor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallim sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi.



Download 101.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling