O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika unversiteti sirtqi ta’lim Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 503-guruh talabasi G‘aybullayeva Maftunaning Ona tili marfologiyasi fanidan kurs ishi
Download 1.72 Mb.
|
Undov so\'zlarning xususiyatlari haqida ma\'lumot.
1. Tovushga taqlid bildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo`o`, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g`a-g`a, qag`-qag`, pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g`ivir-g`ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi. Taqlid so`zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo`llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so`zlar orasiga chiziqcha qo`yiladi. Taqlid so`zlar mustaqil so`zlar kabi gap bo`lagi bo`la oladi: Shamol g`ir-g`ir (hol) esmoqda. Tovushga taqlid so`zlar ba’zan otlashib, ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to`ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g`ovur-g`ovuri bosildi. YUragining duk-dukini eshitdi. CHug`ur-chug`urning to`xtashi amri mahol. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa ko‘chirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag‘-qag‘, taq, gurs, gumbur kabilar; 2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni so‘zlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij kabilar. Taqlid so‘zlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid so‘zlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi ma’nolarni ifodalanadi. Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi. Tovushga taqlid so‘zlarga, ba’zan –ir, -ur kabi unsurlar qo‘shilib takror shaklda ishlatilganda, ularning ma’nolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur. Taqlid so‘zlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va fe’l turkumiga doir so‘zlarni yasash mumkin: qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fe’llar shular jumlasidandir. Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi. O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi. Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega: Bu yerdan to‘plarning gumbur-gumburi eshitilib turardi; to‘ldiruvch: Senlar bu yerda vag‘ir-vug‘ur bilan ovvorasanlar; qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo’ldi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling