O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika unversiteti sirtqi ta’lim Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 503-guruh talabasi G‘aybullayeva Maftunaning Ona tili marfologiyasi fanidan kurs ishi


Undov so‘zlar haqida ma’lumot hamda ma’no turlari


Download 1,72 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi1,72 Mb.
#1518619
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Undov so\'zlarning xususiyatlari haqida ma\'lumot.

1.2. Undov so‘zlar haqida ma’lumot hamda ma’no turlari.


His-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo‘sh, rahmat, balli, bay-bay, voy-bo‘y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, o‘h, o‘hho‘, hm, him, be, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o‘, ha, iyi.
Bu so‘zlar mustaqil so‘zlarga ham yordamchi so‘zlarga ham kirmaydigan ayrim so‘z turkumidir. Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay, hay-hay. Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. His-hayajon undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) shafqat, mehribonlik: ie, o, voy, voy-ey, eh;
2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o‘h-ho‘, ehe;
3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay (takrorlansa), oh-oh;
4) mamnuniyat, faxrlanish, mag‘ rurlanish, xayrihohlik: e-ha, eh, ha-ya, o‘;
5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha. Undovlar yozuvda gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bo‘lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo‘yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo! Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil so‘zlardan undovlarga ko‘chgan so‘zlar ham mavjud:
1) olmoshdan : qani;
2) fe’llardan: kel, hormang, yo‘qol, bor-ey, yashang, kechirasiz: Kel, bir bahslashaylik! His-hayajon undovlari, odatda, gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so‘z, yoki so‘z-gap bo‘lib kelishi mumkin: Ie, men kimni ko‘ryapman? - Dod! - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.
2. Buyruq-xitob undovlari ikki xil bo‘ladi:
1) odamlarga qaratilgan undovlar:
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo‘llanadigan: hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey;
b) ta’kid, buyurish uchun qo‘llanadigan: ma, tss, jim, marsh;
2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo‘llanadigan: kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey;
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to‘xtatish uchun qo‘llanadigan: ishsh, ho‘k, tak; v) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, cho‘k, tek, hayt, chu.
3. Ko‘rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) ko‘rsatish: hu, huv, hovv;
2) javob, tasdiq, ta’kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo‘sh, labbay, ha. Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi: tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.
Undovlar odatda deb so‘zi bilan qo‘llanib, hol (U “voy” deb yonboshiga yiqildi), degan so‘zi bilan qo‘llanib, gapda ko‘pincha sifatlovchi-aniqlovchi (Ko‘chada “dod” degan ovoz eshitildi) bo‘lib keladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.), kesim (Endi uning holiga voy) to‘ldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqichaniqlovchi (Dod-voyning foydasi yo‘q.) vazifalarini bajaradi.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling