O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi iqtisodiyot fakulteti


Download 64.21 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1529771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Амалиёт хисоботи Рахмонова Тиллаой

2-semestr – magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga muvofiq amaliyot muassasasining faoliyatini tadqiq etish:
-ko‘rib chiqiladigan muammoning alohida jabhalarini o‘rganish;
-axborotlarni qayta ishlash;
-Buxgalteriya hisobi faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
-axborot olishning turli vositalari yordamida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish;
-ilmiy ish mazusidagi har bir masala yuzasidan izoh matn shaklida va unga ilova shaklida amaliyot materiallari (chizmalar rasmlar diagrammalar jadvallar va hujjatlar nusxalari) berilishi;
-ilmiy ish mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola yoki tezislar tayyorlash va chop etish;
-ilmiy ish mavzusi bo‘yicha muassasaning ish faoliyati uslubiyotini o‘rganib (tanishib) chiqishi;
-ilmiy ishning ikkinchi va uchinchi bobi bo‘yicha ilmiy xulosalarni bayon qilishi;
3-semestr – ilmiy tadqiqot ishi natijalarini umumlashtirish:
-olingan ma’lumotlarni ishonchligini tahlil qilish;
-ob’ekt bo‘yicha tadqiqot natijalarini xorijiy davlatlar tajribasi bilan taqqoslash;
- o‘tkazilayotgan tadqiqotning ilmiy va amaliy axamiyatini tahlil qilish tizimga keltirish va umumlashtirish;
-foydanilgan adabiyotlar bo‘yicha ilmiy ishning boblarida snoskalar(iqtibos) berish;
-ilmiy ish yakuni bo‘yicha tadqiqotchining xulosa va takliflari;
-o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini va uning magistrlik dissertatsiyasi ilmiy rahbari bilan kelishilganligini rasmiylashtirish.
4-semestr – yakuniy bosqich .
Ushbu bosqichda magistrant ilmiy-tadqiqot ishi dasturiga muvofiq ravishda to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtiradi va ularning etarliligi hamda ishonchliligini aniqlaydi.
Ilmiy-tadqiqot ishidan kutiladigan natijalar quyidagilardir:
-ilmiy tadqiqot metodologiyasining asosiy qoidalarini bilish va tanlangan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi ustida ishlashda ularni qo‘llay olish;
-ilmiy axborotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlashning zamonaviy usullaridan foydalana olish;
-tadqiqot muammosi bo‘yicha olingan bilimni hisobot, ma’ruza shaklida bayon eta olish;
-ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha ilmiy raxbar xulosasi, tashqi va ichki taqrizchilarni taqrizlarini rasmiylashtirish.
Ilmiy-tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha magistrant kafedraga quyidagilarni taqdim etadi:
-magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar;
-magistrantning shaxsiy ish rejasini bajarilishi bo‘yicha yozma hisobot;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tayyorlangan maqola (tezis)larning chop etilgan nusxalari.
Hisobot ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan holda mutaxassislik kafedrasi mudiriga taqdim etiladi.
Мен амалиёт давомида қуйидаги ишларни амалга оширдим.

Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling