O`zbеkiston rеspublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 184.19 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intrnet saytlar
Taqrizchi: X.N.Muzaffarova
MUNDARIJA KIRISH..................................................................................................... I.BOB KAR BOLALAR TA'LIMINI HLQARO HUQUQIY ASOSLARI VA KELIB CHIQISH SABABLARI. 1.1 Kar bolalarda uchraydigan Muammoning maxsus ta`lim bilan bog`liqligi................................. 1.2 Kar bolalar ta’limning o'ziga xosligi va o`yinlar bilan bog`liqligi................................................... II .BOB KAR BOLALARNI TA'LIMGA JALB ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK DIAGNOSTIK TEKSHIRISH USULLARINI TO’G’RI TASHKIL ETISH 2.1 Kar bolalarning ta’limini yo'naltirishda pedagogik va diagnostik tekshirishning ahamiyati........................................................................ 2.2. Kar bolalarni ta'lim jarayoniga jalb etishda eshitish qobiliyatini tekshirishning zamonaviy usullari.......................................................... XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.Barkamol shaxsni tarbiyalashda ularning ruhiy jarayonlarining rivojlanishini, ayniqsa imkoniyati cheklangan alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarning ruhiy jarayonlari xususiyatlarini bilish defektolog mutaxassislar uchun katta ahamiyatga ega. Sog’liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordamko`rsatadigan maxsus psixonevrologiya sanatoriylari, stasionarlar bor, poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinetlarda mutaxassis-defektologlar tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib bormoqdalar. Og’ir nutq nuqsonlaribor bolalar uchun xalq maorifi ministrligi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga mo`ljallab, nutqiy bog’chalar yoki bolalar bog’chalari qoshida nutqiy guruxlar tashkil etilgan. Bu turdagi maxsus bog’chalarning asosiy vazifasi nutq kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniqlab bularni bartaraf etish va shu yo`l bilan og’ir nutq nuqsonlarining odini olish, ikkilamchi asoratni bartaraf etishdir. Maktab yoshidagi logopat, ya’ni nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar uchun ommaviy umumiy ta’lim maktablarida logopedik punktlar tashkil etilgan. Tekshirishlar natijalari logopedik xulosalarda yakunlanadi. Logopedik xulosalar asosida bola bilan olib borilishi kerak bo`lgan chora –tadbirlar, reja tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli farqlardan biri – ruhiy jarayonlarning etarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past ekanligini ko`rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va intelekti orasida o`zaro murakkab munosabatlar hukm suradi. Maxsus usullar yordamiad bolalarni faqat lozim bo`lgan so`zlarning ma’nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan o`z nutqida faod qo`llashga o`rgatib boriladi. Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqatga kirishish imkoniyati, odob – axloq normalarini o`zlashtirish, ijtimoiy adaptasiyaning muvaffaqiyatli bo`lishi ko`p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog’liq. Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida bolalar quyidagi bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantiriladi: Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Tadqiqotlarni o’rganish va tahlil etish natijasida KAR bo’lgan o’quvchilarni mehnatga o’rgatish jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muammosi tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali pedogogik-psixologik muammo degan xulosaga keldik. Muammoga doir ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganib, ularni ilmiy jihatdan tahlil etish asosida shu narsa ma’lum bo’ldiki, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni mehnatga o’rgatish jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish maxsus tadqiq etilmagan. Kurs ishining maqsadi – Kar bolalarni psixodiagnostika qilish hamda ularni korreksiya qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining predmeti – Kar bolalar ruhiyatining o’ziga xos jihatlarini o’rganish, diagnostika va korreksiya qilishdan iborat. Kurs ishining vazifalari quyidagicha belgilanadi: - Kar bolalarning ruhiy rivojlanishning umumiy va maxsus qonun-qoidalarini aniqlash; - Kar bolalar bilish faoliyatini rivojlanish xususiyatlarini o’rganish; - Kar bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini psixologik korreksiya va diagnostika qilish; - Kar bolalarga pedagogik-psixologik ta’sir usullarini psixologik jihatdan asoslash; - Kar bolalarni diagnostikasi va korreksiyasi jarayonidir. Kurs ishining obyekti – Kar bolalarni ta'lim jarayoniga jalb etish Kurs ishining metodikasi – O’yinli texnologiyalar , Mashg‘ulotlar, Qo‘l matorikasini shakllantiruvchi qiziqarli o’yinchoqlar Kurs ishining tuzilishi – Kurs ishi 2 Bob, 4 ta paragrafdan iborat I BOB : KAR BOLALAR TA’LIMINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI Muammoning maxsus adabiyotlarda o'rganilishi Sezgi inson sezgi organlariga ta'sir qiluvchi predmet va hodisalarning eng sodda ruhiy jarayonidir. Inson sezgisi tovush, rang, shakl dunyosi haqida ma'lumot beradi. Sezgidan farqIi o'laroq idrok predmet va hodisalar yaxlit obrazini o'zida namoyon qiladi. Har qanday anglash jarayoni idrok etish va sezishdan boshlanadi. Bu uning dastlabki sezgi bosqichidir. Lekin idrok atrofdagi olam haqida to'liq tasavvur berolmaydi. Materiyaning biz bevosita idrok etolmaydigan xossalari mavjud. Tashqi olamni anglash va aks etishning eng yuqori formasi tafakkurdir. Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar sezgisi atrof-muhitni obyektiv aks ettiradi va predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida ma'lumot oladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sezgisi va idroki shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlarga ega bo'ladi. Avvalambor, bu bolalarda asosiy sezgi turlaridan biri eshituv sezgisi mavjud bo'lmaydi. Bizning organizmimizga doimo tovush ta'sirotlari ta'sir ko'rsatadi. Rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbayini eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi. U atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, radio, musiqa eshitib, kino, teatrlarni tomosha qilib, ko'p ma'lumotga ega bo'ladi. Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. O'z navbatida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Gartmaning tadqiqotlariga tayanib, N.M. Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko'ra bir necha guruhlarni tasniflaydi. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda eshituv idroki ma'lum darajada mavjud bo'lib, u nonutqiy tovushlarni farqlash imkonini beradi. Boshqa bolalarda eshituv idrokining darajasi balandroq bo'lib, u unli tovush, bo'g'in, so'zlarni farqlash imkonini beradi. Davomiy mashg'ulotlar mashqlar jarayonida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv idrokining rivojlanishi anatomo-fiziologik mexanizmining tiklanishi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollash yo'li bilan amalga oshadi. Kar bolada eshituv sezgisi va idrokining yo'qolishi sababIi ko'ruv sezgisi va idroki asosiy o'rin tuta boshlaydi. Kar bolaning ko'ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalardagi ko'ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo'lish L.v. Zankov, I.M. Solovyov, K.l. Veresotskoy tadqiqotlarida dalillangan. Shu sababli eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning eshituv sezgisiga qaraganda ko'ruv sezgisining ustunligi, harakat sezgisining, teri-taktil sezgilarning faolligi kuzatiladi. Eshituvchi bolalar karlarga nisbatan yashil, siyohrang, qizil, sabzi ranglarni ko'p almashtiradilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ranglarni nozik farqlaydilar. L.v. Zankov va I.M. Solovyov ta'kidlashicha, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar chizgan rasmlarda, eshituvchi bolalar chizgan rasmlarga nisbatan ko'p detal va qismlar qamrab olingan bo'ladi. Kar va eshituvchi bolalar rasmlari taqqoslanganda eshituvchi bolalar rasmlarida predmetlarning muhim qismlarini tasvirlarda mavjud emasligi ko'rinadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar rasmlarida bunday kamchiliklar kam bo'ladi, lekin ular fazoviy munosabatlar ifodalangan rasmlarni qiyinchilik bilan chizadilar. L.v. Zankov va I.M. Solovyov ta'kidlashicha, ko'ruv idroki jarayonida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchilarga nisbatan predmetning N.v.Yashkova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sog'lom bolalarga nisbatan katta yoshlarda ko'rgazmaIi-harakat vazifalarini yaxshiroq hal eta olishi aniqlangan. 9-10 yoshlardagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun kattalar harakatiga taqIid qilish xosdir. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo'lmaydilar, shu sababli bu vazifani o'rgatish uchun to'rt marotaba ko'p vaqt va uch marotaba ko'p ko'rgazma kerak bo'ladi. A.R. Luriya va F.L. Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qolgan sog'lom egizak bolalar tafakkurining o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni so'zdan ajratish, rejalashtirish, elementar tasniflash malakasiga ega bo'lmaganlar. Predmet ifodasi, belgi, munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur harakatlarini amalga oshiradilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uzoq muddat davomida ko'rgazmaIi-obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan, T.Y. Rozonova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning kO'rgazmaIi-obrazIi tafakkurining rivojlanishidagi farq maktab ta'Iimining boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko'rgazmaIiobrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni umumlashtirish imkonini yuzaga keltiradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutqini shakllantirish muammolari I.M. Solovyova, EE Rau, N.1. Shif, S.A. Zikov, T.v. Rozonova, N.G. Morozov, R.M. Boskislar ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Og'zaki nutq inson jamiyatida ilk nutq shakli sifatida namoyon bo'lgan. Dastlabki so'zlar tovush komplekslar shaklida bo'lib, tarixiy rivojlanish davrida ma'lum tushunchalar sifatida aniqlanib, mustahkamlanib borgan. Lekin dastlab imo-ishora nutqi mavjud bo'lgan degan fikr ham mavjud. Bu ma'lumotga ko'ra, og'zaki nutq keyinroq paydo bo'lgan. Imoishora va mimikalar orqali o'z fikrini ifodalashda tovush taqlid so'zlarni ham qo'llaganlar. Psixologik nuqtayi nazardan og'zaki nutq sodda sanaladi. Uni faoliyatga kirishish vositasi tovush fonemadir. Yozma nutqning fonemaga kirishish vositasi grafik belgi harfidir. Og'zaki nutqni idrok etish eshituv analizatori asosida, yozma nutqni idrok etish ko'ruv analizatori asosida amalga oshadi. Ularning ifoda vositalari ham turlichadir. Og'zaki nutqda bu mimika, imo-ishora, urg'u, yozma nutqda - bu uslub, so'zlarni alohida tanlash usullari hisoblanadi. F.F. Rau, V. I. Beltyukov tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari tahlili ko'rsatishicha, kar bola unga qaratilgqn nutqni ko'rish yordamida qabul qiIishi, labdan o'qishga o'rgatish mumkin. Labdan o'qish murakkab ruhiy jarayon bo'Jib, nutqiy apparat harakatlari ko'rish anaIizatori yordamida idrok etish asosiga qurilgan bo'ladi. F.F. Rau e'tirof etishicha, labdan o'qish jarayonini 3 bosqichda tasniflash mumkin: I) so'zni artikulator tasniflash; 2) taqIidiy artikulator obrazini ko'rish orqali idrok etish; 3) anglangan idrok. Y. Petshak kar bolaning emotsional rivojlanish holatini tadqiq etgan. Unda quyidagi o'zaro bog'Jiq muammolar o'rganilgan: I muammo - ijtimoiy sharoit - ota-onalar eshitish qobiliyatining saqlanish darajasiga ko'ra maktabgacha va maktab yoshidagi kar bolalarning emotsional rivojlanish va munosabatlarini aniqlash. II muammo kar o'quvchilarning boshqa odam emotsional holatini tushunishi. Boshqalar ruhiy holatini tushunish darajasi bolaning emotsional holatini belgilaydi. 1.2 KAR BOLALAR TA’LIMINING O'ZIGA XOSLIGI Kar bolalarning ruhiy rivojlanishi tashqi olam bilan aloqa sharoitida amalga oshuvchi rivojlanishning o'ziga xos yo'lidir. Ko'pda eshituv analizatorining funksiyasi buzilganligi eshituv bilan bog'liq bir qator funksiyalarni to'liq rivojlanmasligiga olib keladi.Xususiy ruhiy rivojlanishini buzulishi ko'r va zaif eshituvchi bolaning ruhiy rivojlanishini tormozlaydi. Defisator tipda larxik koordinatsiya va funksional aloqalarning buzulishi kuzatiladi. Bu qisqa saqlanilgan tizimda perseptiv tizimlarni rivojlanmaganligida namoyon bo'ladi. Eshitishda nuqsoni mavjud bolalarning ruhiy rivojlanishi eshituvchi bolalarning ruhiy rivojlanishi qonun-qoidalariga bo'ysunadi. Bu umumiy qonunqoidalar quyidagi qoidalar bilan xarakterlanadi:Surdopsixalogiyada bolaning ruhiy rivojlanishida biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro aloqadorligi ta'limoti muhim o'ringa ega. Biologik fanlarga nerv tizimining xususiyati temperament tiplari, qobiliyat kiradi. Bolaning tug'ulishgacha hayotida - homila davridagi bosqichni davom etishi- ona kasalligi, u qabul qilgan dorilar, tug'ish travmalari ham biologik omil turkumiga kiradi. Ijtimoiy omillar bola yashab, rivojlanayotgan jamiyat-siyosat, idealogiya tipi, madaniyat, fan va san'at rivojlanish darajasidir. Ijtimoiy muhit shu jamiyatdan qabul qilingan ta'lim-tarbiya tizimini belgilari, inson rivojlanishining manbayi sanaladi. Ijtimoiy tajribani egallash passiv idrok etish bilan emas, balki faol formada faoliyatning turli ko'rinishlari-o'yin, muloqot, mehnat, bilim olishda namoyon bo'ladi. Bolalar bu tajribani kattalar yordamida egallaydilar.Eshitishning buzilishini biologik omillar asosida namoyonlik, tug'ruqlar patologiyasi, ximik zararlanish asosida amalga oshishi mumkin. Bolalik davrining xususiyatlari kattalarga nisbatan bir tomondan miya strukturasining to'liqsizligi, ruhiyat komponentlarini shakllanmaganligi, nerv tizimining plastikligi va kompensatsiyaga moyilligi bilan asoslanadi. Eshitishni buzulishida kompensatsiya rolini ijtimoiy omillar - oilaviy tarbiya, emotsional tarbiya, ota-onaning ta'limi darajasi, ularni mutaxassislar bilan munosabati, korreksion ishdagi ishtiroki darajali o'ynaydi.Barcha bolalarni ruhiy rivojlanishidagi umumiy qonuniyat uni vaqt bo'yicha tashkillashtirish hisoblanadi. Bola hayotining turli bosqichlarida o'zgaruvchi ritmi shakllanish xususiyatlari bilan belgilanuvchi mazmun bolaning ta'lim tarbiyasi jarayoni hisoblanadi. Ruhiy rivojlanishni bir stadiyasidan ikkinchisiga o'tishi psixika komponentlari chuqur shakllanishi, ya'ni psixologik davr-ontogenezning o'ziga xosligi o'zida namoyon qiladi.Bolalar ruhiy rivojlanishini to'g'ri kelmasligi hayot bosqichida miyaning faol shakllanishi bilan asoslanadi. Bir yoshdan ikkinchisiga o'tishda funksional a’loqalarning murakkabligi tuzatiladi. Shuning uchun yosh davri turli pedagogik ta’sirlarga yuqori ta'sirchanligi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar senzetiv deb nomlanadi. Har bir yosh davrida aloqa va munosabatlar, psixik funksiyalar qayta qurilishi amalga oshiriladi.Senzitiv bosqichlar mavjudligi, endi shakllanayotgan ruhiy funksiyalarga ta'lim ta'siri kuchli bo'lishi bilan xarakterlanadi. Nutqni rivojlanishidagi senzitiv bosqichning senzitiv bosqichi (yoshdan 3 yoshgacha) eshitishda nuqsoni mavjud bolalarni ruhiy korreksiyasida muhim o'rin tutadi. L.S.Vigotskiyni bolalar rivojlanishidagi metomerafaza haqida ta'limotidir. Bola psixikasi har bir yosh bosqichida o'ziga xosdir, bu bola rivojlanishdagi integratsion jarayonlar funksional munosabatlar natijasi o'laroq maydonga chiqadi. Evolyutsiya va invalyutsiya jarayonini birlashishi yangi bosqichda oldingi bosqichdagilarni yangilanishi yoki yo'q bo'lishini asoslaydi.Yuqori ruhiy funksiyalarni rivojlantirish sanaladi. Bu boshqa odamlar, kattalar bilan hamkorlik shakli sifatida namoyon bo'lib, asta - sekin bolaning ichki funksiyasiga aylanib boradi. Yuqori ruhiy funksiyalar-murakkab tuzilmalar bo'lib, kelib chiqishiga ko'ra ijtimoiy hodisadir. Ular maxsus tashkil etilgan vositalar bilan jamiyatni tarixiy rivojlanishi bosqichida shakllanib boradi.Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni tasniflash tarixi bir necha asrlarga teng. Jumladan, birinchi tasniflash XVI asrlarga to'g'ri keladi. Undan ItaIiya olimi D. Kardano 3 guruh karlarni ajratgan, karlikni vujudga kelish vaqtiga bog'liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan: 1) tug'ma karlar; 2) erta kar bo'lgan (nutqi rivojlangunga qadar); 3) kech kar bo'lganlar (nutqi saqlanib qolganlar). XVIII asr fransuz pedagogi R.A. Sikar eshitish nuqsoni har xil bo'lgan bolalarni guruhlarga bo'lishni va ularni bo'lak holda o'qitishni taklif qilgan. XIX asrning birinchi yarmida rus surdopedagogi V.I. Fieri kar va zaif eshituvchi o'quvchilarni, kech kar bo'lib qolganlarni va zaif eshituvchini bo'lak holda o'qitishni taklif qilgan. Parijdagi kar va zaif eshituvchi o'quvchilar instituti vrachi J. Itar besh guruh karlarni, ularning tovushlari va nutqlarning eshitishiga qarab ajratgan: 1) yuqori nutq va tovushlarni qulog'ining yaqinida eshituvchilar; 2) unli va undoshlilarni ajratuvchilar; 3) ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar; 4) nutqlarni eshitmaydigan, lekin baland tovushlarni eshitadiganlar; 5) umuman eshitishida nuqsoni bo'lganlar. Karlik - eshitishning mutlaqo yo'qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki pasayishining shunday shakliki, unda og'zaki nutq faqat qisman, eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning bir necha tasnifi mavjud. Eshitish buzilishi quyidagicha tasniflanadi: • L.Y.Neyman tasnifi. • Xalqaro tasnif. • R.M.Boskisning pedagogik tasnifi. Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun L.v. Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va nutq yordamida tekshirgan. 1. L.V. Neyman tasnifi (1961) Eshitishning o'rta buzilishi (yo'qolishi)ga ko'ra zaif eshituvchi bolalar darajasi I-darajada - 50dB gacha 2-daraja - 50dB dan 700 dB gacha 3-daraja 70 dB dan yuqori Idrok etadigan chastotalar hajrniga bog'liq ravishda kar bolalar guruhi 1- 125-225 G II - 125-500 G III - 125-1000 G IV - 125-2000 G va undan yuqori Zaif eshituvchilik va karlik chegarasi 85 dB ni tashkil etadi 2. Xalqaro tasnif (1988) I daraja - 26-40dB Karlik (90dBO) II daraja - 41-55dB III daraja - 56-70dB IV daraja - 71-90dB R.M. Boskis tomonidan ish lab chiqilgan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning pedagogik tasnifi eshitish analizatori funksiyasida og'ishlar bo'lgan bolalar rivojlanishining o'ziga xosligini hisobga oladigan mezonlar asosiga qurilgan. R.M. Boskis eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning 2 asosiy guruhini ajratadi: karlar va zaif eshituvchilar. Karlar guruhiga tug'ma yoki orttirilgan karlik natijasida og'zaki nutqni mustaqil egallay olmaydigan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar toifasida eshitishning pasayishi kuzatiladigan, biroq nutqining (loaqal minimal) rivojlanishi mumkin bo'lgan bolalarni kiritishadi. Nutqiy rivojlanishga bog'liq ravishda zaif eshituvchi bolalarning 2 guruhi farqlanadi: - kichik nuqsonlariga (tovush talaffuzi buzilishlari, nutqning grammatik qurilishida buzilishlar) ega bo'lgan, nisbatan rivojlangan nutqni egaIIaydigan bolalar; - nutqiy fllnksiya rivojlanishida jiddiy kamchiliklar (jumlalar qisqa, noto'g'ri qurilgan, ayrim so'zlar juda qo'pol tarzda buzilgan va sh.k.) bo'lgan bolalar. Kar bolalarni ham nllqsonning yuzaga kelish vaqtiga nisbatan 2 guruhga bo'lishadi: - eshitishni hayotining 1- va 2-yilida yo'qotgan yoki kar tug'iIgan bolalar; - keyin kar bo’lib qolgan bolalar, ya'ni eshitishni 3-4 yoshida yoki undan keyin yo'qotgan, karlik ancha keyin yuzaga kelgani sababli nutqni saqlab qolgan bolalar. «(Keyin kar bo'lib qolganlar» termini shartli xarakterga ega, chunki bolalarning bu guruhini karlik yuzaga kelgan vaqt emas, balki eshitish yo'qligi holatida nutqning saqlanib qolgani tavsiflaydi. Keyin kar bo'lib qolganlar eshitishi pasaygan bolalarning alohida toifasini tashkil etadi. Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishga homiladorlikni noqulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol o'ynaydi. Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgilarini tug'ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofini, ximik zaharlanish, tug'ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz ta'sirotlarining akustik ta'siroti bo'lishi mumkin. Eshitish buzilish o'rat quloqni o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Eshitishning qat'iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollashish) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasalliklar chaqaloqlik chog'ida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta'sir qiluvchi omillar orasida ototopsik preporatiplar asosan antibiologiklar muhim o'ringa egadir. Eshituv funksiyasi buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko'p uchraydi. L.V.Neylan (1959) eshitish buzilishlari 70 %i 2-3 yoshlarda kuzatilishini e'tirof etib o'tadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishni pasayishi kam kuzatiladi.Eshitishni buzilishlari yuzaga kelishda kasbiy omillar ham katta ahamiyatga ega. Karlar oilasida eshituvchilar oilasiga qaraganda ko'p miqdorda kar bola tug'iladi. Shuningdek yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o'rtasida katta farq ham eshitish buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin. Aroqxo'r ota-onalar, kensok kasalligi turli xromasomali kasalligi mavjud oilalar (uchuvchi va suvga sho’ng'uvchilar)da ham eshitishda nuqsoni mavjud bolalar tug'ilishi kuzatiladi.Chet el va rus statistikasi ko'rsatishicha, eshitishda nuqsoni mavjud bolalar soni oshmoqda. Turli mamlakatlarda o'tkazilayotgan tadqiqotlarga ko'ra, yer yuzi aholisini 4-6 %i eshitishda nuqsonga ega bo'lib, jismoniy muloqotga ehtiyoj sezadi. Agar eshitish buzilishi so'zlashuv eshitishga taaluqli chastotalar diapazonida (500 dan 1500 Gs) tarqalsa, uni idrok etishi amalga oshmaydi. Agar eshitish buzilishi 100 dB dan ortsa, karlik yuzaga keladi, qisman eshitish buzilsa nuqson 15 dB dan 80 dB gacha darajada namoyon bo'ladi. Ushbu taklifga ko'ra zaif eshituvchilarning 3 guruhi tavsiflanadi. Eshitish qoldig'i saqlanganligi darajasiga ko'ra 4 guruhga tasniflanadi: (125 dan 2000 Gs, 125 dan 1000 Gs gacha, 125 dan 500 Gs gacha, 125 dan 250 Gs gacha).Pedagogik tasnif ENB bolalar ta'limiga turli yondashuvlarni asoslashga ko'niktirilgan. Bizning mamlakatimiz R.M.Boskisning psixo-pedagogik tasnifi muhim o'ringa ega. Uning asosida L.S.Vigotskiyning ruhiy funksiyalar konpensatsiyasi ta'limoti yotadi. ENB bolalar rivojlanishning o'ziga xosligi o'zida namoyon etuvchi yangi ko'rsatkichlarni ko'rsatdi. Eshitishni yo'qotish darajasi eshitish buzilishini yuzaga kelish vaqti nutqni rivojlanish darajasi ko'rsatilgan ko'rsatkichlarga bog'liq holda quyidagi guruhlarni tasniflaydi: I-kar bolalar. Bu guruhga kiruvchi bolalar eshitishni tabiiy idrok etolmaydilar uni mustaqil egallay olmaydi. Ular ko'ruv (labdan o'qish) va eshituv ko'ruv (Tovush kuchaytirish apparati yordamida) orqali maxsus ta'lim jarayonida so'zlashuv eshitishni idrok etadi. II-kech kar bo'lgan bolalar (eshitish mavjud bolalar) - ularda eshitish buzilishi turli darajada tuzilgan, eshitish turli darajada saqlanganligi kuzatiladi. Lekin maxsus tashkil etilgan ta'limsiz mavjud nutq yo'qolib ketishi mumkin. Bu bolalar so'zlashuv, muloqot malakasiga ega bo'ladilar. Ular uchun so'zlashuv eshitishni ko'ruv va eshituv idrokining malakalari shakllantirish muhimdir. Tafakkurni rivojlantirish ma'lum darajada eshituvchi bolalar tafakkurini rivojlanishi bilan o'xshashdir. Bu o'xshashlik eshitish lug'at hamda atrof muhit, voqea-hodisalarini so'zda ifodalash darajasiga ko'ra bo'ladi.III-zaif eshituvchi bolalar. Eshitish darajasiga ko'ra bu bolalar ma'lum darajada nutqni mustaqil egallashlari mumkin, lekin ularda talaffuz nuqsonlari uchraydi. Nutqni ko'ruv orqali idrok etish eshitish buzilish darajasiga ko'ra bo'ladi. Psixopedagogik tasnif asosida ENB bolalarni tabaqali maxsus ta'lim amalga oshadi. Bolani u yoki bu o'quv muassasasiga yo'naltirishda bolani eshitish rivojlanish va eshitish buzilishi darajasi hisobga olinishi lozim. Chunonchi zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo'lgan bolalar, eshitish rivojlanish mavjud kar bolalar zaif eshituvchi bolalar maxsus maktabida ta'lim oladilar. II.BOB :KAR BOLALARNI TA'LIM JARAYONIGA JALB ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK DIAGNOSTIK TEKSHIRISH USULLARINI TO’G’RI TASHKILLASHTIRISH 2.1 : Kar bolalar ta'limining yo'naltirishda pedagogik va diagnostik tekshirishning ahamiyati Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar pedagogik tekshirishda bolalarning yosh hamda nutqi rivojlanganlik holatiga muvofiq metodikalar tanlab olinadi. Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi kar bolalarning turg'un diqqatini tekshirishda Landolt namunalaridan (shaklli, raqamli, harfli jadval) foydalaniladi.Xotira o'tmishning ifodasi sifatida quyidagi asosiy funksiyalari yordamida amalga oshadi: ilk idrok etilgan materialni eslash, saqlash, tan ish va bayon etish. Eslab qolish ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi. Agar inson o'z oldiga materialni eslab qolish maqsadini qo'ymasa, material irodaviy harakatlarsiz, istaksiz esda saqlansa, bu ixtiyorsiz eslab qolish sanaladi. Agar inson oldida materialni eslab qolish, uni egallash maqsadi tursa, bu ixtiyoriy eslab qolishdir. tadqiqotlarida kar bolalar predmetni joylashuv o'rni bilan a’loqasini ixtiyorsiz ravishda eslab qolishi kuzatilgan. Amaliyotda tekshiruvchilarga tanish predmetlar tasvirlangan 16 ta rasm beriladi. Rasmlar berkitilgan holda bo'ladi. Tadqiqotni ketma-ketlikda rasmlarni ochib ko'rsatib, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ochilayotgan rasmda nima tasvirlanganini bayon etishadi. Kar bo'lgan bola bu rasmning jo'yini ko'rsatishi lozim bo’ladi. Tekshiruvchi sifatida bog'cha yoshidagi va II, IV va VI sinfda o'qiydigan kar bo'lgan bolalar tanlangan. Kar bolalar topshiriqni yaxshi bajarganlar, ixtiyorsiz predmetlar joylashgan joyni eslab qolganlar. Faqat bog'cha yoshidagi kar va sog'lom bolalar o'rtasida farq sezilgan. Kar bo'lgan bolalar sog'lom tengdoshlari kabi rasmlarning joylashuv o'rnini yaxshi eslab qolganlar. Shuningdek, eshitishida nuqsoni bo'lgan bola eslab qolgan materialni so'z orqali bayon etish (so'zli ifoda) holati Tadqiqotda eslab qolish obyekti sifatida 6 ta o'xshash sxematik figuradan foydalaniladi. Ayrim figuralar uchburchak, ba'zilari doira shaklida bo'lgan. Figuralar ketma-ketlikda ko'rsatilgan. Tekshiriluvchilarga III va IX sinf eshitishida nuqsoni bo'lgan va sog'lom o'quvchilariga diqqat bilan har bir figurani ko'rib chiqish va eslab chiqish taklif etiladi. Tekshiriluvchilarga ko'rgan figuralarini aniq bayon etishlari tushuntiriladi. Tadqiqot natijasida, ko'rsatilgan figuralami so'zli ifodalash asosida esda qolishi, figuralarga xos individual belgilar aniq saqlangani kuzatiladi. So'zli ifodalanmagan figuralar boshqa figuralar bilan almashtirib yuborilgan holda esda qolishi mumkin. Yuqori sinfdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar III sinfdagi o'quvchilarga nisbatan so'zli ifodalarni ko'p qo'llaydilar. Lekin eshitishida nuqsoni o'quvchilar eshituvchilarga nisbatan figuralar kam so'zli ifodani bayon etganlar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar imo-ishoralarni ham qo'llaganlar, bu ham eslab qolish jarayonini samarali bo'lishgacha olib kelgan. Bu tadqiqot natijasiga ko'ra, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar murakkab materialni eshituvchilarga nisbatan yomon eslab qoladilar. Agar eshitishida nuqsoni bo'lgan bola eslab qolish lozim bo'lgan figurani so'zli bayon etsa, bu eslab qolish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Materialni eslab qolish berish usuliga bog'liqligi yuqorida ta'kidlangan tadqiqotda tekshiriIuvchiga figuralar ikki xiI usul bilan beriladi. Birinchi usulda figura ekranda butunligiga, ikkinchi usulda ketma-ketlikda asta-sekin namoyon bo'lgan. Tadqiqotlarda ko'rsatilishicha, barcha figurani bir vaqtda ko'rsatilganda eshitishida nuqsoni bo'lgan kar bolalar va sog'lom bolalarni obyektni eslab qolishida farqlar kuzatilmaydi. Ketma-ketlikda predmetlarni ko'rsatilganda eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar sog'lom o'quvchilarga nisbatan yomon eslab qolganlar. Ketma-ketlikda figuralarni ko'rsatish eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning eslab qoIishini qiyinlashtirgan. Bunda figuralarning ayrim qismlari idrok etilib, asosiy mohiyatiga e'tibor kam qaratilgan. Shunday qilib,kar va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar idrok etilganni bir butunga fikriy integratsiya qilishda qiynalishi dalillandi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda so'zlarni egallash m axsus ta'lim jarayonida amalga oshadi va sog'lom bolalardan shu xususiyati bilan orqada qoladi. Tadqiqot natijalari tahlili ko'rsatishicha, ko'ruv orqali qabul qiluvchi so'zlarni, ifodalovchi so'zlarni eslab qolishda kar bo'lgan va sog'lom bolalarda farq kuzatilmaydi. Ovozli hodisalarni ifodalovchi so'zlarni eslab qolishda eshitishida nuqsoni bo'lgan va sog'lom bolalar o'rtasida farq mavjud. Bu turdosh so'zlarni eslashida kar bo'lgan bolalar sog'lom bolalardan qoladi. Lekin teri analizatori orqali idrok etilayotgan so'zlarni eslashida kar bo'lgan bolalar zaif eshituvchi bolalardan ustunligi kuzatildi. Tadqiqotda zaif eshituvchi bo'lgan bolalar asosan ovoz chiqaruvchi hayvonlar va ovoz chiqarib ishlaydigan mexanizmlarni ifodalovchi so'zlarni yaxshi eslab qolishi namoyon bo'ldi. Ijodiy tasavvur jarayoni xotira asosida yangi obrazlarni yaratish bilan belgilanadi. Tasavvurning qurilish materiali - bizning o'tmish tajribamiz, tasavvur natijalari Yangi obrazlar - tasavvur taassurotlari sanaladi. O'quv faoliyati geometrik masalani yechishi, grammatik qoidalarni yodlash, insho yozish, chizish va yasash kabi turlari o'quvchilardan taassuroti, bilimini operatsiyalash va faoliyat natijalarini tahlil etishni talab etadi. ljodiy tasavvur uning samaradorligi tajriba boyligi, ma'lumot doirasi darajasiga bog'liq bo'ladi. Kar bo'lgan bolalar ijodiy tasavvuri sog'lom bolalar va kattalar bilan muloqotining chegaralanganligi sababli o'ziga xos bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchi bolalardan ovoz chiqaruvchi predmetlar haqida bilib oladilar. Kichik yoshdagi kar va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun predmetlarning ovoz chiqarish hodisasi mavhumdir. Ta'lim jarayonida kar va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ham ovoz chiqaruvchi predmetlarga farqsiz bo'lmasdan, ularga ahamiyat bera boshlashi qiyin . Tasavvurni nutqni rivojlantirish bilan birga olib bormoq maqsadga muvofiqdir. Uni egallab, kar bola tasavvurga tayanib, suhbatdosh hikoyasi yoki o'qilgan hikoya mazmunini aniq aytib bora oladi. So'zlashuv nutqini rivojlantirish tasavvurini boyitishga, ijodiy obrazlarning shakllanishiga olib keladi. Bu o'z navbatida o'qilganni to'g'ri va tez tushunish imkonini beradi. Ro’llarga bo'lib o'qish, o'qilgan matn asosida rasmini chizish muhimdir. Shuningdek, rasm yoki rasmlar seriali asosida insho yozish ham yaxshi samara beradi. Nuqsonli bolalarda xayol, ayniqsa, yosh bolalarda o'ziga xos xususiyat, ko'rinishga ega. Kar va Eshitish qobiliyati buzilgan bolalardagi xayolning o'ziga xosligi ulardagi og'zaki nutq va mantiqiy tafakkurining kechikib shakIIanishi bilan uzviy bog'liq. Ko'rish tasavvurlari har doim ham kerakli darajada tahlil etilmaydi. Shu sabab ular tomonidan yangi predmetlar tahlili qiyosiy amalga oshadi. Demak, nuqson: ko'rishmi, eshitishmi, aqliymi, nutqmi baribir xayol jarayonlarining kechishiga, shakIIanishiga, rivojiga o'z salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmas ekan. Bu deyarli isbot, tushuntirish talab etilmaydigan haqiqatdir. Lekin, bu taassurotlarni qancha erta, muvaffaqiyatli korreksiyalasak o'quvchilarda xayol jarayonlari shunchalik tez va to'liq rivojlanishi mumkin. Bu jarayonning tafakkur bilan chambarchas bog'Iiqligini e'tiborga olsak, masalaning mohiyati yanada tezroq ravshanlashadi. Ta'kidlab o'tish o'rinliki, normal eshitadigan bolalar bilan eshitish qobiliyati buzilgan bolalar chizgan suratlar orasida ham ma'lum farqlar mavjud. Ajablanarli joyi shundaki, tasvirlangan suratlardagi predmetlar soni jihatidan normal eshituvchi bolalar orqada ekanlar. Ranglarni berishda karlar orqada qolganlar. Kar eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar suratlari sinflar yuqorilashgan sari normal bolalar suratlariga yaqinlashib borar ekan. Mualliflar eshitish qobiliyatlari buzilgan bolalardagi ijodiy xayol xususiyatlari borasida turli xil fikr bildirganlar. Ayrimlari hatto ijodiy xayolni tasavvur bilan almashtirganlar. Eshitish analizatorining zararlanishi oqibatida bu bolalarning tashqi dunyoni aks ettirish faoliyati, ijtimoiy muhit ham bu toifa bolalar shaxsining mukammal shakllanishiga salbiy ta'sir etar ekan. Bu bolalar aka-ukalaridan, opa-singillaridan, yaqin-qarindoshlaridan o'ziga nisbatan achinish hislarini sezishlari natijasida o'zlarida egosentrik xislatlarni shakllantirishga harakat qilar ekan. Ularda atrofdagilar uchun o'zining ortiqcha kishi sifatida tasavvur paydo bo'lib boradi. Kar bo’lgan bolalar xayol xususiyatlarini rivojlantirishda ta'lim jarayonida rolli o'yinlarni tashkillashtirish maqsadga muvofiq. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ko’rgazmaIi-obrazIi tafakkurining rivojlanishidagi farq maktab ta'Iimining boshida kuzatilishini isbotlaydi. «O`g’lim olti oylik bo`ldi. Negadir buvisining u bilan qilgan muomalasimenga unchalik yoqmayapti. O`zim esa hali yosh bo`lganim uchun bolatarbiyalashda tajribam yo`q. Menga maslahat bersangiz, bolaning tili tezroq chiqishi va hech bir kamchiliklarsiz gapirishi uchun u bilan qanday muomalada bo`lishim kerak? Ko`krak suti emadigan bolalar og’zingizdan chiqayotgan tovushlarni, ularning talaffuzini juda yaxshi qabul qiladi va o`zlashtirib oladi. Unga bolalarqo`shiqlaridan kuylab bering, ertaklar aytib bering. Sokin va tantanavor, tinchlantiruvchi va yurak o`ynatadigan, past va baland ovozlarda ayting, albatta,ma’nosidan kelib chiqib. Va, albatta, bola sizning gapirayotganingizdagi qosh, ko`z harakatlaringizni, so`zlarni talaffuz qilayotganda og’zingiz qandayqimirlashini ko`rishi shart.Siz uchun juda mas’uliyatli topshiriq: bola bilan gaplashganda shunchakiemas, kattalar bilan qilinadigan madaniyatli muomalangizni qilishga odatlaning.So`zlarni, harflarni o`z o`rnida qo`llashga, to`g’ri talaffuz qilishga harakatqiling. Unutmang, bola o`z ona tilidagi so`zlarga qo`yilayotgan urg’ularni, fonetik qoidalarni bir yoshgacha bo`lgan davrda o`rganadi va juda uzoq vaqt xotirasida saqlab qoladi. Agar bu davrda u bilan tilingizni burab (ya’ni bolaga taqlid qilib) gaplashsangiz yoki bari-bir tushunmaydi, deb o`ylab, jimlik bilan parvarish qilsangiz, bolangiz maktabga bora boshlaganida muammolar tug’ilishi mumkin. Gapirganda tutilish, tez-tez nafas olish, keraksiz tovushlar chiqarishlar, o`z fikrini ifodalab berishga xalal beradi va bu uning o`qishiga jiddiy ta’sir ko`rsatishimumkin.Kuzatishlarga qaraganda, ko`krak suti emib katta bo`lgan bolalarning nutqi sun’iy sut bilan parvarishlangan bolalarnikiga nisbatan ertaroq rivojlanadi. Bundan tashqari bolaning ongi, tili yaxshi rivojlanishi uning to`g’ri ovqatlanishiga, ya’ni har kuni nimalar eyishiga ham bog’liq. Bu borada esa bolalar asab kasalliklari shifokori va logoped bilan maslahatlashish zarur. Darvoqe, shifokorlarning «Bolangiz birinchi marta necha yoshida yoki necha oyligida gapirgan?» degan savoliga javob topish ham oson emas. Mabodo ularga kechroq murojaat qilib shunday savolga duch kelib qolsangiz, bolangizning biror so`zni o`zi tushungan holda talaffuz qilgan kunni belgilab qo`ying. Qandaydir bo`g’inlar yoki so`zlarni bilib-bilmay talaffuz qilganida, bu hali uning tili chiqqani emas. Yoki boladan o`zingiz kabi to`liq gapirishni kutib, hali gapirishni bilmaydi, degan javobni bermang. Deylik, u sizdan «buv bey», ya’ni «suv ber» deyaso`radimi, mana shu kun bolangizning tili chiqqan kuni hisoblanadi.Eng muhimi, agar siz bolangizning nutqi hech bir kamchiliklarsiz rivojlansin, desangiz, bo`lajak notiq bilan notiqlarcha muomalada bo`ling1».Tomishmoqlar aytish, eshitish hamisha maktabgacha ta’lim yoshidagi kichkintoylarning ezgu niyatlari bilan hamohang bo`lgan. Xar bir topilishi kerak bo`lgan jumboq - bu davr bolalarini ham o`ylashga, fikr yuritishga, o`zlariga xos yo`sinda izlanishga, sezgir, jiddiy, topqir bo`lishga nisbatan mayllarini uyg’otgan. Chunki ko`p predmetli topishmoqlar bog’cha bolalari uchun yanada qiziqarli bo`lgan. Bu holni butun mamlakatimiz bo`ylab bolalariga, nabiralariga, qo`shni bolakaylarga alla-qo`shiq, ertak, maqol, topishmoq aytib berib yurgan ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla ertakchilari huzurida bo`lganimizda aniq sezdik. Bu ish o`zo`zidan yoki birdaniga ko`ngildagidek chiqmaydi. Tinimsiz izlanish, bolakaylarni qiziqtirish, ularni topqirlikda bir-birlariga o`rnak, ibrat qilib ko`rsatish tufaylierishiladi. Takrorlash, takrorlashlardan keyin bola jumboqlarni echishga, bu haqda o`ylashga havasi keladigan bo`ladi. Bu erda shu narsani ham ta’kidlab o`tishlozimki, bolalarga aytib beriladigan topishmoqlarning mavzusi yoshlarning yoshiga, qiziqishlariga yaqin bo`lsa yana nur ustiga a’lo nur bo`ladi. Bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda biz ertak, topishmoq, tez aytish, maqollardan unumli foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Shubhasiz, ular bolalarga xushkayfiyat va tetiklik bag’ishlaydi Ko'rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni umumlashtirish imkonini yuzaga keltiradi. Ko’rgazmali-obrazli tafakkurni shakIIantirish so'zlash nutqining shakllanishi bilan bog'Iiq bo'Iib, ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni so'zli-mantiq tafakkuri bosqichiga o'tishi sog'lom bolalarga nisbatan Kar va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrIash operatsiyalarining rivojlanishida namoyon bo'Iadi. FikrIash operatsiyalari tizimga tashkiIIashtiriIgan umumiy harakatlardir. Bu fikrlash operatsiyalari asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda fikrIash operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shaklIanadi. Analiz va sintez jarayonining rivojlanishida ham orqada qoIish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatIi va sistematik tarzda amaIga oshadi. Taqqoslash jarayonida farqlarni topish va o'xshatish munosabatlari amalga oshadi. Kar bo'lgan bolalarning o'smirlik chog'ida taqqoslash texnikasini egallashda yutuqlar kuzatiladi, taqqoslash sifati oshadi. Abstraksiyalash jarayoni sujetli-rasm o'yin va o'quv faoliyati jarayonida amalga oshadi. Sujetli-rasm o'tinning xarakterli xususiyati o'rindosh predmetlarni qo‘llash hisoblanadi. Almashtiriluvchi predmetlar xususiyatini ajratish va taqqoslash abstraksiyaga asoslanadi. Kar va bolalar almashtirilgan predmetlarni qo'llashda qiyinchiliklarga uchraydilar. Hatto almashtirish uchun funksional mumkin bo'lgan predmetlar ular tomonidan har doim qo'llanilmaydi, ularni real funksional ahamiyatida ajratish eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun qiyin tarzda kechadi. Fikrlash operatsiyalarini amalga oshirish kar bo'lgan bolalarda nisbatan kechroq amalga oshishini bir qator psixolog olimlar o'z ishlarida ko'rsatib o'tadilar. Mantiq yoki tushunchali tafakkur rivojlanishida kar bo'lgan bolalarda sog'lom bolalarga nisbatan o'ziga xoslik kuzatiladi.Kar eshitishida nuqsoni mavjud bolalarda tafakkur va nutqning rivojlanish yo'nalishi, eshituvchilarga nisbatan kech amalga oshadi. Kundalik qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, intensifikatsiya qilish yetarli emas, chunki har qanday so'z yoki faraz tafakkur rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Kar bo'lgan bolalar kattaliklarni taqqoslash, kattaliklar o'zaro munosabatini tushunish, masala mazmunidan uni ko'rgazmali ifodalash, berilgan munosabatlarda ko'rgazmali sharoitda ajratishni ifodalovchi bir qator masalalarni hal etishda qiyinchiliklarga uchraydi. Asosiy qiyinchiliklar matn mazmuni bo'yicha xulosa chiqarish, ma'lumotlarni analiz va sintez qilishda yuzaga keladi. Bunda kar bo'lgan bolalar mazmunan to'liq bo'lmagan, Iekin nutqiy vositalar bilan ifodalangan javoblarni bayon etadi. 2.2.KAR BOLALARN TA’LIM JARAYONIGA JALB ETISHDA ESHITISH QOBILIYATINI TEKSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI Maktabgacha yoshdagi kar bolalarning asosiy faoliyati (3-7 yosh) o'yin faoliyati sanaladi. O'yinning harakatli, didaktik va sujetli-rolli turlari tasniflanadi. Sujetli-rolli o'yin jarayonida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'zlariga berilgan rollar asosida katta odamlar hayoti, ularning faoliyati va o'zaro munosabatini ifodalaydi. O'yin davomida atrof-olam haqidagi tasavvur aniqlanadi, chuqurlashadi, ularning bilimi kengayadi, qiziqishlari shakllanadi (hayvonlar, kitob, mehnat faoliyatiga qiziqish). O'yin jarayonida bolalar ijtimoiy xulq qoidalarini egallaydilar. Sujetli-rolli o'yin jarayonida bola Dunyo va ijtimoiy tajribani anglaydi. Sujetli-rolli o'yin bolaning o'rganish vositasi sanaladi, xususan uyida bola o'z xususiyatlari imkoniyatini ochib beradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchi bola singari barcha o'yin turlarini sevib o'ynaydi. Sujetli-rolli o'yinlar eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar va sog'lom bolalarda o'xshash xususiyatlarga ega bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sujetli-rolli o'yinda kattalar faoliyati va o'zaro munosabati aks etadi. Bu jarayonda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'ynaydi. Dunyoqarashni, dunyoni idrok etishni nutqiy muloqot chegaralanganligi sababli o'ziga xos bo'lgani uchun ularning sujetli-rolli o'yin faoliyati eshituvchi bolalarning o'yin faoliyatidan farq qiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'yinlari eshituvchi bolalarga nisbatan predmet protsessual darajada to'xtab turadi hamda juda sodda ko'rinishda bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'yinida haddan ortiq detalizatsiya, predmet harakatlarini pedaktimi kuzatiladi. Oila o'yinida «Bolani cho'miltirish»da sovuq suvni iliq suv bilan almashtirishni, «Kir yuvish»da tog'oraga suv olishni esdan chiqaradilar. Ba'zan butun o'yin jarayoni biror harakatni amalga oshirishga qaratiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar butun o'yin jarayonida ma'lum sharoitning ayrim xususiyatlarini ko'rsatadilar. Ijodiy o'yinga kirishmasdan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar kattalar harakatiga taqlid qiladilar. Masalan, «Bog'cha» yoki «Shifoxona» o'yinida bog'cha opa yoki doktorning rolini o'ynovchi bolani bog'cha opasi yoki doktor opasi ismi bilan nomlaydi (bog'cha opa rolini o'g'il bola o'ynasa ham uni Zilola opa deb chaqiradilar). Bunda bola o'zi o'ynayotgan rolining tashqi xususiyatlarini namoyon qilishga harakat qiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'yinida harakatlar stereotipligi tendensiyasini kuzatish mumkin. Bolalar mexanik tarzda bir xii harakatlarni takrorlaydilar. Bitta bola qandaydir harakatni bajarsa, boshqalar aynan shuni takrorlaydi. Boshqa bolaga taqlid qilib, kar bola o'zidan hech qanday harakat qo'shmaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar ham taqlid elementidan xoli bo'lmaydilar. O'yinning xarakterli xususiyatlaridan biri hayotda qo'llaniladigan predmetni boshqa maqsadda qo'llashdir. Masalan, qalam - termometr, kubik - dazmol o'rnida ishlatilishi mumkin. Predmetlarni o'yin jarayonida qo'llashda sog'lom bolalar uning yangi nomini qo'llashadi. Harakatlarni o'yinda almashtirish bolalar nutqining rivojlanishi va shakllanishi bilan bog'liqdir. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutqi rivojlanmasligi sababli o'yin o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar predmetlarni almashtirishda qiyinchiliklarga uchraydilar. Kattalar qalamni qoshiq yoki kubikni dazmol o'rnida qo'llashni aytsalar va bola buni amalga oshirsa, bu uni qalam bilan ovqat yeyishi va kubik bilan dazmol qilishni boshlaydi degani emas. Kar bola ko'p holatlarda kattalar tomonidan aytilgan predmet nomini nomlamaydilar, predmetning xususiyatlarini bevosita idrok etadilar. Dunyoni idrok etishning chegaralanganligi eshituvchi idroki va izchilligi yo'qIigi, nutqiy muloqotning chegaralanganligi sababli kambag'al bo'ladi. Eshituv tasavvurlari yo'qligi ko'ruv idroki bilan to'ldirilmaydi, ko'ruv idroki atrof-olam haqida to'liq bilim bermaydi. Nutqni kech egallash tafakkur va tasavvurning rivojlanishida orqada qolishga sabab bo'ladi. Nutqiy rivojlanishdan orqada qolish tasavvur qilinayotgan o'yin sharoitini idrok etishni sekinlashtiradio Sujetli-rolli o'yin jarayonida umumiy va nutqiy rivojlanish darajasiga ko'ra murakkablashadi. Ular oddiy predmet harakatidan inson o'zaro munosabat va sezgilarini tasvirlashga o'tadilar. Uning faoliyati pedagogik rahbarlikga bog'liq bo'ladi. Maxsus ta'lim jarayonida o'yin faoliyati o'zgaradi, turli mazmunga ega sujetli-rolli o'yinlar yuzaga keladi. Sujetli-rolli o'yinlar maktab yoshida ham saqlanib qoladi. O'quvchilarda turli qoidalarga ega intellektual o'yinlar katta o'ringa ega. Ba'zi o'yin usullari o'quvchilar o'quv faoliyatining asosiy qismi sanaladi.Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'quv faoliyatining asosiy nuqsonlaridan biri - ular o'z oldiga qo'yilgan maqsadni anglay olmaydilar, mustaqil ish lash malakasiga ega bo'lmaydilar. Ta'lim o'quvchilarni mustaqil ta'limga tayyorlaydi. Maktab yoshida kar o'quvchilar xilma-xil faoliyat turiga ega bo'ladilar, ular navbatchilik qiladilar, to'garaklarga qatnashadilar, bog'larda ishlaydilar. Psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha, kar bola yuqori maktab yoshigacha yagona tajriba, bilim va ommaviy malaka shakllanishida katta qiyinchiliklar yuzaga keladi.Hozirgi kunda qator mamlakatlarda istiqomat qiluvchi ko’pgina insonlar eshitishni koxlear implantant yordamida tiklab borishlari tobora keng tarqalib bormoqda.Hozirgi davrda eshitishida turlicha nuqsonlari bo‘lgan bolalar va kattalarning eshitish sezgilarini yaxshilash uchun turli eshitish apparatlaridan foydalanilmoqda. Biroq hamma apparatlar ham foydalanish jarayonida nutqning aynan eshitish sezgilariga ta’sirini yaxshilay oladi, deya olmaymiz. Ayrim eshitish apparatlari turli sensonevral karlikning texnik, fiziologik va patofiziologik sabablari bilan eshita olmaydigan kishilarning eshitishiga qisman, ayrimlariga esa umuman ta’sir qilmaydi. Kar va zaif eshituvchi bolalar ta’lim tarbiyasiga oid nazariy ma’lumotlarning tahlili asosida quyidagi hulosalarni shakllantirdik:kar va zaif eshituvchi bolalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda to‘g‘ri tashxisning ahamiyati kattadir;eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda eshitish qoldig‘idan foydalanishga ustuvorlik berish zarur. Bu jarayonda eshitish sezgisiga ta’sirning turli vositalarini bolaning fiziologik va psixiologik hususiyatlarini inobatga olgan holda tanlash muhimdir;kar va zaif eshituvchi bolalarda so‘lashuv nutqini rivojlantirishning eng optimal yo‘li sifatida nutqning og‘zaki, yozma daktil va imo ishora shaklidan o‘rinli foydalanish talab etiladi;kar va zaif eshituvchi bolalar bilan ishlashda ilk davrdan boshlab, ham eshitish, ham nutq ustida ishlashni parallel olib borish lozim;kar va zaif eshituvchi bolalarning eshitish idroki va nutqini rivojlantirishda ovoz kuchaytirib beruvchi apparatlarning shu jumladan eshitishni tiklashga mo‘ljallanga koxlear implantning imkoniyatlari kattadir.Sanab o‘tilgan kar va zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriluvchi korreksion – pedagogik va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ishlar samaradorligini intensiv ta’minlash vositasi sifatida koxlear implant tan olinmoqda.Oxirgi o‘n besh yillik davr mobaynida surdotexnika va surdopedagogika fanlarining rivojlanishi hamda innovatsion texnologiyalarning amaliyotda qo‘llanilishi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun yangi – ko‘p kanalli koxlear implantatsiya yordamida eshitishni tiklash vositasidan foydalanishga ehtiyojni kuchaytirdi. Koxlear implantatsiya quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: - shovqin sharoitida nutqning tushunarliligi 10-12%ga oshirish; - fazoda tovush manbaining lokalizatsiyasini yaxshilash; - reverberatsiya sharoitida, bir necha so‘zlashuvchilar bilan suhbatlashishda nutqning tushunarliligi orttirish; - turli tovushlarni ajratishga va gapirishga o‘rgatish, lug‘at boyligini oshirish. Koxlear implant tizimi yuqori texnologik qurilma bo‘lib, quloq orqasiga joylashtirilgan ovoz eshitish protsessori va jarrohlik yo‘li bilan teri ostiga joylashtiriladigan implant hamda implantdan ichki quloqqa yo‘naltiriladigan elektrodlar majmuasidan iborat. Implantning ishlash prinsipi shundan iboratki, tovushlar protsessor mikrofoni orqali qabul qilinib, ular raqamlashtiriladi va qayta ishlanadi. Protsessor tomonidan kodlangan ma’lumotlar induktor orqali teri ostidagi implantga yuboriladi. Implant ma’lumotni elektr signallarga aylantiradi va ularni elektrodlarga yuboradi. Har bir elektrod o‘ziga xoschastota diapazoniga mos keladi va elektr impulslarini eshitish nerv tolalariga yetkazib beradi. Eshitish nervi bu ma’lumotni miyaga uzatadi. Miya qabul qilingan signallarni tovush sifatida qabul qiladi. Shunday qilib, odamda eshitish paydo bo‘ladi. Agar ota-onalarimiz e’tiborli bo‘lib, bolaning o‘sishiga va undagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tibor berib o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilishsa bizga ham, o‘zlariga ham katta yordam bergan bo‘lar edilar. Mutaxassislarning fikricha, operatsiya 3 yoshgacha o‘tkazilsa, natijasi ancha yaxshi bo‘ladi. eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar o'quv faoliyati mazmun va maqsadga muvofiqlik aksini oladi. Bu jarayonda bilim asosida nimalarga erishish mumkinligini namuna asosida ko'rsatish yaxshi natija beradi. XULOSA Kar bolalarni har tomonlama tekshirish juda katta ahamiyatga ega . Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy manbalar sharhi va tajriba-sinovdan olingan natijalarning tahlili quyidagi xulosalarga kelishimiz uchun asos bo’ldi: Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi ham bola nutqining me’yorda rivojlanishiga, uning ijtimoiy hayotga uyg’unlashuviga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eshitish kamchiligini erta aniqlash va tashxis qilish, uni qayta tiklash, bunday bolalarga pedagogik yordam ko’rsatish dolzarb masaladir. Eshitishida muammosi bo’lgan bolalar taqdirini hal qilishda atrofdagilar yakdilligi zarur. Maxsus ta’lim muassasasi o’quvchilarilarining yakka va yalpi tartibda qo’llanishga qaratilgan ovoz kuchaytirgich asboblari bilan ta’minlanishi chegaralanganligi sababli eshitish qobiliyatining pasayishi engilroq bo’lgan bolalar ham nutqdan kundalik muloqotda kam foydalan-moqdalar. Ularning so’zlashuv nutqi faqat mashg’ulotlarda namoyon bo’lmoqda. So’zlarning tovush tizimi va bo’g’in tuzilmasini eslab qolishdagi qiyinchiliklar tufayli mashg’ulot paytida va kundalik turmushda ko’p takrorlanadigan nutqiy material bolalarning faol nutqiga kirmagan. Maxsus maktab-internatlar o’quvchilari nutqiy rivojlanish darajasiga ko’ra turli toifadagi bolalardan tarkib topgan. Zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilar ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish ularning ona tilini egallash qonuniyatlarini, zaif eshituvchilik psixo-lingvistik asoslarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Respublikamizda zaif eshituvchi bolalar bilan maxsus korrekstion-rivojlantiruvchi ishlarni olib boruvchi mutaxassislarning etarli emasligi ta’lim-tarbiya sifatining pastligiga sabab bo’lmoqda. Zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilar ijtimoiy hayotga uyg’unlashuvining asosiy omili sifatida nutq rivojlanish darajasining tanlanishi pedagogik jarayon istiqbolini belgilash imkonini berdi. Nutqni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan tizim maxsus tashkil etilgan muloqot-predmetlirivojlantiruvchi muhit sharoitidagina amalga oshirilishi zarurligini isbotladi. Tadqiqot zaif eshituvchi bolalarning ta’lim-tarbiyasi borasidagi muammolar echimi ushbu jarayon markaziga nutqni rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan turli ish shakllari orqali amalga oshirilishini ko’rsatdi. Korrekstion-kompensator hamda rivojlantiruvchi ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarga differenstial (tabaqalashtirilgan) va individual (yakka tartibda) yondashish zarur. Tajriba-sinov ishlari tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyati, qiziqishi va dunyoqarashini rivojlantirish ustida ish olib borish ular nutqini shakllantirishning muhim omili ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilari nutqini boyitish, uni amaliy egallashlarining imkonini beruvchi yaxlit korrekstion-rivojlantiruvchi jarayon surdopedagoglar tomonidan puxta ishlab chiqilgan rejaga asoslangan (loyihalashtirilgan) holda, maqsadi hamda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari aniq belgilanishi asosida tashkil etilishi lozimligi aniqlandi. Tajriba-sinov natijalari ishlab chiqilgan ish tizimining sermahsul ekanligini isbotladi. Har bir bolaning talafuz malakalarini rivojlanishida o’sish kuzatildi. Keng qamrovli yondashuvga asoslangan yangi ish tizimi zaif eshituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish imkonini berdi. Tavsiya Kar va zaif eshituvchi bolalarga ta‘lim jarayoni va o‘qitish texnologiyalari yaxshi tashkil etilsa , ota -onalar bilan hamkorlikda ish jarayoni olib borilsa samarali yechim bo‘ladi. Kar bolalar bilan inovatsion texnologiyalardan to‘g‘ri tashkillashtirilsa bolada eshitish qobiliyatini qisman yaxshilanib boradi Foydalanilgan adabiyotlar : Sh.M.Mirziyoyev-Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi Sh.M.Mirziyoyev-Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz Sh.Mirziyoyev ,,Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik’’ Toshkent 2016-yil Sh.Mirziyoyev ,,Erkin va farovon demokratik davlatni birgalikda barpo etamiz’’Toshkent 2017-yil Shodiyeva K . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish -Toshkent 2010 Nurkeldiyeva D.A. Chicherina Y.E Ilk maktabgacha va kichik maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Mo‘minova L.R. Nurkeldiyeva D.A. 5 -7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligidan tekshirish asoslari A.B. Petroviskiy ,, Umumiy psixologiya “ Ayupova M.Y. “Logopediya” Darslik T: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007 A.F.Anufriyev, S.N.Kostromina. Bolalar uchun o‘rganishdagi qiyinchiliklarni yengish kerak. Moskva : 2001 V.S.Avanesov. Pedagogik diagnostika ta’rifi, mavzusi va asosiy funksiyalari 2006 X.Akramova. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyasi.2016 Akramova, X. (2020). Zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanish–muvaffaqiyat garovi. Bola va Zamon jurnal. T, (2-2019) Akramova, X. (2020). Коррекционно-педагогические обобенности формирование навыков здорового образа жизни у детей с умственной осталостью в семейных условиях. Архив Научных Публикаций JSPI. Akramova, X. (2020). Aqli zaif oquvchilarda axborot dasturlari vositasida umumiy mehnat konikmalarini shakllantirish metodikasi. Архив Научных Публикаций JSPI 5.Bezrukikh M. Maktabda o‘qishdagi qiyinchiliklar: integral yondashuv2007 T.G.Gencharenko. Muvaffaqiyatsiz bolalar. O‘qishdagi qiyinchililarning sabablari2007 Haqberdiyev, J..Maxsus-maktab internetida koxlear implantantli bolalarda nutqiy muloqotni shakillantirish. 2021; Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). Y.Haqberdiyev. The importance of cochlear implant in the educational system of children with hearing disorders 2019 Haqberdiyev, J..Maxsus-maktab internetida koxlear implantantli bolalarda nutqiy muloqotni shakillantirish. 2021; Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). Islomova.O.(2021). Umumta’lim maktab qoshidagi logopediya shaxobchalari ishini takomillashtrish bo’yicha pedagogik tavsiyalar;. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,(2).извлеченоот X.Muzaffarova. Duduqlanish va uni korreksiyalash bo‘yicha olib boriladigan logopedik ishlar 2020 Muzaffarova, X. Didaktik o’yin texnalogiyalari-pedagogik fenomen sifatida 2020;. Архив Научных Публикаций JSPI N.P.Slobodyanik. O‘qish qobiliyati cheklangan maktab o‘quvchilariga psixologik yordam. M., Iris-Press, 2009 Temurova, G.O’yin eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning nutqiy qoiliyatlarini faollashtirish omili sifatida 2020;. Архив Научных Публикаций JSPI Тангирова.Д & Музаффарова.Х. (2014). Нарушения фонетических норм, встречающиеся в речи учащихся, и пути их исправления. Молодой ученый, (20), 738-740. Nurkeldiyeva D.A.,Ayupova Logopediya -T ., 2017. Ahmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar. -T .Yangi asr avlodi Intrnet saytlar: Ziyonet.uz Google.com Kutubxona .uz https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6480 https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2619 https://journal.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/711 Download 184.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling