O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1556249
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi shoira new

Koreya Respublikasi bilan o’zaro hamkorlikning bugungi yuksak bosqichiga ko’p jihatdan oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli erishilmoqda.Koreya Respublikasi O’zbekistonda sanoat va infratuzilmani diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga doir ustuvor dasturlarni amalga oshirishda yetakchi investitsion va texnologik sheriklardan biri hisoblanadi.Ikki davlat o’rtasida ilmiy-texnik,tibbiyot va ta’lim,madaniy gumanitar sohalarda o’zaro munosabatlar kengaymoqda.O’zbekistonda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo’shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish,eng avvalo,erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida mineral va homashyo resurslarini chuquqr qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni rag’batlantirishni qo’llab-quvvatlaydi.
Zamonaviy texnologiyalarni keng qo’llash asosida shaharlarni boshqarish,transport rizimi va uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha samarali tizimni tashkil etishda Janubiy Koreyaning ilg’or tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.Shaharsozlik,arxitektura va landshaft dizaynni sohalarida o’zaro faol hamkorlik qilish muhimdir.
Bevosita Janubiy Koreya investitsiyalari va ilg’or texnologiyalarini,imtiyozli kreditlarini faol jalb qilish hamda sanoat,energetika,infratuzilma,avtomobilsozlik,fan va innovatsiyalar,sog’liqni saqlash va turizmni rivojlantirish sohalarida yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy-texnik yordam ko’rsatilishi O’zbekiston manfaatlariga javob beradi.Koreya Respublikasi bilan qilgan TSA miqdori 2021-yil 1889.5 mln AQSH($) dollarini tashkil etmoqda.Xususan,shuning 51.8 mln AQSH dollaei eksport hissasiga,qolgan 1837.7 mln AQSH dollari import hajmiga to’gri keladi.
Yaponiya mamlakatning muhim strategik sheriklaridan biri hisoblanadi.O’zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo’yicha hamkorlikda ko’p ishlar qilindi.Yaponiya hukumati O’zbekistondagi islohotlar va iqtisodiy modernizatsiyani qo’llab-quvvatlab kelmoqda va shuningdek,yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’maklashmoqda.
O’zbekistonning Yaponiya bilan ikki tomonlama ko’p qirrali sheriklikni sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish borasidagi intilishi qatiydir.
O’zaro savdo hajmini yanada oshirish,investitsiyaviy,texnologik,moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari mamlakat uchun ustuvor hisoblanadi.
Energetika,mashinasozlik,tog’-kon,kimyo sanoati,qishloq xo’jaligi,to’qimachilik,turizm va boshqa ustuvor yo’nalishlarda,avvalo,Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklarining to’g’ridan to’g’ri investitsiyalari va ilg’or texnologiyalarini jalb qilgan holda,istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhimdir.
Bundan tashqari,hududlararo aloqalarni,tartibli mehnat migratsiyasi,ta’lim,sog’liqni saqlash,madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.O’zbekiston Yaponiya bilan mustaqillik yillaridan boshlab faol tashqi iqtisodiy aloqalar olib bormoqda

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling