O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universiteti mustaqil ishi Mavzu: Narx tushunchasi va uning mohiyati Iqtisodiyot va turizim fakulteti


Narxning mazmuni va uning vazifalari


Download 1.19 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1565260
1   2   3
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Narx tushunchasi va uning mohiyati

2. Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va nafliligi ularning narxida o'z aksini topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmat-larning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narxga ta'sir qiluvchi omillar
Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy sarflari (qiymat)
Turli hil soliqlar
Talab va taklif nisbatlari
Tovar yoki xizmatning nafliligi
Davlatning iqtisodiy siyosati
Raqobat kurashlari
Pulning qadr-qimmati
3. Narx turlari va ularning mazmuni
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug'diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi.
Narx turlari
    • Ulgurji narx
    • Shartnoma narx
    • Chakana narx
    • Chegaralangan narx
    • Dotatsiyalangan narx
    • Demping narx
    • Nufuzli narx
    • Erkin bozor narxi

4. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishining maqsadi va asosiy usullari
Narxni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad:
1) takror ishlab chiqarishning zaruriy mutanosibligiga erishlsh;
2) inflatsiya sur'atini pasaytirish;
3) narx o'sishi va ish haqlari o'rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash;
4) davlat korxonalarini subsidiyalash;
5) davlat budjetiga zarur resurslarni jalb etish.
Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta'sir etadi. Narxni tartibga solishning to'g'ri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo'linishi quyidagicha: narxni to'g’ridan to'g'ri tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli:
1) narxni ma'muriy o'rnatilish;
2) narxni muzlatilishi;
3) narxni yuqori darajasini o'matish;
4) samaradorlik darajasini reglamentlash;
5) davlat xarajatlarini tartibga solish;
6) amortizatsiya me'yorini o'rnatish .

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling