Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat pedagogika instituti farmoyish


Download 59 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi59 Kb.
#1568931
Bog'liq
Фармойиш-ЯН 2020-2021 1234



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FARMOYISH

Guliston sh.


Talabalarning yakuniy nazorat
sinovlarini adolatli o‘tishini
ta’minlash to‘g‘risida

1. Tasdiqlangan ishchi o‘quv rejaga muvofiq 2022-2023 o‘quv yili bahorgi semestrida fanlar kesimida yakuniy nazorat sinovlarini fakultetlar bo‘yicha jadval asosida adolatli o‘tishini ta’minlash, talabalar bilimini odilona, oshkoralik ruhida baholanishiga erishish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish jarayonining tizimli nazoratini ta’minlash maqsadida quyidagi tarkibda nazoratchilar ro‘yhati(1-ilova) tasdiqlansin:


1. Yo.Faxriddinov –O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
2. S.Bazarov – O‘quv-uslubiy bo‘lim metodisti
3. D.G‘ofurov – O‘quv-uslubiy bo‘lim metodisti
4. N.Sariboyev – O‘quv-uslubiy boshqarma inspektori
5.A.Alibekova – O‘quv-uslubiy boshqarma inspektori
6.T.Muhammadiyev - Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim bosh mutaxassisi
2. Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va nazoratchilarga:
-yakuniy nazorat sinovlarini institut bo‘yicha o‘tkazuvchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
-yakuniy nazorat sinovlariga kirishdan avval o‘quv soatlari to‘liq o‘tilganligi, guruh jurnaliga qayd etilishi hamda JN, ON ballarining hemis dasturiga kiritilganligi nazorat qilish, fan o‘qituvchilarining amaldagi nizom talablarini to‘liq bajarilishini ta’minlash, YaN sinovlariga guruh talabalari va fan o‘qituvchilarining kelishlarini ta’minlash;
-yakuniy nazorat sinovlariga barcha talabalarning reyting daftarchasi bilan kelishini va kiritilishini dekan o‘rinbosarlari tomonidan tashkil qilish;
-YaN jarayonlariga talabalarning telefon va boshqa xalaqit qiluvchi vositalarni olib kirmasliklari hamda tartib intizomni saqlashlari vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish o’quv ishlari bo’yicha prorektor zimmasiga yuklatilsin.
Rektor A.Qalandarov
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling