O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
Download 231.08 Kb.
|
Dars o\'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
Mavzuning taqvimiy rejasi - birinchi navbatda dars tizimi va darsdan tashqari mashg’ulotlarda asosiy funktsiyalar (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni amalga oshirishga optimal yo’lni tanlashga xizmat qiladi.
Darsning taqvimiy rejasi - mavzuning taqvimiy rejasidan farq qiladi va unda har bir darsning o’quv va o’quv materiali mazmuni aniq ifodalanadi, o’quv materialini ma’lum bir vaqt oralig’ida o’rganish tartibi, usullari ko’rsatiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari bilan qurollangan, texnologik jarayonlar harakatining umumiy tamoyillarini tushunadigan yangi tipdagi mutaxassislarni shakllantirish faqatgina o’quv predmetlarining fanlararo va mavzulararo aloqadorligidan foydalangan taqdirdagina amalga oshadi. Darsning taqvimiy rejasida - dars rejasi har bir mavzu bo’yicha darslar tizimi qat’iy mantiqiy ketma-ketlikda beriladi. Bunday reja o’qituvchiga oldindan zaruriy o’qitish vositalarini tanlash, predmetlarning o’zaro aloqadorligini hisobga olish va ularni amalga oshirish, o’quv materialini bayon etishning turli metodlari va vositalarini o’zgartirib turish imkonini yaratadi. Darslarni taqvimiy rejalashtirish darsni samarali tayyorlash va o’tkazishda imkon beradigan barcha narsalarni oldindan nazarga olish imkoniyati va zarurligini ta’minlashi lozim. O’qituvchida material to’plash, dars o’tkazishning muvaffaqiyatli usullarini qayd qilib qo’yish, o’z ishining natijalarini tahlil qilish, ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish va o’quv jarayoniga tadbiq etish, o’z faoliyatini takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi. Darsning taqvimiy rejasi uzoq foydalanadigan hujjat hisoblanadi, shuning uchun muntazam ravishda takomillashib borishi kerak. II Bob. Darsga qo’yiladigan talablar Darsga qo’yiladigan talablar Hozirgi zamon didaktikasi har bir darsga qator talablarni quyadi. Ular qanday talablar? Darsga qo’yiladigan didaktik talablar: Ayrim olingan biron-bir dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak; Dars o’qitish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar alohida aniqlanishi lozim; Shu bilan birga, mazkur dars davomida bilim, malaka va ko’nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi maqsadga muvofiqdir; Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo’lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir; Darsda beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan- murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Download 231.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling