O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
Download 231.08 Kb.
|
Dars o\'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining metadologik asosi: Metodik tavsiyalar
- Kurs ishi tuzilishi
Kurs ishining obyekti: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida tushunchalarni o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Pedagogik fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan metod va texnologiyalar. Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. Pedagogik metodlar va texnologiyalarni o’rganish. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining amaliy va nazariy ahamiyati: Pedagogik metodlarning amaliy ahamiyatiga oid adabiyotlarni tahlil qilish va amaliyotga tadbiq qilish. Kurs ishi metodlari: Pedagogik tahlil pedagogik uzatish mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish va tahlil etishni o’rganish. Kurs ishining metadologik asosi: Metodik tavsiyalar: 1. Ijtimoiy pedagogik metodlar haqida kelajak avlodga tushuncha berish kerak. 2. Ta'lim tizimini yaxshilash bo'yicha yangi metodlarni ishlab chiqish lozim. 3. Ijtimoiy pedagogik metodlarning maqsad va vazifalarini keng targ'ib qilish darkor. 4. Metod va usul tushunchalari va ularning farqlarini keng ommaga namoyish etish zarur. 5. Ijtimoiy pedagogik metodlar yordamida o'quvchilarni to'g'ri, ifodali o'qishga o'rgatish, sodda badiiy va gazeta jurnal mate"allarini o'qishga o'rgatish lozim. 6. Korreksion tarbiyalash va kamol toptirish muammolariga ularning indevidaul xususiyatlarini, aqliy nuqson buzilishi darajalarini inobatga olgan holda metodik tavsiyalar ishlab chiqish kerak. 7.Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim olish huquqlarini rivojlantirish zarur. 8. Ijtimoiy pedagogik metodlarlarni qo'llashda yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Kurs ishi tuzilishi: kirish, ikki bob, beshta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat bo’lib, jami 33 sahifani tashkil etadi. I Bob. Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. 1.1. Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. Ta'limni tashkil etishning asosiy shakJi maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli o'quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini o'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars — o'yin, dars - konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza — telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo'llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to'garak). Ma'lum nazorat shakllari ham mavjud bo'lib ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari o'qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi — seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o'quv yurtida yoki chet el o'quv yurtida stajirovkada bo'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dasturning asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida — chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir necha mavzular bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi. Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning o'z bilimlarini qo'llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko'nikmalarini tekshirish uchun moijallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi. Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan — dars muso-baqa, maslahat, bir-birini toidirish ma'ruzasi, fanlararo dars, o'yin kabilardan foydalaniladi. Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi. Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi. Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari. Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi. Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha boiishi. Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi. Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish. Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish. Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati. Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo'Ilash. Download 231.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling