O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
Ma’ruza turlari: kirish, axborot, muammoli, vizual aloqa, binar
Download 231.08 Kb.
|
Dars o\'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida
1.3 Ma’ruza turlari: kirish, axborot, muammoli, vizual aloqa, binar.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma'ruza quyidagi turlarga ajratiladi: Kirish ma'ruzasi o'quv fani haqida birinchi yaxlit tasawurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi. Ma'ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O'quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o'rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo'yicha qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko'rsatib beriJadi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o'quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi. Axborot-ma'ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo'lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma'lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo'lgan turdir. Obzorli ma'ruza — bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochib berishdagi bayon etiladigan ma'lumotlarni anglab yetish jarayonida ko'p sonli assotsiativ bogiiqliklarga asoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda, bayon etiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo'limining ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi. Muammoli ma'ruza. Bu ma'ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muammoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o'qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini izlashni tashkil etish yo'li bilan yoki an'anaviy va zamonaviy nuqtayi nazarlarni qo'shish va tahlil qilish yo'li bilan ochib beriladi. Ma'ruza-vizual-aloqa. Ma'ruza materiallarini O'TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko'rsatib yetkazib berishdan iborat boiadi Bituday ma'ruzani o'qish ko'rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo'ladi. Binar ma'ruza — bu ma'ruzani ikki o'qituvchi suhbati shaklida o'qish turi hisoblanadi, ya'ni ikki ilmiy maktab vakillari sifatida yoki olim va amaliyotchi, o'qituvchi va talaba o'rtasida va boshqalar. Oldindan xatolar ko'zda tutilgan ma'ruza — talabalarni berilayotgan ma'lumotlarni doimiy kuzatib borishga rag'batlantirishga mo'ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik, orfografik). Ma'ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Ma'ruza-konferensiya - oldindan qo'yilgan muammo 5-10 minut davom etadigan axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg'ulot sifatida o'tkaziladi. Har bir chiqishi o'qituvchi taklif etgan dastur doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat boiadi. Beriladigan matnlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritib beradi. Ma'ruza yakunida o'qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va chiqishlarini toidirib yoki taklif etilgan ma'lumotlarga aniqlik kiritib yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi. Ma'ruza-konsultatsiya — turlicha ssenariyda o'tkazilishi mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulidc tmalga oshiriladi. Ma'ruzachi butun ma'ruza vaqti davomida bir bo'lim /old bir kurs bo'yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi. Bunday ma'ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o'tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma'ruzachi yangi o'quv ma'lumotlarini bayon etadi, savol qo'yiladi, qo'yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi. Maktabda o'quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko'pligi va turli tumanligiga qaramay ularning har bir turi va ko'rinishi ma'lum didaktik masalalar to'plamini hal etadi va o'z vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o'quv yurtlari o'qituvchilarining ijodi va mahorati haqida xabar beradi, o'z ishlari samaradorligidan mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko'ra o'quv ma'ruzasi uning tuzilish komponentlari haqida ma'lumot berishi lozim. I. O'quv ma'ruzasining tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo'yicha) 1.Ma'ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash. 2.Mavzuning butun kurs tizimidagi o'rni va ahamiyatini aniqlash (konspekt). 3.Mavzu bo'yicha adabiyotlarni tanlab olish (o'qituvchi uchun adabiyotlar, talabalarga tavsiya etiladigan adabiyotlar). II. Ma'ruzani tashkil etish shakllari 1. Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi). Ma'ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini birlashtiruvchi) ma'razaning mazmuni, asosiy g'oyalari. Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma'ruzaning vazifalari: a) vazifaning tarkibi va ketma-ketllik tartibi; b) vazifalarning xususiyatlari: informatsion-analitik, tizimlashtiruvcni, muammoli; d) ko'rsatilgan vazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo'lgan vositalar; e) qo'yilgan masalalarni hal etishda tinglovchilarda o'qituvchi yuzaga keltiradigan emotsional holatlari va munosabatlari. 4. Ma'ruzani tashkil etish shakli: a) fikrni monologik bayon etish; b) evristik suhbat elementlari bilan monolog; v) evristik suhbat; g) audio-video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog; d) dialog-tortishuv (muhokama etilayotgan muammo bo'yicha ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarni ifoda etuvchi ikki o'qituvchining tortishuvi). O’quv faoliyatini tashkil qilish shakllari - bu o’qituvchi va o’quvchining o’zaro bog’langan, maxsus ravishda tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan sharoitda o’tkaziladigan hamkorliktagi faoliyatidir. Didaktikada o’qitishni tashkil qilish shakllari, bu - ma’ruza, seminar, laboratoriya, uy vazifasi, fakultativ dars, qo’shimcha dars, ekskursiya, konferentsiya, diskussiya, suhbat, test, konsultatsiya, amaliyot, olimpiada, fan tugaragi, imtixon, mustaqil ta’lim va hokazolar. O’qitishning bu shakllari birin-biri to’liqtiradi va bog’laydi. Lekin, umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus bilim yurtlarida (maktab, gimnaziya, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida) o’qitishning etakchi shakli bulib d a r s hisoblanadi. Nima uchun? Chunki dars pedagogika va psixologiya fanlarining barcha talablariga eng to’g’ri xolda javob beradi. Jumladan, darsga bir yosh davriga mansubgina o’quvchilar guruhi qatnashadilar, uning tarkibi esa doimiy barqaror bo’ladi, mashg’ulotlar esa tasdiqlangan qat’iy jadval buyicha hamda u barcha o’quvchilar uchun yagona xisoblanadigan o’qitish dasturi buyicha olib boriladi. Dars mobaynida o’quv materiallar reja buyicha izchil ravishda o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi, aqliy va jismoniy faoliyatning turlari aralashtirilib o’tkaziladi, o’quvchilar o’quv faoliyatini birgalikta bajaradi. Eng asosiysi, dars o’qitishning boshqa shakllariga nisbatan barcha o’quvchilar uchun shartli xisoblanadi, u bilimlarni, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni sistematik ravishda bo’lishini ta’miynlaydi. Shunday qilib, dars - hozirgi zamon o’quv - tarbiya jarayonida ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkazilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun javob berish kerak. Dars - yaxlit tizim, uning tuzilish jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar, mazmun, shakl, uslub va vazifalari yuzaga chiqadi. Yaxlit tizimni tuzish uchun o’qituvchi darsni rejalashtirish, unga yaxshi tayyorgarlik ko’rish kerak. Rejalashtirish ikki xil bo’ladi: mavzuning taqvimiy rejasi; darsning taqvimiy rejasi. Download 231.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling