Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Download 356.08 Kb.
bet9/14
Sana19.06.2023
Hajmi356.08 Kb.
#1599884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
‘’Qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish uchin mikrolizingdan

2-rasm. Banklarda faoliyat ko‘rsatkichi dinamikasi


2.3-jadval
Banklarda ROA ko‘rsatkichi dinamikasi5




Yillar

2014

2015

2016

2018

2020

Banklar

1

Mikrokridit

1,49

1,52

0,28

0,28

2.45

2

Aloqa

2,36

2,02

2,28

2,10

2,52

3

Hamkor

3,65

2,74

3,03

2,67

2,43

4

OFB

2,19

5,91

5,30

3,77

6,54

Dastlab biz davlat banki sifatida 198 ta filiali shuningdek, 26 ta mini-bank, 1250 ta jamg‘arma, maxsus, kommunal va ko‘chma (sayyor) kassalariga ega bo‘lgan Xalq bankining aktivlar qaytimini ko‘rib chiqamiz. Xalq banki faoliyatini tahlil qilish davomida shu narsa kelib chiqadiki, joriy vaqtga nisbatan 2014-2015 yillarda bank ancha samarali faoliyat yuritgan. Chunki ushbu yillar oralig‘ida banking ROA ko‘rsatkichi mos ravishda 1.49 va 1.52 koeffitsentni tashkil qilgan. 2016- yil va 2018 yillarga kelib bu ko‘rsatkich bir xil ya’ni 0.28 ni tashkil qilgan. Ushbu bankda ROA ning pasayib ketishiga uning sof foydasining keskin tushib ketishi sabab bo‘lgan. 2014-2015 yillarda mos ravishda 40434570 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich deyarli 80 foizga kamayib ketgan. Ya’ni 2016 yilda 9 845 217ming so‘mni tashkil qilgan. 2020 yilga kelib ham bor yo‘g‘i 20 foizga ko‘tarilib 11 846 599 ming so‘mni tashkil qilgan.


Mulkchilik shaklining ikkinchi guruhi bu aksiyadorlik tijorat banklari bo‘lib, biz ushbu guruhdan bugungi kunda kuchli xodimlar tarkibiga ega va rivojlanishning o‘ziga xos yo‘nalishidan borayotgan AT “Aloqabank”ni tahlil qilishga harakat qildik. Bank ROA ko‘rsatkichi bo‘yicha 2014 yilda 2.32, 2015 yilda 2.02, 2016 yilda 2.28, 2018 yilda 2.10 va 2020 yilda mos ravishda 2.52 koeffitsentga erishgan. Ko‘rinib turibdiki bank o‘z faoliyatini bir maromda olib bormoqda.
Uchinchi guruhimiz bu chet el kapitali ishtirokidagi banklar bo‘lib, biz ushbu guruhdan Hamkorbank faoliyatini tahlil qildik. Hamkorbank ham ROA ko‘rsatkichini ham deyarli bir maromda ushlab turgan. Buning asosiy sababi sof foyda va aktivlar o‘sishining nisbatining bir biriga yaqinligidi. Ya’ni deyarli yaqin interval oralig‘ida o‘zgargan.
To‘rtinchi guruh ya’ni xususiy banklar yo‘nalishi bo‘yicha Orient Finans Bank(OFB) ni tahlil qilib chiqdik. OFB 2015 yilda o‘z aktivlari qaytimi 2.19 ni tashkil qilgan bo‘lsa 2015 yilga kelib bu keskin oshadi. Ya’ni 5.91 koeffitsentga yetadi. Buning asosiy sababi 2016 yilda sof foydasi 29 359 223 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu esa o‘tgan 2015 yilga nisbatan deyarli to‘rt barobarga ko‘proq bo‘lgan. Aynan shuning hisobiga ham ROA ushbu yilda keskin ko‘tarilib ketgan. 2016 yilda ham 5.30 koeffitsent qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilga kelib pastlaydi. Ya’ni 3.77 koeffitsentga tushib ketadi. Buning asosiy sababini biz aktivlar oshish nisbatining sof foyda oshishiga nisbatan keskin ko‘p bo‘lishi bilan bog‘lashimiz mumkin. 2020 yilda sof foydaning deyarli uch barobarga oshishi natijasida ROA 6.5 koeffitsentini qayd etgan.
Banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari daromadlar va xarajatlarni o‘zida ifoda etgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot orqali aniqlanadi va shuningdek natijalar tushuntiriladi. Bank moliyaviy holatini aks ettiruvchi hisobot ham aynan mos davrlar uchun taqdim etib boriladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi.
Biz ushbu tahlillar orqali respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan banklar orasida samarali faoliyat ko‘rsatayotganliklarini yuqoridan pastga joylaytirsak quyidagicha jadvalga ega bo‘lamiz (2.4-jadval). Xususiy banklar guruhiga kirgan OFB 5 yillik o‘rtacha ROA ko‘rsatkichi 4.74 koeffitsentni tashkil etib, mulkchilik shakllari bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan. Keyingi nabatda esa chet el kapitali ishtirokidagi Hamkorbank 2.90 koeffitsentiga ega bo‘lib ikkinchi o‘rinni band qilgan. Uchinchi o‘rinda esa aksiyadorlik tijorat banklari guruhidan bo‘lgan Aloqabank besh yillik uchun o‘rtacha 2.26 koeffitsentga ega bo‘lgan. Mulkchilik shakllari orasida eng yirik aktivlarga ega bo‘lgan davlat banki eng past ko‘rsatkichni qayd etib turibdi.
2021 yil III chorak uchun O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi O‘tgan chorakdagi reyting yetakchilari o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi va “Kapital bank”, “Hamkor bank” va “Trast bank” eng faol banklar uchligini boshqarishda davom etmoqda. “Mikrokreditbank” va “Turon bank” tez o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi, “Xalq banki” va “Asaka bank” kabi ayrim banklarning reytingdagi pozitsiyalari biroz yomonlashdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan O‘zbekistondagi 31 tijorat banklari uchun “Banklar faollik indeksi” ishlab chiqilgan. Markaz mazkur indeksga asosan har chorakda banklar reytingini yangilab bormoqda.
Ushbu tadqiqot bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushining o‘zgarishini monitoring qilib borish, shuningdek mamlakatimiz bank tizimida islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasiga asosan, Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Aloqa bank, Qishloq qurilish bank va Turon bankdagi davlat ulushini bosqichma-bosqich xususiylashtirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda, banklar faoliyatini transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda davlat aksiyalar paketini sotish ko‘zda tutilgan. Yirik davlat banklari xususiylashtirilgandan so‘ng, moliyaviy xizmatlar bozorida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi, natijada yangi xizmatlar va raqobatning yanada kuchayishi kutilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Mikrokreditbank va Mikrokreditbankning ustav kapitalida davlat ulushi saqlab qolinadi. Yirik banklar faollik reytingi
17 ta yirik banklar orasida Kapital bank hamon yetakchi bo‘lib, o‘z o‘rnini 2020 yil 2-chorakdan beri saqlab turibdi. Xususan, bankning muddatli depozitlari hajmi o‘tgan chorakga nisbatan 27,1%ga oshdi va 5,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Muddatli depozitlarning kreditlarning umumiy miqdoriga nisbati 90%ga yetdi (bank tizimi – 24%). Boshqa banklar va moliya tashkilotlaridan olingan depozitlar va kreditlarining umumiy majburiyatlaridagi ulushi 4,2%ni, Moliya vazirligidan olingan mablag‘larning ulushi esa 5,5%ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar Kapital bank aholi va biznes vakillari bilan faol ish olib borayotganidan dalolat bermoqda.



Download 356.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling