Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-jadval Parkent tumanida intensiv grek yong‘og‘i plantatsiyasida mahsulot yetishtirish iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari


Download 356.08 Kb.
bet6/14
Sana19.06.2023
Hajmi356.08 Kb.
#1599884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
‘’Qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish uchin mikrolizingdan

1.3-jadval
Parkent tumanida intensiv grek yong‘og‘i plantatsiyasida mahsulot yetishtirish iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari



Ko‘rsatkichlar

Yillar

2017 y.
(1-yil)

2018 y. (2-yil)

2019 y.
(3-yil)

2020 y. (4-yil)

2021 y. (5-yil)

2022 y.
(6-yil)

1.

Hisobot davri boshiga ko‘chatlar soni, dona

238

238

238

238

238

238

2.

Yil davomida yo‘qotish (qurib qolish va boshqalar), %

10

5

3

0

0

0

3.

Nobud bo‘lgan ko‘chatlar soni

24

12

7

0

0

0

4.

Jami hosil olinadigan ko‘chatlar soni, don

214

226

231

238

238

238

5.

Bir tup yong‘oq ko‘chatini xarid qilish bahosi, ming so‘m

40000

40000

40000

40000

40000

40000

6.

Bir gektar maydonga ekilgan ko‘chatlar qiymati, ming so‘m

9520,0

952,0

476,0

285,6

x

x

7.

Tomchilatib sug‘orish uskunasi xarid qilish xarajati, m.so‘m

35000,0

500,0

500,0

500,0

500,0

500,0

8.

Bir gektar maydonga kimyoviy preparat va o‘g‘it sarfi, m.so‘m

5710,0

8845,0

9950,0

11050,0

12325,0

13458,0

9.

Bir gektar maydonga ko‘chat ekish xarajatlari, ming so‘m

5760,0

1428,0

714,0

428,4

x

x

10.

O‘rtacha bitta daraxtdan olinadigan hosil, kg

x

x

x

3

14

20

11.

Bir gektar yong‘oqning hosildorligi o‘rtacha, kg

x

x

x

714

3332

4760

12.

Bir kg yong‘oqni bahosi, so‘m

x

x

x

17000

21000

25000

13.

Bir tup yong‘oqdan olingan hosilning bahosi, ming so‘m

x

x

x

51,0

294,0

500,0

14.

Bir gektar yong‘oqzordan olingan hosil qiymati, m.so‘m

x

x

x

12138,0

69972,0

119000,0

15.

Bir gektar maydonga qilingan jami xarajat, ming so‘m

55990,0

11725,0

11640,0

12264,0

12825,0

13958,0

16.

Bir ga yong‘oqzordan olingan foyda (+), zarar (-), ming so‘m

-55990,0

-11725,0

-11640,0

-12,6

57147,0

109491,0

17.

Ishlab chiqarish rentabelligi, %

x

x

x

x

446

784

18.

Yong‘oq yetishtirishga kiritilgan investitsiya qaytimi

-55990,0

-67715,0

-79355,0

-68443,0

-11296,0

98195,0

Yong‘oqzorlarni parvarishlash agrotexnikasiga to‘liq rioya etgan vaziyatda respublikamiz sharoitida beshinchi yilga borib hosildorlik 3,0 s/ga atrofida va oltinchi yilda 4,7 s/ga atrofidagi ko‘rsatkichga chiqib, palantatsiyalarni tashkil qilishga sarf qilingan xarajatlarni qoplash davri boshlanadi. Shu yildan boshlab mahsulot yetishtirish rentabelligi darajasi 446 foizni tashkil qilishi, grek yong‘og‘i yetishtirishning o‘ta yuqori darajadagi foydaliligini ko‘rsatadi.


Yuqoridagi fikrlar va tahlillar natijalariga tayanadigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
– hozirda respublikada grek yong‘og‘i asosan, aholi tomorqalarida va onda-sonda ekilgan yovvoyi grek yong‘og‘i yoki tizimsiz ekilgan navsiz yong‘oqlar hisobiga yetishtirilishi boisdan grek yong‘og‘ining sifatini jahon bozori talablari doirasida ta’minlashga imkon bermaydi;
– O‘zbekistonda qandolatchilik sohasi rivojlanishi va oilalarda turli pishiriqlar tayyorlash urf bo‘layotgani, turli to‘y hashamlar va marosimlarda yong‘oq iste’moli ortib borishi ichki bozorning rivojlanib borayotganidan dalolat beradi hamda bozor talabining barqarorligini ta’minlaydi;
– O‘zbekistonda grek yong‘og‘i eksporti hajmi ortishi asosida dehqon xo‘jaliklarida yong‘oq yetishtirishga qiziqish ortishi bilan birga, yong‘oq yetishtirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi, grek yong‘og‘i platatsiyalarining kengayib borishini rag‘batlantirmoqda;
– grek yong‘og‘i yetishtirish hajmining ortib borishida asosiy yong‘oq yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi aholining yong‘oq yetishtirish borasidagi bilimlarga ega emasligi, ayiqsa, yong‘oq kasalligi va hasharotlari bo‘yicha bilimlari yetishmasligi, qarshi kurash choralari va vositalariga ega bo‘lish imkoniyatlari pastligi asosiy muammolardan hisoblanadi;
– sifatli grek yong‘og‘i yetishtirish, uni tayyorlash, qayta ishlash va savdoga taklif qilish bo‘yicha infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish zarurati ortmoqda va bunda birinchi navbatda ishlab chiqaruvchilarga ilmiy maslahatlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish bilan birga, sifatli mahsulot beruvchi navdor yong‘oqlar ko‘chatchiligini yo‘lga qo‘yish zarurati ortmoqda;
– hududlar tabiiy iqlim sharoitlariga mos, jahon bozori talablari doirasidagi mahsulotlarni berish imkoniga ega bo‘lgan yuqori hosildor grek yong‘og‘i navlarini yaratish yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi;
2.BOB.QISHLOQ XOJALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA MIKROMOLIYALASH XIZMATLARINI TASHKIL ETISH AMALIYOTINING TAHLILI


2.1. Bank muassasalari tomonidan mikromoliyalash xizmatlarini tashkil etish amaliyotining tahlili

“Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda oʼzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʼlari bilan investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, oʼtgan vaqt moboynida bankka jalb qilingan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalarining mablagʼlarini oʼzlashtirish hamda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISА) “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasining 27,1 mln. АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlarni jalb qilingan.


Bugungi kunga qadar ushbu mablagʼlar hisobidan 21,3 mln. АQSh dollari miqdoridagi 18 ta loyihalar moliyalashtirilishi natijasida umumiy maydoni 58 gektar boʼlgan issiqxona kompeksi, 1000 tonnalik meva sabzavotlarni saqlash omborxonasi hamda 300 gektar maydonda intensiv bogʼ tashkil etildi. Ushbu loyihalar toʼliq ishga tushirilishi bilan 500 dan ortiq ishchi oʼrinlari tashkil etiladi. “Mikrokreditbank” АTB tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JISА)ning qolgan mablagʼlari hisobidan hududlardagi meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʼyicha istiqbolli loyihalari moliyalashtirilmoqda.
Jumladan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISА) “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasi orqali Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi
“Ecoline Lider Plast” MChJ QKga ajratilgan 773 413 АQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʼi hisobiga 1,5 ga maydonga zamonaviy issiqxona va koʼchatxona tashkil etilmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida korxona issiqxonada pomidor, bodring, bulgʼor qalampiri kabi mahsulotlar yetishrish bilan birga, hududdagi boshqa issiqxona xoʼjaliklariga sifatli koʼchatlar yetkazib berilishi loyihaning afzalliklari va xorijdan jalb qilingan kredit liniyalaridan samarali foydalanish deb hisoblash mumkin.
“Mikrokreditbank” iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish boʼyicha ham bir qator amaliy ishlarni olib bormoqda. Shuningdek, bank texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) “Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasining 28,0 mln. АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlar jalb qilingan. Shundan, bugungi kunda, OTB mablagʼlari hisobidan respublika doirasida chorvachilik sohasi uchun jami 74 nafar mijozga 203,3 mlrd. soʼm ajratilgan.
Xususan, 50 ta chorvachilik loyihasiga 163,5 mlrd. soʼm, 7 ta parrandachilik loyihasiga 24,1 mlrd. soʼm, 12 ta quyonchilik loyihasiga 12,7 mlrd. soʼm, 5 ta baliqchilik loyihasiga 3,0 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratilgan.
Qolgan mablagʼlar hisobidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi 4512-sonli qaroriga asosan Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududidagi loyihalar moliyalashtirilmoqda.
Moliyalashtirilgan loyihalar natijasida 665 dan ortiq yangi ish oʼrinlari tashkil qilingan. Jumladan, Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) “Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasi orqali Аndijon viloyati Ulugʼnor tumanidagi “Shiddat Milk” MChJga ajratilgan 10,0 mlrd. soʼm miqdoridagi kredit mablagʼi hisobiga Germaniyadan 421 bosh Golshtin zotli naslli chorva mollar olib kelib boqilmoqda.
Sut va goʼsht mahsulotlari yetishtirish bilan birga chetdan naslli mollar olib kelib koʼpaytirish, yaʼni respublikamizda naslli chorva mollari tuyoq sonini koʼpayishi loyihaning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi. Yuqorida taʼkidlab oʼtilgan loyihalar hamda ular asosida amalga oshirilayotgan ishlar xorijdan jalb qilingan kredit liniyasidan samarali foydalanish yoʼlida izchil tarzda davom ettirib kelinmoqda.
Shuningdek, yaqinda bank hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi oʼrtasida istiqboldagi masalalarga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Ushbu uchrashuvda, “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (Faza II)” loyihasi istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu yangi loyiha doirasida quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirish rejalashtirildi:

Download 356.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling