Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat agrar universiteti
Download 356.08 Kb.
|
‘’Qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish uchin mikrolizingdan
2.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Bank tizimi daromadlik ko‘rsatkichlari4
Biz endi bank tizimining umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqib tahlilini olib boramiz. Yuqoridagi 2.2-jadvalga asosan mamlakat bank tizimining ROA ko‘rsatkichi 2020 yilda 2.2 koeffitsenti 2021 yilda esa 2.6 koeffitsentni tashkil qilgan. Ya’ni umumiy ko‘rsatkich oshganini ko‘rishimiz mumkin. Kapital qaytimi bo‘yicha 2020 yilda 16.7 foizni 2021 yilda esa 12.5 foizni tashkil qilgan. Umumiy ko‘rsatkichlarning har ikkalasida ham pasayishni kuzatishimiz mumkin. Ammo biz bank tizimida 28 ta bank borligi va ularning mulkchilik shakllari har xil bo‘lganligi sababli ularning barchasida pasayish kuzatilgan degan qisqa xulosani berolmaymiz. Shuning uchun biz endi bank tizimida mavjud mulkchilik shakllari bo‘yicha to‘rtta bankni samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi ba’zi omillarni tahlilini ko‘rib tegishli xulosa va tavsiyalar berishga harakat qilamiz. O‘zbekistonda davlat ulushi mavjud bo‘lgan banklar soni 11 tani tashkil qiladi. Ular quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki, “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki, “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki, “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki. Davlat ulushi qatnashmagan banklar soni esa 17 tani tashkil qiladi. Buning ma’nosi shuki, davlat bank tizimida asosiy rol o‘ynay oladi chunki u deyarli 80 aktivlarga egalik qilib 11 eng katta banklar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda mamlakatimizda mulkchilik shakllari bo‘yicha banklar to‘rtta guruhga bo‘linadi: Davlat banklari Aksiyadorlik tijorat banklari Xususiy banklar Chet el kapitali ishtirokidagi banklar Biz yuqorida umumrespublika miqyosida bankning umumiy ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tdik. Endi esa ushbu to‘rtta yo‘nalishda banklarning samaradorlik ko‘rsatkichlari holatini va unga bevosita hamda bilvosita ta’sir qiluvchi ba’zi omillarni tahlil qilamiz. 2.3-jadvaldagi ma’lumotlar orqali umum bank tizimining ROA va ROE ko‘rsatkichlarini pasayishini ko‘rdik. Lekin ta’kidlaganimizdek, bu barcha banklarda pasayish degan xulosani bermaydi. Aynan mana shuning uchun ham alohida mulkchilik shakllari bo‘yicha tahllilarni olib boramiz. Download 356.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling