Bank tizimi faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida
MALUMOT3
(mlrd.so’m)
Kichik fermer xoʼjaliklari va dehqon xoʼjaliklariga moliyaviy hizmatlarni koʼrsatishni taʼminlash.Biz yuqorida tijorat banklarining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularga ta’sir qiluvchi omillar hamda chet el bank tizimida samaradorlik tahlilining nazariy asoslarini ko‘rib chiqdik. Biz ushbu bobda asosiy urg‘uni yuqoridagi ko‘rsatkichlarni bir bank kesimida emas balki ularning mulkchilik shaklarini barcha turlarida tahlil qilib, kerakli xulosalarni shakllantiramiz. Fikrimizcha mamlakatimiz bank tizimini mulkchilik kesimida tahlil qilib chiqish orqali bank tizimini rivojlantirish uchun kerakli ilmiy amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 33 ta tijorat banki mavjud bo‘lib, shulardan 3 tasi davlat banklari, aksiyadorlik tijorat banklari, 9 ta xususiy banklar va 6 ta chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar sifatida aktivlar, kreditlar, depozitlar va majburiyatlar, kapital va zaxiralar, aktivlar sifati, bank sektorining samaradorligi va likvidliligi qo‘llaniladi. Markaziy bankning bergan ma’lumotlariga ko‘ra 1 may holatiga banklarning umumiy aktivlari o‘tgan yil nisbatan 13,6% o‘sishni tashkil qilgan (2.1-jadval). 2021 yilda 272 727 mlrd so‘mni 2018 yil may oyida esa 179669,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Ammo bu jarayonda ortiqcha 0.15% o‘sish mavjud bo‘lib biz uni Ziraat bankning mamlakat moliya bozoriga kirib kelishi bilan bog‘lashimiz mumkin. Shu bilan birga mijozlarning depozitlari o‘tgan yilga nisbatan 45.7 foizga o‘sgan. 2021 yil may oyida 91 009 mlrd so‘mni 2022 may oyida esa 94 674 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichdagi o‘sish banklar tomonidan depozitlarni mobilizatsiya qilishning kengayishi bilan izohlashimiz mumkin va bundan tashqari ular yangi filiallariga ochish orqali yangi depozitlar bazasiga ega bo‘lishdi.
Kredit qo‘yilmalari o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga oshgan. 2021 yilda 211 581 mlrd so‘m hajmidagi kredit qo‘yilmalari yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib bu 237 980 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Buning asosiy sababi sifatida esa biz eng avvalo yurtimizda aholini tadbirkorlikka yo‘naltiruvchi kreditlar hisobiga kredit qo‘yilmalari ortganligini nazardan qochirmasligimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |