Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat agrar universiteti
I.BOB. MIKROMOLIYALASH XIZMATLARINING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI, AHAMIYATI VA MIKROMOLIYALASH XIZMATLARINI TASHKIL ETISHNI NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Download 356.08 Kb.
|
‘’Qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish uchin mikrolizingdan
I.BOB. MIKROMOLIYALASH XIZMATLARINING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI, AHAMIYATI VA MIKROMOLIYALASH XIZMATLARINI TASHKIL ETISHNI NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Mikromoliyalash xizmatlarining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash, uning yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash asosiy va ustuvor tadbirlardan bo’lib hisoblanadi. Ushbu tadbirlar albatta, bank tizimi orqali amalga oshiriladi. Bank tizimining moliyaviy barqarorlikka ega ekanligi iqtisodiyotning rivojlanishini poydevori bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz va hukumatimiz o’z vaqtida ko’rgan chora-tadbirlar natijasida banklarimiz moliyaviy barqarorlik darajasi ortib bormoqda. Mikromoliyalash xizmatlarini tashkil etish quyidagi qonun hujjatlari orqali tartibga solinadi. «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining «Garov to’g’risida»gi Qonuni, Mikromoliyalash to’g’risida”gi Qonuni va boshqalardir. “Mikromoliyalash to’g’risida”gi Qonunning maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining ishchanlik faolligini oshirish uchun ularning moliyaviy mablag’lar hamda xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mikromoliyalash mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko’rsatish borasidagi faoliyatidir. “Mikromoliyalash to’g’risida”gi Qonunning maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining ishchanlik faolligini oshirish uchun ularning moliyaviy mablag’lar hamda xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mikromoliyalash mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko’rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyalash xizmatlari quyidagi shakllarda xizmatlar ko’rsatiladi. 1. Mikrokredit 2. Mikroqarz 3. Mikrolizing Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to’lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag’laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag’larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin. Mikroqarz mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo’lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to’lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag’laridir. Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrokreditdan (mikrolizingdan) foydalanish uchun olinadigan foiz miqdori filial va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarida so‘ralgan mikromoliyalashtirish xizmati maqsadi, uning o‘zini qoplash muddati, qarz oluvchini to‘lovga layoqatligi va u taqdim qilgan ta’minot, shuningdek kredit xatari darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Yosh oilalarga beriladigan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorida belgilanadi. Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan mikrokreditlar berishda (shu jumladan yosh oilalarga, kasaba kollejlarni bitiruvchilarga) mikrokreditdan foydalanish uchun olinadigan foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Mikrokredit olish uchun qarz oluvchi filialga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: - mikrokredit olish uchun ariza, bunda maqsadi, muddati, summasi va taqdim qilinadigan ta’minot ko‘rsatiladi; - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘ldirilgan buxgalterlik va moliyaviy hisobotlar, bunda debitor va kreditor qarzdorliklar yoyilmasi, shuningdek muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalar (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun) ilova qilinadi; - o‘tgan yilda olingan daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya va talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘ining aylanmasi to‘g‘risida ma’lumotnoma (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun); - butun kreditlash davri davomida har oyda kutilayotgan istiqbol pul oqimlari, buyurtmalar portfeli tarkibiy tuzilmasi va kreditdan foydalangan holda ishlab chiqilgan tovarlar (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) sotish bozorlari majburiy ko‘rsatilgan biznes-reja; - mikrokredit qaytarilishida ta’minot bilan bog‘liq hujjatlar. Ayrim hollarda, filial loyiha tahlili jarayonida zarur bo‘lganda qarz oluvchidan uning moliyaviy holati, taqdim qilinayotgan ta’minot, hamda ko‘rib chiqilayotgan masalada boshqa qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishi mumkin. Respublikada qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi diversifikatsiyasi bugungi kunda mamlakat aholini oziq-ovqat bilan barqaror taʼminlash va shuningdek, agrar tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga qaratimoqda. Shu oʼrinda, lalmi dehqonchilik hududlarida yerdan foydalanishni ragʼbatlantirish orqali samaradorlikni oshirish, bozorlarga sifatli va raqobatdosh grek yongʼogʼini taklif qilish hajmini koʼpaytirish, sohani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hisobiga intensiv zamonaviy yongʼoq plantatsiyalarini barpo etish koʼzda tutilmoqda. Shuningdek, yongʼoqchilikda ilmiy zamonaviy texnologiyalar va intensiv usullarni keng joriy etish maqsadini koʼzda tutadi. Bunda 2017 yil 1 iyunda qabul qilingan Respublika Prezidentining PQ-3025-sonli “Yongʼoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qaror asosida serhosil yongʼoq plantatsiyalarini yaratish, yongʼoq eksporti hajmini kengaytirish, yongʼoq yetishtiruvchilar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish tadbirlarini amalga oshiruvchi respublikada “Yongʼoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi” tashkil etildi. Uyushma tarkibida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida Yongʼoqchilik ilmiy-tadqiqot markazi, Yongʼoq logistika markazi, «Sag agro MTP» MChJ, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida hududiy «Yongʼoqagro» MChJ faoliyat olib bormoqda. Yuqorida tilga olingan takliflar respublikamizda grek yong‘og‘i yetishtirish sohalarini rivojlantirish, tarmoqqa xususiy investitsiyalarni jalb qilish faolligini oshiriga imkon beradi. Download 356.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling