Fosfoproteinlar. Bular tarkibida H3PO4 qoldig’i uchraydi, u ko’pincha prostetik gruppa sifatida serin, nisbatan kamroq treonin qoldig’i bilan efir bog’ orqali birikkan bo’ladi. Bu bog’lanishni sxema ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:
-NH – CH – CO – [NH – CH – CO]n – NH - CH
CH2 CH – CH3
O O
HO –P=O HO – P=O
OH OH
Bunday oqsillar gidroliz qilinganda ayni kislota qoldig’i serin yoki treonin bilan birikkan holda ajraladi. Fosfoproteinlarning organizmdagi xarakterli xususiyatlaridan biri tarkibidagi fosfat kislota qoldig’ini anorganik fosfat bilan almashtira olishidir. Ular sut, tuxumda kop uchrab, o’sayotgan yosh organizm uchun aminokislotalardan tashqari, fosfat kislota manbai sifatida ham xizmat qiladi. Ularning eng yaxshi o’rganilgan vakillari kazein, ovalbulin, vitelin, vitellinin va fosvitindir.
Glikoproteinlar. Ular prostetik gruppa sifatida uglevod, komponenti tutuvchi murakkab oqsildir. Bu gruppa oqsillar tarkibiga kiradigan uglevodlar ko’p hollarda yuqori molekulyar geteropolisaxaridlar bo’lib, gidrolizga uchratilsa, mannoza, galaktoza, glyukozamin, N-asetilglyukozamin, N-asetilgalaktozamin, glyukouronat kislota, sirka va sulfat kislotalar hosil bo’ladi.
Metalloproteinlar. Bularning prostetik gruppasi metallarning ionlari hisoblanadi. Ko’pincha ular tarkibiga Fe, Cu, Mg va boshqalar uchraydi. Metakkoproteinlarning metall ioni polipeptid zanjirga hech qanday oraliq birikmasiz, bevosita bog’lanadi. Ularning eng xarakterli vakillaridan biri taloq oqsili – ferritindir. U tarkibida zapas holda Fe saqlaydi.
Lipoproteinlar. Bular oqsillarning lipidlar bilan hosil qilgan kompleksidir. Ular hujayralar membranasi asosini tashkil qiladi. Membranalar tarkibiga kirgan lipoproteinlarning eng muhim xususiyati tanlab o’tkazuvchanlidir, ya’ni hujayra yoki hujayra organoidi ichkarisiga faqat zaruriy moddalarni o’tkazadi, shuningdek, ular tashqariga keraksiz moddalarni yoki moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi. Lipoproteinlar qonda, sutda, tuxum sarig’ida va boshqa biologik membranalarda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |