O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


I.BOB.GEOGRAFIK QOBIQ TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI


Download 460.69 Kb.
bet2/11
Sana10.02.2023
Hajmi460.69 Kb.
#1187672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fotima tabiat kurs ishi

I.BOB.GEOGRAFIK QOBIQ TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI
1.1.YER YUZIDA HAYOTNING PAYDO BO`LISHI
Yerda qalin atmosfera va gidrosferaning shakllarnishi va Yer yuzasida barqaror va yuqori haroratni vujudga kelishi bilan hamda ozon qatlamini qalinligini ortishi tufayli yerda hayot paydo bo'la boshladi.
Yerda hayotning paydo bo'lishi muammosi A. I. Oparin, J. Xoldeyn va D. J. Bernal tomonidan o'rganilgan.
Tirik organizmlar juda uzoq davr davomida rivojlanishi tufayli noorganik moddalardan hosil bo'lgan. Eng oddiy organizmlar uncha chuqur bo'lmagan suv havzalarida paydo bo'lgan.
Chunki sayoz suv xavzalarida suv qatlami Quyosh nurlarini o'tkazadi va zaharli nurlarni ushlab qoladi. Sayoz suv havzalari asosan qirg'oq zonalarida joylashadi, qirg'oq zonalari esa gidrosfera, litosfera va atmosferaning tutashgan va o'zaro ta’sirda bo'ladigan hudud hisoblanadi.
Organizmlarni kelib chiqishi hali to'la aniqlanmagan. Olimlaming fikricha organizmlar quyidagi yo'nalishda vujudga kelgan. Atmosfera tarkibida ilk davrlarda metan, ammiak, uglerod oksidi, suv bug'lari, oltingugurt vodorodi bo'lgan. Ultrabinafsha nurlar va elektr zaryadlari ta’sirida organik birikmalar vujudga kelgan bo'lishi mumkin.
Mazkur birikmalar biri-biriga qo'shilib yanada murakkabroq birikmalarni hosil qilgan. Birikmalarning ayrim qismlari (koatservat tomchilar) tashqi muhitdan ajrala boshladi va atrof muhitdan moddalami o‘zlashtira boshlaydi va qayta ko'paya boshlaydi. Bunday tizimlami tirik organizmlar deb atash mumkin. Bu esa biologik rivojlanishning boshlanishi edi. Ilk organizmlar organik moddalar bilan oziqlangan va geterotroflar bo‘lgan. Keyinchalik noorganik moddalardan organik moddalami hosil qiladigan avtotrof organizmlar vujudga kelgan. Bunday organizmlar Quyosh issiqligi hisobiga fotosintez jarayoni orqali noorganik moddalardan organik moddalar ishlab chiqara boshlashdi.
Bu esa organik dunyoni va geografik qobiqni rivojlanishida inqilobni yasadi, chunki tirik organizmlar juda kuchli tabiiy-geografik omilga aylandi. Geografik qobiqda erkin kislorodni hosil bo'lishi bilan Yer yuzasida hayvonot olami vujudga keldi. Qadimgi organizmlarning qoldiqlari Janubiy Afrikada qora rangli slaneslar tarkibidan topilgan, ularning yoshi 3 mlrd. yildan ortiqroq bo‘lgan. Ular asosan bakteriyasimon hosilalardan iborat bo'lgan. Keyinchalik 2,7 mlrd. yil avval suv o‘tli ohaktoshlar shakllangan, 1,2 mlrd. yil oldin esa ko‘p hujayrali suv o'tlari vujudga kelgan, so‘ngra qizil va yashil suv o‘tlari, undan ham keyinroq dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar vujudga keldi (meduzalar, labsimonlar, chuvalchanglar, arxeotseatlar).
SHunday qilib, tirik organizmlar oddiy tuzilishi jihatidan koinotda keng tarqalish xususiyatiga ega atomlardan tarkib topgan. Hayot esa dastlab sodda, yengillik bilan birikishga mos atomlarni o’zida mujassamlashtirishga muvaffaq bo’lgan. Vodorod, uglerod, azot va kislorod Mendelevning elementlar davriy sistemasining birinchi va ikkinchi davrasida jamlangan. Bu elementlarning atomi nihoyatda kichik, turg’un va takroriy bog’lanish qobiliyatiga ega bo’lganligi tufayli markkab polimerlar hosil qilish imkoniga ega. Takroriy, qo’sh va uchtakroriy bog’lanishlar atomning reaktsiya qobiliyatini oshiradi.
Mendeleev davriy sistemasining uchinchi davrasidan o’rin olgan keyingi ximiyaviy element - fosfor va oltingugurt ham takroriy bog’lanishlar hosil qilish qobiliyatiga ega.
Nobel mukofoti laureati, Amerikalik bioximik Dis Uildning fikricha, (Uild, 1964) nomlari yuqorida keltirilgan elementlarning bu xususiyati ularning energiyani yig’ish va belgilangan miqdorlarda o’tkazish qobiliyatini oshiradi. Bundan tashqari oltingugurt oqsil tarkibiga kiradi, fosfor esa nuklein kislotaning ajralmas qismi, oliy nerv faoliyati ham fosfor almashinuvi bilan uzviy bog’liq.
Binobarin, hayot oziqasi uch toifadagi, xususan sodda tuzilishli, zarur va maxsus maqsad uchun xizmat qilish vazifasini o’taydigan atomlardan tarkib topgan. Kremniy yuqorida ta‘kidlangan tiriklikning asosini tashkil qilgan 21 ta element tarkibiga kirmaydi.
Lekin u diatom suvo’tlari qobig’ida shakllanadigan kremnozyom tarkibiga kiradi.SHu bilan birga bu modda yuksak taraqqiy etgan ayri m hayvonlarning skeleti va yuksak o’simliklarning mexanik to’qimalari tarkibiga kiradi.
Oddiy umurtqali hayvonlarning qalqonsimon bezi ajratadigan modda almashinuvida faol ishtirok etadigan tiraksin garmoni tarkibiga kiradi.
Tirik organizm tarkibiga kiradigan, tabiatda keng tarqalgan, turli-tuman ximiyaviy elementlar hayotning asosini tashkil etibgina qolmay, balki tiriklik holati, uning o’sishi, rivojlanishi singari barcha jarayonlarni sodir bo’lishida faol ishtirok etadi. Bu ximiyaviy elementlar kerak bo’lganda boshqa o’ziga o’xshash material bilan almashtirish mumkin bo’lgan, mashina qismlari singari materialdan tubdan farq qiladi.
Yerda hayotning shakllanishida ximiyaviy elementlar muhim ahamiyatga ega ekan, ular Yer qurrasining muhit sharoitlari bilan uzviy bog’liq ekanligi muqarrardir. Shu bilan bir qatorda yerda hayotning shakllanishida ximiyaviy birikmalar orasida suyuq moddalar va xususan suv alohida o’rin tutishini ta‘kidlab o’tmog’imiz lozim. Ximiyaviy suyuq modda hisoblanmish suvning tirik mavjudotlar tanasidagi nisbati organizmning hayot holati uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
1924 yilda A.I.Oparinning «Yerda hayotning paydo bo’lishi» deb nomlangan monografiyasini chop etilishi bu haqdagi fikrning to’liq o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yerda hayot bu ikkinchi g’oya nuqtai nazaridan qaralganda evolyutsion yo’l bilan sodda organizmlarning o’zaro almashinuvi va ularni qo’shilishi natijasida murakkab organizmlar kompleksi vujudga kelishi haqidagi g’oya olg’a suriladi. Bu jarayonning sodir bo’lishigi Yer kurrasi suvlari yuza qismida sodda tuzilishli organizmlarning beqiyos ko’pligi, ayrim hollarda 1% dan 10% gacha organizmlarning vujudga kelishi uchun qulay muhitning bo’lishi, erkin energiya, xususan ultrabinafsha nurlarini doimo yerning yuza qismiga yetib kelishi sabab bo’lgan deb qaraladi.

Download 460.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling