O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


– rasm. Sinxron dvigatellarda yuqori garmonikalar ta’siridan kelib chiqqan nisbiy yo‘qotishlarning egri chiziqlari


Download 3.29 Mb.
bet10/25
Sana15.08.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1667401
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Dissertatsiya uchun qoralama2 Muxayyo

2.5– rasm. Sinxron dvigatellarda yuqori garmonikalar ta’siridan kelib chiqqan nisbiy yo‘qotishlarning egri chiziqlari



2.6– rasm. Asinxron dvigatellarda yuqori garmonika ta’siridan kelib chiqqan nisbiy yo‘qotishlar

Nisbiy yo‘qotishlar egri chizig‘ini tahlil qilib, nisbati kichik tartibli garmonikalar uchun eng katta qiymatga ega ekanligini, birinchi navbatda, ikkinchisi va uchunchisi ekanligini ko‘rish oson. 13-chi tartibli garmonikalardan yo‘qotishlar unchalik katta emas va ularni e’tiborsiz qoldirish mumkin.


Kuchlanishning barcha garmonikasi tufayli umumiy yo‘qotishlar quyidagicha aniqlanadi:

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, hatto ruxsat etilmaydigan buzulishlar ( ) holatida ham, shixtlangan rotor va statorli sinxron dvigatelda vaqtinchalik garmonikadan qo‘shimcha yo‘qotishlar nominal yo‘qotishlarning bir necha foizidan oshmaydi. Shuning uchun, amalda ayon qutbli shixtlangan sinxron dvigatellarning qizib ketishi kuzatilmaydi.
Ayon qutbli sinxron dvigatellarda yuqori garmonikaning yo‘qotishlari ancha katta bo‘ladi. Xuddi shu narsa sinxron kompensatorga ham tegishli. Nosinusodal kuchlanishda ayon qutbli mashinalarning ishlash xavflidir, chunki qo‘zgotish chulg‘ami qizib ketishi va ishlamay qolishi mumkin. [14]
n-chi garmonika tokidan asinxron dvigatelda qo‘shimcha yo‘qotishlar quyidagicha:

bu yerda va statorning aktiv qarshiligi va n-garmonik chastotada rotorning kamaygan aktiv qarshiligi.
Stator va rotor chulg‘amlaridagi yuqori chastotalarda sirt effekti keskin nomoyon bo‘ladi va qarshilik kuchayadi, shuning uchun:



Yuqori kuchlanishli asinxron dvigatellar uchun deb hisoblash mumkin.
Yuqori garmonikalardan umumiy yo‘qotishlarni aniqlash uchun hisoblash formulasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

bu yerda ishga tushirish tokining karraligi; statorning nominal mis yo‘qotishlari; n-chi vaqtinchalik garmonikasi tufayli stator misidagi yo‘qotishlarning ko‘payishini hisobga oladigan koeffitsient [13].
bog‘liqlik grafigi 2.6 – rasmda ko‘rsatilgan. Ordinata o‘qida n-chi garmonikaning to‘g‘ri va teskari ketma-ketlikdagi tizimlarini hosil qilgan holatlar uchun ning o‘rtacha qiymatlari chizilgan. Egri chiziqni qurishda boshlang‘ich tokning karraligini o‘rtacha qiymati olingan.
Katta elektr dvigatellar statorining misida nominal yo‘qotishlar dvigateldagi umumiy yo‘qotishlarning o‘rtacha 20%ni tashkil qiladi. Shuni yodda tutgan holda, 2.6 – rasmda umumiy nominal dvigatel yo‘qotishlariga nisbatan yuqori garmonikalardan qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlari ko‘rsatilgan ikkinchi ordinata keltirilgan. Bu egri chiziqlardan foydalanish yuqori garmonikalar tufayli asinxron dvigatellaridagi yo‘qotishlarni aniqlash uchun juda qulaydir.
Tadqiqotlar ko‘rsatganidek [15], korxonalarda asinxron elektr dvigatellarining haddan tashqari qizib ketishi, hatto yuqori garmonikali tarmoqlarda ham ( ), nominal yuklamada ham, yuklama tushganda ham kuzatilmagan.



    1. Download 3.29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling