O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


Nosimmetrik boshqaruvli ko‘prikli o‘zgartirgich


Download 3.29 Mb.
bet15/25
Sana15.08.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1667401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Dissertatsiya uchun qoralama2 Muxayyo

Nosimmetrik boshqaruvli ko‘prikli o‘zgartirgich. Uch fazali ko‘prik sxema asosida yaxshilangan xususiyatlarga ega turli o‘zgartirgichlar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun, yarim boshqariladigan ko‘prikli o‘zgartirgich tarmoq tokining birinchi garmonikasi fazali siljish burchagini kuchlanishiga nisbatan ikki marta kamaytirishni ta’minlaydi, bu yerda ventilni boshqarish burchagi. Bunday o‘zgartirgichlar noreversiv elektr yuritmalarda, sinxron dvigatellarning qo‘zg‘otish tizimlarida, payvandlash qurilmalarida va boshqalarda qo‘llaniladi.
Anod va katod guruhli ventillarini nosimmetrik boshqaruvi fazali toklarda ham toq, ham juft garmonikaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Kommutatsiya jarayonlarini e’tiborsiz qoldirib, formulalar yordamida faza toklarini yuqori garmonikasi amplitudalari hisoblanadi [15]:


Ta’kidlash joizki, ikkita bir xil nosimmetrik ko‘prikli o‘zgartirgichlar bitta umumiy shinalardan ta’minot olganda, boshqariladigan ventillarni bitta o‘zgartirgichda anodlar guruhiga, ikkinchisini katodlar guruhiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Tarmoqdagi juft garmonikalar ushbu holatda kompensatsiya qilinadi.[14]
Maxsus to‘g‘rilagich sxemasining yana bir keng tarqalgan varianti ketma-ket boshqariladigan va boshqarilmaydigan ikki ko‘prikli sxemasidir. Bunday sxema boshqariladigan ko‘prikka nisbatan ta’minot kuchlanishi nosinusoidallik koeffitsientining ikki barobar kamayishi bilan tavsiflanadi.
O‘n ikki fazali o‘zgartirgich tokining yuqori garmonikasini hisoblashda, har xil ulanish sxemalari (uchburchak va yulduz) bo‘lgan ventil chulg‘amlarining qismlarida bir xil nomlangan garmonikaning fazali siljishini hisobga olish kerak: raqamli garmonik toklar [16]:

faza bo‘yicha mos keladi,

raqamli garmonikalar esa qarama qarshi fazada bo‘ladi va o‘zaro kompensatsiyalanadi. Shuning uchun ko‘prikli o‘zgartirgichlar 5, 7 garmonikalarni kompensatsiyalash orqali toklarning garmonik tarkibini yaxshilaydi.

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling