O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 3.29 Mb.
bet16/25
Sana15.08.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1667401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Dissertatsiya uchun qoralama2 Muxayyo

Tiristorli quvvat rostlagichlari. Ular isistish pechlarining ish rejimlarini rostlash uchun keng qo‘llaniladi. Qurilma quvvati juda katta qiymatlar oralig‘ida o‘zgarishi mumkin, transformatorning quvvati esa 2,5 MVAga yetadi [15]. Tiristorlarni joriy etish va ularni fazali boshqarish qurilmalarining energiya ko‘rsatkichlari va elektr energiya sifatining yomonlashuvi bilan kechadi.
Ketma ket joylashgan aktiv qarshiliklardan tashkil topgan va tiristorlar bilan parallel ravishda boshqariladigan tiristor quvvat rostlagichlariga ega elektr qarshilik pechining eng oddiy elektr ta’minoti sxemasining ishini ko‘rib chiqamiz. 2.10 – rasmda ko‘rib chiqilayotgan qurilmaning bir fazali elektr sxemasi va kuchlanish va tok diagrammalari keltirilgan. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, zanjirdagi tok vaqtga qarab nosinusoidal davriy funksiyadir va boshqarish burchagi bilan aniqlanadi.

2.10 – rasm. Aktiv qarshlikli va kalitli zanjir:
a – elektr ta’minoti sxemasi; b – kuchlanish va tok diagrammasi

Bunday funksiyalarni garmonik tahlil qilish ushbu funksiylarni Fure trigonometrik qatori orqali amalga oshiriladi. Fure qatoriga yoyish murakkab jarayondir, shuning uchun bu holda soddalashtirishdan foydalanish oqilona bo‘ladi.


Eksprimental ma’lumotlarni statistik qayta ishlashga asoslanib, rejimlarni tiristorli rostlash pechi iste’mol qiladigan tokning yuqori garmonikasini taqribiy hisoblash uchun formulalar taklif qilinadi [15]:
(2.40)

bu yerda pech transformatorining quvvati, tarmoqning nominal kuchlanishi.
Kontakt va elektr yoy payvandlash qurilmalarining yuqori garmonikasi. Formulaga muvofiq simmetrik bipolyar yacheyka yordamida ish rejimlarini tiristorli rostlanadigan payvandlash mashinalarining tok garmonikasini taqribiy hisoblash mumkin [15];
bir nuqtali mashinalar uchun;

ko‘p nuqtali mashinalar uchun; (2.43)

bu yerda bitta payvandlash mashinasining yoki ko‘p nuqtali mashina transformatorining pasport quvvati; to‘liq quvvatdagi yuklanish koeffitsienti; mashinaning nominal kuchlanishi; bitta guruhdagi transformatorlar soni va guruhlar soni; garmonika koeffitsienti (n = 1, 3, 5, 7 uchun; ).
Ushbu formulalar yordamida hisoblash xatoligi 15% dan oshmaydi, 7-dan yuqori bo‘lgan garmonikalarni inobatga olmaslik mumkin.
O‘zgarmas tokda payvandlash hozirgi kunda keng tarqalgan. Payvandlash to‘g‘rilagichlari boshqarilmaydigan ventillarda uch fazali ko‘prik sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi. Payvandlash to‘g‘rilagichining ish tartibi uch-uch ventilli rejimdir. Ushbu rejim uchun tokning yuqori garmonikasini formula bo‘yicha taqriban aniqlash mumkin [15]:

Hisoblash xatoligi 1% ni tashkil qiladi.
Bir fazali payvandlash transformatorlari uchun tokning yuqori garmonikasini quyidagicha taqribiy hisoblash mumkin [15]:

Uchinchi garmonika eng katta solishtirma vaznga ega, yettinchi va undan yuqori garmonikalar 1% dan oshmaydi.

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling