O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


O’rta Osiyo musiqa san’atining nazariyasi va metodologik asoslari


Download 258.5 Kb.
bet5/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

1.2. O’rta Osiyo musiqa san’atining nazariyasi va metodologik asoslari.
IX asrdan boshlab O’rta Osiyoda uyg’onish davri boshlandi.O’rta asrning buyuk olimlari etishib chiqa boshladilar. Olimlarning barchasi musiqa ilmi bilan shug’ullanib, uning nazariy-amaliy masalalari haqida musiqiy risolalar va ilmiy asarlar yozib qoldirganlar. O’rta Osiyoning musiqiy madaniyati tarixi olimlar tomonidan etarli darajada o’rganilmagan. Bunga sabab, tarixiy jarayonlarni to’liq holda aks ettirrilgan asarlar yaratilmaganligi, mavjud ma’lumotlarning turli til, hamda mamlakatlarda tarqoq holda ekanligi haqida yuqorida yozgan edik. Shu sababli O’rta Osiyo xalqlari musiqiy-nazariy asoslarini X- XVIII asrlargacha bo’lgan davr nazariy metodologiyasini yoritishga qaror qildik. Buyuk qomusiy olimlardan: Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Zayla, Muhammad al-Xorazmiy, Al-Kindiy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog’iy, Maxmud Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Alisher Navoiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiylar o’z davrining etuk musiqa nazariyotchilari bo’lganlar. Ular o’zlarining musiqa ilmiga bag’ishlab yaratgan asarlarida, O’rta Osiyo xalqlari musiqiy madaniyati tarixi, nazariyasi, amaliyoti, o’sha davrdagi mavjud cholg’u asboblarining tuzilishi, ijrochiligi, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari haqida ma’lumotlar berganlar.
O’rta Osiyo xalqlari musiqa nazariyasini ilk bor ilmiy jihatdan yoritib, asoslab bergan buyuk qomusiy olimlarimizdan biri Abu Nasr Forobiydir(873-950).Forobiy sharq musiqa nazariyasining asoschisi bo’lgan. U sozanda sifatida nay va tanbur cholg’ularining mohir ijrochisi ham edi. Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlarini chuqur ilmiy-nazariy jihatdan o’rganib, yuksak darajadagi ilmiy asarlar yozgan. Musiqa ilmi ham matematika fanlari qatoriga kiradi.
Abu Nasr Forobiy o’zining musiqaga bag’ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqaga doir asarlari “Kitabul-musiqiy al-kabir”(“Musiqaga doir katta kitob”), “Kalam fil-musiqa”(“Musiqa haqida so’z”), “Kitabul musiqa”(“Musiqa kitobi”), “Kitabun fi ihsa’il-ulum” (“Fanlar tasnifiga doir kitob”) ning musiqaga bag’ishlangan qismi, “Kitabun fi-ihsa’il-iqo’” (“Musiqa ritmlari-iqo’ tasnifi haqida kitob”) va boshqalardir[10;15].
Abu Nasr Forobiyning ilmiy merosida musiqa ilmiga bag’ishlab yozilgan risolalari muhim o’rinni egallaydi. Uning musiqa asarlari orasidagi eng yirik va mashhur “Kitabul musiqiy al-kabir” (“Katta musiqa kitobi”)asaridir.“Kitabul musiqiy al-kabir” (“Katta musiqa kitobi”)risolasi 925-928 yillar orasida Mansur ibn Nuhga bag’ishlab yozilgan. Asarning asl qo’lyozma nushalari beshta bo’lib, jahonning nufuzli kutubxonalarida saqlanadi.
Mazkur asar uch kitob va muqaddima qismidan iborat bo’lib: muqaddima qismida Farobiy kuylarning nomi va ularga berilgan ta’rif, musiqaning muhim nazariy-amaliymasalalari, kuylarning yaralishi, musiqiy janrlar, sozlar, kuylarning ta’rifiva uning ijrolari, intervallar, tovushqatorlar, ohangdosh va noohangdosh tovushlarhaqida so’z yuritadi.
Birinchi kitobda musiqaviy akustika, nag’ma, (tovushlar) nisbati, intervallarning turlari, ularning hosil etilish qoidalari, ritmlar va boshqa masalalar sharhlab berilgan. Ikkinchi kitobda ud, tanbur, rubob kabi sozlar, ularning pardalari, torlari va diopozoni haqida gap boradi. Uchinchi kitob kuylar va maqomlarni hosil etish, ritm, cholg’u va vokal musiqasi, kuy bezaklari va boshqa masalalarga bag’ishlanadi. Maqomlar masalasini yoritishda ayniqsa uchinchi kitob muhimdir. Shuni ham alohida aytish kerakki, Abu Nasr Forobiy o’zining bu o’lmas asarida Sharqda nota yozuvining vujudga kelishida chuqur zamin hozirlab bergan edi. Binobarin, kuylarning parda asosi bilan bevosita bog’liq bo’lgan lad(maqom) yozuv namunalarini ixtiro etdi va harfiy belgilar vositasi bilan yozib qoldirdi[10;16].
Maqomlar masalalari va ularning nomlarini keltirilishi ilk bor Forobiyning musiqaga bag’ishlangan asarlarida keladi. X-XI asrlarda mashhur bo’lgan maqomlarni o’rganishda olimning asarlari yagona ma’lumot bo’lib hizmat qiladi.
Forobiy “Katta musiqa kitobi” da yunon olimlaridan ko’plarining nomlari va asrlarini tilga olish bilan birga, qadim Sharq musiqa ilmining yirik namoyandalarini ham eslab o’tadi. Forobiyning “Katta musiqa kitobi” da eslagan Sharq musiqachilari quyidagi to’qqiz kishi: Alqama ibn Abbad(VI asr)-Johiliya davri arab shoiri va musiqachisi, Jamila, ya’ni Jamila bint Abdulvahob (678-742) qadim arab ashulachiligi ustunlaridan, Ma’bad nomi bilan tanilgan zotning to’liq ismi sharifi Abu Abbad bin Vahab Mavla bini Qutn Ma’bad al-Madaniy(673-743). U Madinamusiqa maktabining yirik namoyandalaridan, Iste’dodli udchi, ashulachi, bastakor va shoir Ibn Surayjning to’liq ismi sharifi-Abu Yahyo Ubaydulla ibn Surayj al Makkiy(634-743), Ishoq Mavsiliyning to’liq ismi sharifi Abu Muhammad Ishoq ibn Ibrohim ibn Maymun al-Mavsiliy (767-850) va u atoqli ashulachi, cholg’uchi, musiqa nazariyotchisi, shoir, adabiyotshunos, abbosiylar saroyi mulozimlaridan edi, Borbad Marvaziy (VI asr). Sosoniylar davri afsonaviy musiqachisi va bastakori (arab manbalarida Fahliz deb ataydilar), Muxariq al-Mug’anniy (652-715)-Abbosiylar oltin davrining buyuk ashulachisi, Ibrohim Mavsiliyning shogirdi, Bin Axvaz – Forobiy davrida yashagan musiqa cholg’ulari ustasi bo’lgani ehtimol,Mansur Zalzal(721-791) o’z davrining mashhur ashulachisi va sozandasi[12;30-33].
“Kitabul musiqiy al-kabir” (“Katta musiqa kitobi”) risolasi olimlar tomonidan entsiklopedik asar deb nomlanishiga sabab,yuqorida tilga olingan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning keltirilishi va ularning ijodiy merosini o’rganganligi, o’sha davrda boshqa olimlar tomonidan yozilgan musiqa risolalari va ularni tahlil qilib o’rganganligi, xato va kamchiliklarini to’g’irlab o’tilganligi haqida ham yozilganligidir.
Abu Nasr Forobiyning ushbu asari yana bir yangi ilmiy yo’nalish, ya’ni musiqashunoslik fanini yuzaga kelishida mintaqa xalqlarining musiqiy atamalariga oid tizimini shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratgan asarlardin biri edi. Ushbu masalalarni chuqur o’rganish bugungi kun o’zbek milliy mumtoz musiqasi bo’lgan - maqomlar va sharq xalqlari musiqasiga tegishli muammolarni samarali echimini topishda muhim ahamiyatga egadir.
Ammo X-XI asrlarga oid Sharq musiqashunosligi bo’yicha talaygina yozma yodgorliklar, hususan, buyuk faylasuf va musiqa allomasi Abu Nasr Forobiyning musiqashunoslikka oid asarlari, jumladan, “Katta Musiqa kitobi” uning musiqa nazariyasi, keng qamrovda o’rganilmagan, asar to’laligicha tarjima qilinmagan va u dolzarb vazifadir [12;34].
Forobiy davridagi ko’plab olimlarning ilmiy-nazariy risolalari arab tilida yozilgan bo’lib, sharq musiq anazariyasining asoslari va uning masalalarini izohlab bergan. Forobiyning asarlari o’z davrining eng mukammal va mashhur asasrlar qatorida bo’lib, o’zidan keyingi davrlarda yashagan olimlarning ilmiy merosini yaratilishiga asos bo’lib xizmat qildi.

Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling