O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


III-BOB. O‘ZBEK MILLIY MUSIQA MEROSINI O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI VA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDAGI O’RNI


Download 258.5 Kb.
bet3/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

III-BOB. O‘ZBEK MILLIY MUSIQA MEROSINI O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI VA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDAGI O’RNI.....................................................................51
3.1. O‘ZBEK MILLIY MUSIQA MEROSINI O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI......................................................................................................51
3.2. MILLIY MUSIQANING YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI..........................................................................................................61
HULOSA................................................................................................................74
TAVSIYALAR.......................................................................................................77
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.........................................78
ILOVALAR………………………………………………………………………80
Kirish
O’zbek milliy musiqa san’ati o’zining qadimiyligi, betakor ohanglarga boyligi, zabardast usullarining hilma-xilligi bilan ajralib turadi. Milliy musiqa san’ati insonga tarixdan so’zlovchi, millatning ko’zgusi sifatida qadrlanuvchi bebaho xazina. Maqomlarimizda xalqimiz tarixi, ma’naviy boyligi va dunyoqarashi, badiiy estetik qiyofasi aks etadi.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan xalq madaniy merosi, nomoddiy madaniy meros, milliy musiqa hususan, o’zbek milliy maqom san’atiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 17 noyabrdagi “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”[1:] gi hamda 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o’tkazish to’g’risida”[2:] gi qarorlari bu sohani yanada gullab yashnashi uchun yangi zaminni boshlab berdi. Maqomlarni yoshlar ongiga singdirishda qadryatli yondashuv va o’ziga xos asriy an’ananlarni o’rganish ham bugungi kunninig dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Yoshlarda yuksak odamiylik fazilatlarni shakllantirishda, shuningdek, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda musiqiy tafakkurning o’rni va roli muhim ahamiyatga ega. Yoshlarda musiqiy tafakkurni shakllantirish, mazkur jarayonni yangilash, uni zamon talablariga mos tarzda yuksaltirish hamda yoshlarning badiiy-musiqiy dunyoqarashini kengaytirish bilan bog’liq muammolar jamiyat ijtimoiy hayotining dolzarb masalalariga aylangan. Zero, “Mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o’rganish, uni yosh avlodga bezavol etkazish maqsadida ko’plab ko’rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqiy anjumanlar muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda”,[3;] - degan fikrning falsafiy mohiyati ham o’quvchi yoshlar musiqiy tafakkurining yangilanish jarayonlarini takomillashtirishga bo’lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan. Chunki milliy musiqada xalqning ruxi, xis tuyg’ulari, kechinmalari, orzu-umid va armonlari o’z ifodasini topgan. Kishilar undan estetik zavq va ruhiy madad oladilar. Ular baxtli va quvonchli daqiqalarda ham, hayotning shafqatsiz zarbalaridan chorasiz qolgan og’ir va musibatli onlarida ham beihtiyor musiqaga talpinadilar va undan taskin topadilar.Shu nuqtai nazardan bugungi kunda o’quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining o’rni va rolini tadqiq etish o’zining dolzarbligi bilan ajralib turadi:
Birinchidan, O’zbekistonning milliy taraqqiyotida ma’naviyatning ustivorligiga tayanuvchi ijtimoiy-falsafiy kontseptsiya jamiyat rivojlanishida musiqiy madaniyat va ijrochilik san’atining o’ziga xos o’rnini belgilab beradi.
Ikknchidan, maqom san’ati shaxs kamolotining barcha bosqichlarida unga falsafiy, axloqiy, estetik g’oyalarni singdirishda, yuksak insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda, shuningdek, musiqiy tafakkurni shakllantirishda muhim ruhiy-emotsional omil bo’lib xizmat qiladi.
Uchinchidan, Vatan mustaqilligi yoshlarning o’z qobiliyati, iqtidori, iste’dodi va umuman erkin badiiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun etarli ob’ektiv, subektiv sharoitlarni yuzaga keltiradi.
Shu bois o’quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining o’rni va rolini jamiyatning ma’naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg’un holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida, o’quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirish masalasi ma’naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O’zbek milliy musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, bugungi kungacha u o’zining ma’naviy va moddiy qudratini saqlab kelmoqda.
O’zbek sharqshunos olimlarining yangi tadqiqotlari va o’rta asrdagi mutafakkirlarining musiqiy madaniyatga oid risolalari o’zbek xalqi musiqiy tafakkur taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur va tadqiq qilishimizga yordam beradi.
O’tmishda Sharq allomalari musiqa haqida o’zlarining musiqaga bag’ishlangan ilmiy risolalarida fikrlarini bayon qilganlar. Hususan: Abu Nasr Farobiyning “Kitabun fi – ihsa’il-iqo’ (“Musiqa ritmlari – iqo’ tasnifi haqida kitob”), Ibn Sinoning “Kitabush-shifa’” (“Shifo kitobi”), “Kitabun najat” (“Najot kitobi”) kabi asarlarining musiqaga doir qismi va “Risalatun fi-ilmil-musiqiy” (“Musiqiy ilmi haqida risola”), Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiyning “Mafotihul-ulum” (“Ilmlar kaliti”)ni musiqaga bag’ishlangan qismi, Safiuddin Abdulmo’’min Urmaviyning “Risalatush-Sharafiyya”(“Sharafli risola”) va “Kitabul-advar” (“Musiqa va ritm doiralari kitobi”), Zaynulobidin bin Muhammad bin Mahmud al-Husayniyning “Qonuni ilmiy va amaliy musiqiy” (“Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari”) Abdurauf Fitratning “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi”kabi qator “Musiqiy risola”larida inson musiqiy tafakkurining rivojlanishi va cholg’ularningahamiyatini o’rganish bilan birga, uni tadqiq etish masalalari hamda o’z davrlarning musiqiy cholg’ulari haqida ma’lumotlar berishgan.
Mutaqil hamdo’stlik davlatlarida V.M. Belyaev, V.A.Uspeniskiy, I.V.Sposobin, B.Kabalevskiylar tomonidan musiqiy tafakkurning falsafiy-pedagogik muammolari tahlil qilingan.
Keyingi yillarda milliy musiqa madaniyati va uning yoshlar musiqiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari, aqliy qobiliyatiga oid bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari bo’lganligini alohida e’tirof etish mumkin. Jumladan, yoshlarning musiqiy tafakkurni shakllantirish masalalarining umumnazariy va metodologik hamda tarixiy jixatdan yoritishda I.R.Rajabov, Yu.Rajabiy, F.Karamatov, O.Matyakubov, R.Yunusov, O.Ibrohimov, S.Mannopov kabi musiqashunos olimlarning ilmiy-nazariy g’oyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu izlanishlarda musiqiy tafakkurda shaxsning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi masalalariga o’rin berish zarurligi asoslangan.
Mavjud chop qilingan adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir manbalar va izlanishlar tahlili shuni tasdiqlaydiki, yoshlar musiqiy tafakkurining mohiyati, uni yuksalishining o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda maqom san’atining tutgan o’rni masalasi mustaqil tadqiqot ob’ekti sifatida maxsus o’rganilmagan. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda va unga asoslanib, ushbu tadqiqot mavzusini dissertatsiya ob’ekti sifatida tanlab olindi.
Tadqiqotning maqsadi.
Yoshlarni ma’naviy dunyosi, musiqiy did va tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining tutgan o’rni shuningdek, musiqa madaniyati sohasida olib borilayotgan ishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdir.
Tadqiqotning vazifalari:
- “Xalq musiqasi”, “Folklor san’ati”, “Bastakorlik ijodiyoti”, “Mumtoz musiqa”, “Musiqiy madaniyat”, “Musiqiy tafakkur”, “An’naviy ijrochilik” tushunchalari mazmun-mohiyatini yoritish;
- yoshlar musiqiy tafakkurining ma’naviy hayot bilan aloqadorligini tahlil qilish;
- yoshlarning ma’naviy-ruhiy poklanishi, milliy o’zlikni anglashida musiqiy tafakkurning ijtimoiy-tarbiyaviy rolini ochib berish;
- yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining tutgan o’rni va unda mumtoz musiqa madaniyatining ahamiyati yuzasidan nazariy xulosa hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir etuvchi ma’naviy dunyoqarashning ajralmas qismi bo’lgan musiqiy did va tafakkur tushunchalarini hosil qilishda maqom san’ati asosiy o’rinni egallashi ilmiy asoslangan;
- yoshlar musiqiy tafakkurini rivojlantirishda oiladagi ijodiy muhit, innovatsion ta’lim, kitobxonlikning yoshlar musiqiy tafakkurini shakllantirishdagi akmeologik-gumanistik roli ochib berilgan;
- jamiyatda ma’naviy muhit qaror topishining tarixiy va zamonaviy determinatlari (musiqiy makonda bilimlar generatsiyasiga ma’naviy, ma’rifiy, madaniy sohadagi o’zgarishlarning ta’siri) yoshlar musiqiy tafakkurini rivojlantirishning ob’ektiv omillari ekanligi ilmiy asoslangan.
Tadqiqotning ilmiy natijalari quyidagilardan iborat:
Yoshlarning musiqiy tafakkurini rivojlantirishda o’zbek xalq musiqa merosini chuqur singdirish, maqom san’atining ijtimoiy-falsafiy va pedagogik tadqiqi hamda ularning qadriyatli – ijodiy tafakkuri ilmiy tadqiqot jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatib berilgan.
O’zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar musiqiy tafakkurini rivojlantirishda o’zbek xalq musiqa san’atidan samarali foydalangan holda ularning musiqiy madaniyatini yuksaltirishga oid xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati yoshlar musiqiy tafakkuri rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy va pedagogik jihatlarini tadqiq qilinganligi, shuningdek, yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirish va uni maqom san’ati orqali jamiyat ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri, xususan O’zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichidagi ahamiyatini chuqur anglab etishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Ushbu fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga to’xtaldik:
- yoshlar tarbiyasida ma’naviy dunyoqarash hamda musiqiy did va tafakkurning o’rni qay darajada ekanini qiyosiy, tahliliy o’rganish;
- mumtoz musiqa madaniyati xususan, maqom san’atining yoshlar musiqiy tafakkurini shakllantirishdagi tutgan o’rni va roli nazariy jihatdan aniqlandi;
- o’quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurni shakllantirishda maqom san’atining roli masalalari tadqiq etildi;
- mumtoz musiqa durdonalaridan unumli foydalanish yoshlarning ma’naviy barkamol, yuqori musiqiy did sohibi bo’lib tarbiya topishlarida muhim omil bo’lishligi tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, unda o’z aksini topgan nazariy xulosa, taklif va tavsiyalaridan yosh musiqashunos tadqiqotchilar, mumtoz musiqa va musiqa estetikasi bilan shug’ullanuvchi mutasaddi tashkilotlar, ijodiy uyushmalar faoliyatini rivojlantirishda hamda musiqa darslarida musiqiy madaniyatni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan tashabbuslarni tizimli asosda amalga oshirish ishlarini belgilashda amaliy ko’mak beradi.



Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling