O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


Download 258.5 Kb.
bet8/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

Alisher Navoiy(1441-1501)Buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri hazrat Alisher Navoiyning ko’pqirrali ijodiy merosida, uning asarlarida musiqaga oid masalalar o’z ifodasini topgan. Uning musiqa sohsidagi faoliyati olimlar tomonidan etarli darajada o’rganilmagan. Bu sohada chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish kerak.
Navoiy maxsus musiqa ilmi sohasiga doir asar yozmagan. Lekin uning “Mahbubul qulub” asarida o’sha davr sozanda va xonandalari haqidagi ma’lumotlar berilgan. Navoiyning musiqa ilmi haqidagi ilmiy qarashlari, uning turli janrlarda yozgan asarlarida tarqoq holada aks etgan.
Najmiddin Kavkabiy Buxoriy(XVasr) Buyuk shoir, olim, musiqashunos hamda bastakor Najmiddin Kavkabiy O’rta Osiyo musiqa madaniyatiga o’zining o’lkan hissasini qo’shib, 12 maqomli she’riy matn va musiqani tartibga solgan.u maqom yo’llari asosida kuy va ashulalar yaratib ularga mohirlik bilan she’riy matn yaratgan. U fors tilida ijod etgan. Kavkabiyning musiqa sohasidagi asari “Risolayi musiqiy” bo’lib, bu asar Ubaydulla Shayboniyxon buyurtmasiga asosan yozilgan. Olim o’zining ilmiy risolasida o’n ikki maqom nazariyasi va amaliyotiga, uni ijro etish yo’llariga alohida ahamiyat qaratgan. Bundan tashqari mumtoz musiqa usullari, maqomlarni ijro etilish hususiyatlari ya’ni badiiy-etetik hususiyatlari insonga ta’sir etishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Darvishali Changiy(XVI-XVII asr)O’rta Osiyoning eng ohirgi davribuyuk shoiri, bastakori, sozanda va xonandasi,yirik musiqashunosi Darvishali Changiy, XVI asrning yirik olimlaridan biri hisoblanadi. U musiqa ilmi sohasi bo’yicha Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy Marog’iy, Zaynulobiddin Husayniy, Kavkabiy Buxoriylar va boshqa yirik musiqashunos olimlar boshlab bergan musiqiy ilmiy nazariyalarini davom ettirgan olim sifatida ilmiy merosi yuqori baholanadi.
Darvishali Changiyning musiqa ilmiga bag’ishlangan mukammal asari “Risolaiy musiqiy” bo’lib, mazkur risola ikki xil usulda yozilgan bo’lib, birinchi uslul hikoya tarzida bo’lib, ikkinchisi qadim yunon olimlarning musiqa ilmi haqidagi qarashlarini aks ettiradi. Risola 12(maqom) qismdan iborat bo’lib, Changiy har bir qismga alohida to’htalib o’tadi.
1-qism-kirish qismi. Musiqa san’atini din nuqtai nazaridan qarab, musiqa yangrashi, qo’shiq ijro etish mumkinligi to’g’risida; 2-qism-Musiqa(alxon) va usul(iqo’)ning paydo bo’lishi; 3-qism-12 maqom, 24 qism va tovush rang-barangligito’g’risida; 4-qism-usulning 41 xili; 5-qism-Musiqa asboblariva ijro uslubi; 6-qism-Tanbur, chang, nay, ud, qobuz, arg’unun, setor, simtur va xonandalar to’g’risida;7-qism-musiqa san’atiga ko’p e’tibor bergan shohlar to’g’risida; 8-qism-Olimlar, musiqashunoslar va musiqa bilimdonlari to’g’risida; 9-qism-musiqa sohasida o’zining asarlarini meros qilib qoldirgan iste’dodli va mashhur shoirlar, musiqachilar to’g’risida; 10-qism-Hirot shahrida yashab ijod qilgan musiqa o’qituvchilari to’g’risida; 11-qism-Xon saroyida yashab ijod qilgan xonandalar to’g’risida; 12-qism-O’sha davrda xalq va saroyda mashhur bo’lgan musiqa o’qituvchilari to’g’risida [4;39]gi ma’lumotlarni mufassal yoritib, ilmiy-nazariy jihatdan isbotlab bergan.
O’rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo’shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda boy qadimiy merosga ega. O’rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeolog olimlar tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo’lib xizmat etadi hamda bu xalqlarning qadimdan boshlab yuksak madaniyat egalari bo’lganligini tasdiqlaydi.
Fanning boshqa sohalarida ham o’lmas ilmiy asarlar yaratgan buyuk olimlar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Ibn Zayla, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va ularning davomchilari musiqa nazariyasi (“Ilmi musiqiy”) bo’yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Sharq musiqa fani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlarning faoliyati Sharq xalqlarida qo’llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi ahamiyat kasb etadi.
O’rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixi hali etarli o’rganilmagan. Bu masalani, shu jumladan maqomlarning taraqqiyot yo’lini izchil yoritib beradigan yaxlit asarlar yaratilmagan. Umuman musiqa madaniyatiga doir tarixiy materiallar turli tillarda yozilgan manbalarda va boshqa xarakterdagi asarlarda sochilgan holdadir. Bu materiallarni to’plab, O’rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixini yaratish esa juda murakkabdir.
Shu sababli hozircha X-XIX asrlarda musiqa manbalaridagi mavjud ma’lumotlarni qisqacha eslatib o’tish bilan kifoyalanamiz.


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling