O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 258.5 Kb.
|
Mansurova N Monografiya 2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami: 60 39 65% 18
Amaliy tadqiqot natijalari shuni ko’rsatib turibdiki, umumiy hisbotda 100% dan 65 foiz yoshlar ijobiy, 30 foiz salbiy va 5 foizi betaraf yondashuvni tashkil etdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlarni musiqa va san’at sohalariga bo’lgan qiziqishlari va ijodiy yondashuvlari, fikr-mulohazalari, garchi ular boshqa soha vakillari bo’lishiga qaramasdan bizni taasurotimizda ijobiy baholandi. Jamiyatimizda yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda, yosh avlod tarbiyasi deganda ularni ma’naviy, jismoniy va estetik jihatdan etuk avlod sifatida voyaga etkazish tushunilmoqda. Bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ishlar amaliyotga tadbiq etilayotgani muhim omil bo’lmoqda. Yoshlar ma’naviy tarbiyasida o’zbek xalq musiqa merosining o’rni beqiyosdir. Bugungi kunda san’at turlarining keng ko’lamliligi bilan diqqatni tortadi. Ayni paytda, ular orasida musiqa, raqs, tasviriy san’at, kino va qo’shiqchilik yoshlarni ko’p jalb etayotganligi real hodisaga aylandi. Bu san’at turlari yosh avlodga ma’naviy zavq berish bilan birga, ularni yuksak maqsadlar sari yo’naltirish vazifasini ham o’tamoqda. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, aksariyat yoshlar bo’sh vaqtlarini musiqa va qo’shiq tinglash bilan o’tkazishoqda. Salmoqli qismi esa, yangi filmlarni tomosha qilish yoki boshqa ijodiy ishlarni bajarish bilan bo’sh vaqtlarini o’tkazishadi. Bu hol ikki hulosani kelib chiqishiga sabab bo’ladi: 1) yoshlarimizning san’atga bo’lgan qiziqishiva undan ruhlanishi talab darajasida; 2) yoshlarga taqdim etilayotgan san’at asarlarini saviyasi ; shu ma’noda yaratilayotgan san’at asarlari barchamizning diqqat markazimizda bo’lishi tabiiy holdir. Keyingi yillarda yoshlarimizni ko’proq o’ziga jalb etayotgan san’at turi bu-albatta musiqadir. Ular mumtoz milliy musiqiy merosimiz, estrada va jahon mumtoz asarlaridan bahramand bo’lmoqdalar. Biroq yoshlarimizning zamonaviy va milliy estrada musiqaga ko’proq qiziqayotganligi sir emas. Mazkur masla mutaxassisidan tortib, barkamol avlod tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi keng jamoatchilikni xushyor etmog’i lozim. Negaki, milliy estrada va zamonaviy jahon estradasida yangilanishlar jarayoyoni kechmoqda. Bu esa o’z navbatida jahon xalqlar musiqa merosidan unumli foydalanishi bilan birga, ba’zida manipuliyatsiya ruhidagi musiqalarni ham taqdim qilishga urinmoqda. Musiqa atalmish qurama ohanglar majmuasidan iborat shovqinlar yoshlar ongini manipuliyatsiya qilmoqda. Hulosa o’rnida aytish mumkinki, xalq qo’shiqlari muqaddas meros. Ana shu boy merosdan barkamol avlodni badiiy-estetik va ma’naviy tarbiyasida imkon qadar keng va maqsadli foydalanish bugungi kunda ushbu yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan musiqa o’qituvchilari, maktagacha va maktabdan tashqari muassasa rahbarlari, tarbiyachilarining muqaddas burchlaridan biridir. Hulosa qilib aytish mumkinki, yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda xalq musiqa merosi, folklor san’ati, bastakorlik ijodiyoti, mumtoz musiqa, aqomlarimizning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda musiqiy merosimizdan unumli va samarali foydalanish kelgusida kamol topayotgan yoshlarning kelajagiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi Xulosa sifatida aytish mumkinki, xalq qo’shiqlari muqaddas meros. Ana shu boy merosdan barkamol avlodni badiiy-estetik va ma’naviy tarbiyasida imkon qadar keng va maqsadli foydalanish bugungi kunda ushbu yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan musiqa o’qituvchilari, maktagacha va maktabdan tashqari muassasa rahbarlari, tarbiyachilarining muqaddas burchlaridan biridir. Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling