O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


Download 258.5 Kb.
bet17/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

Xulosava tavsiyalar.

Musiqa san’ati kishiga butun bir yuksak tuyg’ular, zavq-shavqlar, g’oyalar olamini bilib beradi. Odamlarni ma’naviy jixatdan boy, sof va barkamol qiladi. Xar bir millatning o’z musiqasi, o’zining qulog’iga yoqadigan ovozlari bor. Lekin ayrim musiqa el-elatni bir-biriga yaqinlashtiradi, insonlarning qalbini, ongini yomon fikrlardan, illatlardan tozalaydi. Musiqa tufayli inson o’zida yangi, ilgari sezmagan kuchlarni topadi. Xayotga boshqacha nazar bilan qaraydi.


Buyuk allomalarning ruhi bilan yo’g’rilgan musiqaga oid asarlarida ko’rsatilgan g’oya, uslub va an’analarni zamonaviy madaniy-ma’rifiy, musiqiy-pedagogik amaliyotga tatbiq etish muhim samara berishi aniq. Madaniy-ma’rifiy va musiqiy-pedagogik sohaga ixtisoslashtirilgan o’quv yurtlarida ulug’ allomalar ilmiy merosini keng o’rganish, yaratilgan an’analardan unumli foydalanish davrimizning dolzarb talabidir.
O’quvchining musiqa san’atiga qiziqishi, uning dastavval, darsga munosabati va unga moyillik hissi mavjudligini aks ettiradi. O’qituvchining asosiy vazifalaridan biri, o’quvchini faqat musiqa san’atiga qiziqtiradigan nazariy tushuncha va amaliy ijro bilan shug’ullanishga jalb etish bilan chegaralanib qolmasligi lozim. Balki, uning musiqiy qiziqishlarini yanada chuqurlashtirishga da’vat etuvchi musiqiy g’oyalar, xususan, musiqiy «til» orqali asarda qanday real voqealar aks ettirilganligi va musiqiy-badiiy obrazlar nechog’lik shakllanganligini tushunib olishga da’vat etuvchi qiziqishlar ko’lamini o’stirib borishdan iborat bo’ladi.
Ushbu monografiya “O’zbek milliy musiqa merosini o’rganishning dolzarb vazifalari” mavzusida yozilgan bo’lib, uning asosiy mazmuni o’zbek milliy musiqa merosini tarixiy rivojlanish jarayonlari, milliy musiqa merosi turlari va janri, milliy musiqa san’ati,hususan, maqom san’atiga bag’ishlangan ma’lumotlar keng yoritib berilgan. Har bir boblarda yoritilgan mavzular o’zinnig dolzarbligini isbotladi.
1-bobda O’rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatining rivojlanish jarayonlari nazariy metodologik jihatdan Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Ibn Zayla, Abduraxmon jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy kabi qator olimlarning ilmiy meroslaridan unumli foydalanildi.
2-bobda o’zbek milliy musiqa merosining janrlari haqida so’z boradi. Ushbu bobda xalq merosiga kirgan eng ommaviy san’at turlari va ularning nazariy-amaliy jihatdan ilmiy metodlari yoritib berilgan.
O’zbek milliy musiqa merosining asosiy janrlaridan hisoblangan Folklor janri haqida batafsil ma’lumotlar keltirib o’tilgan bo’lib, uning mehnat qo’shiqlari, marosim qo’shiqlari, chorvachilik, hunarmandchilik, dehqonchlik qo’shiqlari haqida muhim ma’lumotlari keltirilgan. Bundan tashqari ushbu bobda maqom tarixiy merosi va uning ildizlari haqida dalillar keltirib o’tilgan.
3-bob O’zbek milliy musiqa merosini o’rganishni dolzarbligi va yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rnihaqida yozilgan bo’lib, tadqiqotning asosiy mazmunini tashkil etdi. Yoshlar kelgusida ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda xalq musiqa merosidan unumli va oqilona foydalanish borasida fikr mullohazalar berib o’tilgan. Magistrlik dissertatsiyasining umumiy jihatdan malaka talablari asosida yozilgan.
O’zbekistonda yosh avlodni tarbiyalashda musiqa san’ati hususan, o’zbek xalq musiqa merosi vositalari orqali tarbiyalash bo’yicha kattagina muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Ammo mana shu muhim pedagogik jarayonda qator kamchiliklar va hal etilmagan masalalar ham bor. Bizningcha, ular quyidagilardan iborat:
Hozirgi kunga qadar yosh avlodni bolalar va o’quvchilarni musiqa ashula asan’ai vositalari orqaliestetik shakllantirishning yaxlit tizimi ishlab chiqilgan emas.manashu muammolarning ayrim jihatlari ilmiy-pedagogik va metodik nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan. Lekin musiqa san’ati vositalari orqli estetik tarbi muammosi monografik yo’sinda har tomonlama hal qilingmagan. Shuning uchun mazkur vazifani yagona , izchil ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan pedagogik tizimi mavjud emas. Shunga ko’ra pedagogika fani hali anchagina murakkab qator muammolarni hal qilishi kerak.
L.I.Bobojonovichning ta’kidlashicha, “Hozir har bir bola tug’ilganidan boshlab fuqaro bo’lib etishguncha uni tarbiyalashning maqsadga muvofiq yagona jarayonini tashkil qilish nihoyatda zarur vazifa hisoblanadi. Bunda tarbiyani shunday tashkil etish lozimki, unda tasodifiylik vaa tartibsizlikka yo’l qo’yilmasligi hamda har bir bolaning shaxsi to’liq shakllanishiga erishish kerak”[16;134]. Olimning bu fikri bevosita musiqa ta’limi orqali yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda ham muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda xalq musiqa merosi, folklor san’ati, bastakorlik ijodiyoti, mumtoz musiqa, aqomlarimizning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda musiqiy merosimizdan unumli va samarali foydalanish kelgusida kamol topayotgan yoshlarning kelajagiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq qo’shiqlari muqaddas meros. Ana shu boy merosdan barkamol avlodni badiiy-estetik va ma’naviy tarbiyasida imkon qadar keng va maqsadli foydalanish bugungi kunda ushbu yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan musiqa o’qituvchilari, maktagacha va maktabdan tashqari muassasa rahbarlari, tarbiyachilarining muqaddas burchlaridan biridir.
Ushbu monografiyani yakunlashda uning ijobiy tomonlarini, kamchiliklarini hisobga olgan holda ayrim qo’shimchalar bilan birga tavsiyalarni ham berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bizning bu boradagi tavsiyalarimiz quyidagicha ifodalanadi:

  • O’zbek milliy musiqa merosini o’rganishning dolzarbligini va uning ma’naviy tarbiyadagi o’rnini belgilashda umumta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslariga alohida qo’shimcha soatlar ajratish va o’quvchilarni amaliy mashg’ulotlarga ko’proq jalb qilish;

  • Milliy musiqa merosini targ’ib qilish doirasida ommaviy axborot vositalari orqali video darslarni ko’proq tashkil qilish va ko’rsatuvlarni samarali olib borilishi uchun musiqashunos olimlarni jalb qilish;

  • Madaniyat markazlarida olib borilayotgan to’garak ishlarini jonlantirish va ko’proq yoshlarni jalb qilish orqali musiqiy ongini shakllantirish;

  • Maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalarida audio yozuvlar orqali bolalarda milliy musiqaga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish;

  • Yoshlarning mustaqil bilim olishida milliy musiqa san’atiga oid nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda e’tiborini qaratish va qiziqtirish.

Umumiy olganda o’zbek milliy musiqa san’atining dolzarbligini nazarda tutgan holda yoshlarning qiziqishlari va ma’naviy tarbiyasini shakllantirish borasida doimiy tarzda nazariy o’rgatish va ularning amaliy mashg’ulotlar orqali qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etishini anglab etishiga ilhomlantirishni taqazo etadi.
Muhtaram Prezidentimizning milliy musiqa san’atimizning o’rganish borasidagi fikrlari, o’tkazilayotgan halqaro tadbirlar, maqom maktablarining tashkil etilishi, har bir viloyat va shahar, tumanlarda maqom markazlarining tashkil topishi, o’zbek milliy san’atiga bo’lgan e’tibor bu borada olib borilayotgan yangicha islohotlar, o’zbek san’atning kelgusi taqdirini aniq belgilab berdi. Yurtimiz yoshlarini bu sohaga intilishlarini qo’llab-quvvatlash, ularni rag’batlantirish, yangi g’oya va fikrlarini qo’llash orqali o’zbek xalq musiqa merosi yanada rivojlanib,dunyo miqyosida gullab-yashnab taraqiy etib boraveradi. Bu esa o’zbek xalqining boy milliy musiqa merosining umrboqiyligidan dalolat beradi.



Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling