O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 258.5 Kb.
|
Mansurova N Monografiya 2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Katta ashula”
- Katta ashula.
Xalq ashulalari. Farg’ona-Toshkent musiqa uslubida xalq ashulalari ham muhim o’rin tutadi. Bu ashulalar terma, lapar, qo’shiq singari aytishlarga nisbatan ovoz doirasining kengligi hamda kuychan, so’lim ohanglari bilan ajralib turadi. Xalq ashulalari barmoq vaznida bo’lgan she’rlari yoki aruz vaznidagi mumtoz she’riyat asosida aytiladi. Ashulalar ijod etilishiga ko’ra ikki xil bo’lishi mumkin:
Xalq og’zaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar . Kasbiy musiqaga oid ustoz bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. “Tanovar”, “Ey Nozanin”, “Oydek to’libdur”, “Farg’ona”, “Ul parivash” singari xalq ashulalari nafaqat hofiz-ashulachilar, balki, ziyolilar, hunarmandlar, kosiblar va boshqa kasb egalari tlmonidan ham ijro etib kelmngan. Shuningdek bu turdagi ashulachilar xotin-qizlar tomonidan ichkarida kuylangan. Jumladan, “Chaman ichra”, “Tanovar”, “Qora sochim” kabi ashula yo’llari dutor jo’rligida xotin-qizlar tomonidan sevib ijro etiladi [24;23-24]. O’zbek musiqiy merosida yana bir takrorlanmas o’ziga xos janr mavjud bo’lib, ushbu janr ma’lum lokal hududlarigagina xosligi bilan ajralib turadi. Bu janr asosan Farg’ona vodiysida mashhur bo’lib “Katta ashula” san’ati deb nomlanadi. Tanovarlar. Tanovar iborasi ikki so’zdan tashkil topgan. “Tan”-ya’ni jismni, “ovar”- esa olib kelish ma’nolarni anglatadi. O’zbek milliy musiqa ijodiyotida 20 ga yaqin “tanovarlar” va tanovar yo’llariga mansub musiqiy namunalar mavjud ekanligi ustozlar tomonidan qayd etilib kelinadi. Ijrochilik amaliyotida esa ular turli cholg’u va ashula yo’llarida ijro etiladi: Ular orasida: “Qora soch”, “Tanovar 1”, “Gulbahor va Tanovar”, “Adolcha tanovar”, “Farg’onacha tanovar”, “Qo’qon tanovari”, “Yangi tanovar”, “Marg’ilon tanovari”, “Namangan tanovari”, “Tanbur tanovari” kabinomlar bilan yuritiladigan asarlar mashhurdir [25;17]. Katta ashula. Katta ashlula yoki patnis ashula-O’zbekistonning Farg’ona vodiysiga xos yirik ashula yo’li, mustaqil janri, o’ziga xos ijro uslubi va usluli. Ikki yoki undan ortiq (beshtagacha) xonanda tomonidan cholg’u jo’rligisiz galma-gal aytiladi. Baland pardalarda ijro etilishi, katta avjlar mavjudligi, so’zlarning tinglovchilarga ravon etib borishi va ta’sirchanligi katta ashulaga xos bo’lib, uning “Yovvoyi maqom”, (“Yovvoyi Ushshoq”, “Yovvoyi Chorgoh”), “yovvoyi ashula” (“Yovvoyi tanovar”, “Yovvoyi munojot”) “yakkaxonlik” (“Oh kim”, “Guluzorim qani”, “Topmadim”) va cholg’u yo’li (“Yovvoyi Chorgoh”- yakkasoz nay uchun) kabi janrlari mavjudligidan darak beradi. Katta ashula qadimiy marosim va mehnat qo’shiqlari, marsiya hamda aruz vaznidagi g’azallarning qadimiy o’qilish uslublari (“g’azalxonlik”) zaminida vujudga kelgan. Uning o’tmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz g’azallar bilan bir qatorda diniy, tasavvuf vazamonaviy yo’nalishdagi she’rlar ham kuylanadi [26;15]. Katta ashula janrining asosiy hususiyatlari: Bir vohada shakllanib, rivoj olishi(Farg’ona vodiysida); O’ziga xos ijro uslubi – ikki (yoki uch-besh) xonandalar tomonidan cholg’u jo’rligisiz, galma-galdan aytilishi; Badihago’ylik (har bir xonanda ijrosida); So’z va kuy mutanosibligi; Professionallik mahorat va qobiliyat majudligi (ijrochi professionallik talablariga javob berishi lozim); So’z matnida noshe’riy bo’g’in va iboralardan (yor, voy-ey, jon, adoman-ey) keng foydalanish (ayniqsa avj qismida); Ta’sirchanlik; Hamnafaslik (ovoz diopozoni, kuchli, balandligi, tembri, uslubi xonandalarda bir-biriga mos tushishi zarur); Erkin talqin etish; Ijro an’analariga bo’ysunish va rioya qilish [27;36-37]. Katta ashulaning ijrochilik madaniyati yuksalishida uning o’ziga xos ijrochilik maktablari shaklandi- Qo’qon(E.Karimov, Hamroqul qori, R.Mamadaliev), Marg’ilon (M.Sattorov, B.Rajabov, J.Sultonov, M.Uzoqov, T.Sharipov rahbarligidagi “Chorgoh”guruhi a’zolari (R.Otaboev, N.Mamajonov, O.Qodirovlar)), Andijon (F.Mamadaliev, O.Yusupov, S.Saidnazarov, H.Hasanov), Namangan (M.Hamidov, A.G’oziev, I.Isoqov), Toshkent (A. Va E. Haydarovlar, M.Tojiboev, M.Yo’lchieva, B.Do’stmurodov, A.Ibroximov, S.Niyozov, D.Qodirqulova, N. Pirmatova). Katta ashula ijrochilik san’ati bugungi kunda Farg’ona vodiysida, Marg’ilon ijrochilik maktabining davomchilari bo’lgan “Chorgoh” (R.Otaboev, T. Sharipov, N.Mamajonov, O.Qodirovlar)guruhining ijodiy faoliyati alohida tahsinga sazovar. Hususan, ustoz Rustamjon Otaboev hozirgi kunda Farg’ona viloyati Toshloq tumani 22- Bolalar musiqa va san’at maktabida ushbu an’anani davom ettirib, “Katta ashula” san’atini yoshlarga o’rgatib, saboq berib kelmoqdalar. jonbozlik ko’rsatib kelmoqdalar. san’atini o’quvchi yoshlarga o’rgatib saboq berib kelmoqdalar. Ular “Navro’z”, “Mustaqillik” davlat tantanalarida va “Xalqaro Maqom festivali”, “Halqaro baxshichilik festivli”, “Xalqaro hunarmandchilik festivali” lari va boshqa nufuzli davlat tadbirlarida o’zlarini namoyish etib kelmoqdalar. Shundan ko’rinadiki, asrlar bo’yi ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan nodir ijro bo’lmish katta ashula ijrochiligi o’zining serjilo ko’rinishlari bilan xalqimizni xushnud etaveradi. Hulosa qilib aytganda, o’zbek musiqa san’atida Farg’ona -Toshkent ijrochilik maktabi alohida o’rin tutadi. Bu maktabning musiqa va ashula ijrochiligi aniq uslubga, doira usuliga, musiqiy tuzilmasiga egadir. Bularning barchasi o’zbek musiqa san’atining ajralmas qismi bo’lgan Farg’ona-Toshkent ijrochilik maktabining umrboqiyligidan dalolat beradi [28;118-119]. Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling