Mehnat qo’shiqlari.O’zbek xalq og’zaki ijodida mehnat qo’shiqlari inson mehnat faoliyati turlaridan bo’lgan er haydash, tegirmon yanchish, ip yigirish, hosil yig’im terimi va hokazo jarayonlarida o’ziifodasini topgan. Bu aytim turi ham o’z navbatida uch guruhga bo’linadi:
1. Chorvachilik qo’shiqlari;
2. Dehqonchilik qo’shiqlari;
3. Hunarmadchilik qo’shiqlariga bo’linadi.
Bu kabi aytimlarda mehnat mazmuiga bog’liq she’riy to’rtliklar kichik ovoz (kvarta, goho-kvinta) doirasida bo’lgan nutqdosh va so’zdosh ohanglar ustuvorligida ifodalanadi; shakliy tuzilmalarining yuzaga kelishida “ettilik” bo’g’in-ritmi etakchi o’rin tutadi; she’riy bandlari oldidan yoki ulardan so’ng mustaqil naqarotlar deyarli qo’llanilmaydi, ammo band misralarga ulanib keluvchi maxsus takroriy so’z-iboralar (masalan, xo’sh-xo’sh, turey-turey, mayda-mayda va h.k) qo’llanilishi pirovardida o’ziga xoslik kichik naqarotlar yuzaga keladi; asosan yakka ijroni taqoza etuvchi bu qo’shiqlar jo’rnavozlik vazifasini bajaruvchi musiqiy cholg’ular qo’llanilmaydi [17;197].
Chorvachilik qo’shiqlari. Chorvadorlik qo’shiqlari asosan chorva hayvonlarini sog’ish jarayonlarida yuzaga kelgan qadimiy aytim qo’shiqlaridir. Aodatda sog’in qo’shiqlari sigir, qo’y-echki, biya, tuya va uy hayvonlarini sog’ishda tinchliantirish, erkalash ko’proq sutsog’ib olishda ijro etilgan. “Xo’sh-xo’sh”, “Turey-turey”, “Churey-churey” kabi aytimlar manashu jarayonlarda kuylangan. Bu aytim turi odatda kvarta va kvinta oralig’ida yonma-yon bo’lgan tovushlar oralig’ida sekin-asta mayinlik bilan kuylangan.
Dehqonchilik qo’shiqlari. Dehqonchilik qo’shiqlari er haydash, donni yanchish, hosil yigim -terimida va bahorgi mehnat jarayonlarini boshlanishi bilan bog’liq. Ushbu qo’shiqlar oddiy xalq va dehqonlar tomonidan ularning mehnati va mashshaqatini aks ettiruvchi badiha tarzida to’rtliklarda savo-javob tarzida ifoda etiladi. Masalan, “Qo’sh xayda”, “O’rim qo’shig’i”, “Xo’p mayda”,“Mayda-mayda” kabi qo’shiqlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |