O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


Download 258.5 Kb.
bet7/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

Abu Mansur ibn Zayla(-1049)Ibn Zayla o’rta asrning mashhur musiqashunos olimlaridan biri hisoblanadi. U Ibn Sinoning eng yaxshi shogirdlaridan biri bo’lib, qisqa umri davomida fanning turli yo’nalishlarida yuksak saviyali asarlar yozib ilm ravnaqiga katta hissa qo’shgan. Uning musiqa ilmi merosi Forobiy va Ibn Sinoga tenglashtiriladi. Uning musiqa ilmiga oid yagona asakmari “Kitob al-kafiy fi al-musiqa”(“To’liq musiqa kitobi”) dir. Ibn Zaylaning musiqiy qarashlari Ibn Sino musiqiy ta’limotidan habar beradi. Keyinchalik esa olim o’zining ilmiy asarlari va risolalarida ustozi Ibn Sino asarlarini chuqur o’rganib sharh yozadi.
Ibn Zayla Sharq musiqa tarixida birinchilardan bo’lib, kuy pardalarining nomlanishini arab alifbosining son birligida qo’llab, yangi usulni joriy etgan. Mazkur usul asosida musiqiy pardalarni talqin etishda yakgoh, dugoh, segoh, chorgoh, panjgoh kabi iboralar qo’llanila boshlagan. Shu sababli uning xizmatlari tarixda yuksak baholanadi.
Abu Abdulloh Xorazmiy (997 yil vafot etgan).IX-X asr musiqa madaniyati tarixida O’rta Osiyodan chiqqan buyuk qomuschi olim Abu Abdulloh Muhammad bin Yusufal-Kotib al-Xorazmiyning “Mafotihul-ulum” (“Ilmlar kaliti”) ni musiqaga bag’iglangan qismi ham alohida o’rin tutadi. Xorazmiynnig bu asari O’rta Osiyo xalqlari fan va madaniyati tarixini yoritishda muhim manbalardan biridir. Hususan, bu qomusning musiqaga doir qismida o’sha zamonlarda mavjud musiqa cholg’ulari to’liq tavsiflanadi, va ularning har biri haqida mufassal ma’lumot beriladi [10;18-19].
Safiuddin Urmaviy (1216-1294). Sharqning buyuk musiqashunosi, atoqli shoiri, xattoti, sozandasi va hofizi Safiuddin Abdulmo’’min al-Urmaviy al-Bag’dodiyning musiqashunoslikka ioid asarlarining soni va atalishi borasida turli xil fikrlar va taxminlar bor. Lekin olimning bizgacha etib kelgan asari “Davrlar kitobi”dir. Mazkur asar o’n besh fasldan iboratdir. Urmaviyning mazkur asari mumtoz musiqa janrining nazariy va amaliy jihatlarini asoslab bergan.
Abdurahmon Jomiy (1414-1492).Abdurahmon Jomiyning nomi o’zbek va sharq musiqa madaniyatida musiqa haqidagi risolasi bilan mashhur bo’lgan. Jomiy o’z asarida Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marog’iylarning musiqa nazariyasiga oid asosiy qonunlarini davom ettirgan.Mavlono Jomiy o’zining “Musiqa risolasi” nomli musiqashunoslikka oid ilmiy ishida buyuk san’atkor sifatida nom qozonadi. Ushbu asar 1475 yil Navoiy taklifiga binoan yaratildi. Risola 23 qism va muqaddima va yakunlovchi qismidan iboratdir.
Jomiy muqaddima va 1-2-3-boblarda musiqaning paydo bo’lishi tarixi, tovush va tovush qatorlarning tuzilishi, musiqa lug’atini qamrab oladi. Ushbu risolaning qismlarini tahlil qilib Jomiy yozgan fikrlarini keltirib o’tish joizdir: “Musiqa ilmi ikki qismdan iborat: birinchi qism nag’malar tovushlar(ta’lif) va ikkinchi qism ritmlar tizimi, 4-5 bobda intervallar (fosila)-(jam’), tovushlarning o’zaro munosabati, ohangdosh va noohangdosh intervallar, inerval va tovushlarning musiqa asboblarida yanrashi” haqida amaliy ko’rsatmalar bergan [4;30-31].

Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling