O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fanvainnovatsiyalar vazirligi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Magistratura bo’limi I 501-22A-guruh magistranti Mamatov Abdurauf Olimjonovich
Download 97.85 Kb.
|
Industrial tashkilot Sentabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.3. Mahalliy sоliq va yig`imlar
Mahalliy sоliq va yig`imlarga quyidagilar kiradi: - mоl-mulk sоlig`i; - yеr sоlig`i; - avtоtranspоrt vоsitalarini оlib sоtganlik uchun sоliq; Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, yengil, avtobuslar, mikroavtobuslar va boshqalar), motorli qayiklar, vertolyotlar, samo-lyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar. Ularga qarashli boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala va bogʻ hovlilardagi uy-joylari, inshootlar va boshqa qiymatining, agar ularning 1998-yil 1-yanvargacha qayta inventarlashtirish qiymati hisoblab chiqilgan boʻlsa 0,5%, qayta hisoblab chiqilmagan boʻlsa, 7% miqdorida M.-m. s toʻlaydilar (2003). Oʻzbekiston Respublikasi Soliqkodeksi, Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan M.-m. s.ni kamaytirish, bu soliq boʻyicha imtiyozlar berish yoki ozod etish tartibi mavjud. Yer soligʻi — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-asrdan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi yerlarda zakot, xiroj, oʻlpon, tanob, ushr va b. nomlar bilan yuritilgan. Musulmon mamlakatlarida yer maydoni birligidan pulda yoki yer sifati hamda suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 qismi hajmida undirilgan. Oʻrta Osiyoda 8-asr boshida arablar tomonidan joriy qilingan. Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asr boshlaridagi xonliklarda Yer solig’i asosan pul shaklida olingan. Mas, Buxoro amirligida amir ixtiyorida mulk yerlari boʻlgan davlat (podsholik) yerlari amlok yerlar deb atalgan, unga ekin ekkan dehqonlar Yer solig’i — xiroj toʻlaganlar. Yer solig’ini yigʻuvchi amaldor deb atalgan. Xonlardan hadyaga olingan tanho yer egalari davlatga Yer solig’i toʻlashdan ozod boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasida Yer solig’ini oʻz mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻlaydilar. Yer solig’iga doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq tartibga solinadi. Yer solig’ining stavkalari yer uchastkasining qaysi mintaqada joylashgani, sifati va suv bilan taʼminlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili inflyasiya darajasidan kelib chiqib, yer uchastkasining birligiga (ga, m2) soʻm hisobida tasdiqlanadi. Noqishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ularning qayerda joylashganligi, shahar va shaharchalarda hamda ularning hududlarida infratuzilmalarning rivojlanganiga qarab boʻlingan mintaqalar boʻyicha har xil stavkalar belgilanadi. Qishloq joylari uchun Yer solig’i stavkalari sugʻoriladigan va lalmi-yaylov mintaqalari boʻyicha alohida belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari barcha soliqlar oʻrniga (alkogol mahsulotlariga toʻlanadigan aksiz soligʻidan tashqari) yagona Yer solig’i toʻlaydilar. Qishloq xoʻjalik korxonalarida yer asosiy vosita va yerlarning sifati alohida ahamiyatga ega ekanligini hamda dehqonchilikning rivojlanish darajasini hisobga olib, sugʻoriladigan yerlar bonitet ballaridan kelib chiqib, 10 sinfga boʻlingan. Yer solig’ini hisoblashda bazaviy stavkalarga hukumat tomonidan tasdiqlangan koʻpaytirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi. Har bir tuman boʻyicha sugʻoriladi-g a n eng past sifatli yerlarga alohida bazaviy stavkalar belgilangan. Mas, yagona yer soligʻi toʻlaydigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun sugʻoriladigan yerlarda 1-sinfga mansub 1 ga uchun soliqning bazaviy stavkasi Parkent tumanida 986,4 soʻm, Zangiota tumanida 1487,5 soʻm, Moʻynoq tumanida 668 soʻm qilib belgilangan. Yer solig’ini hisoblashda shu tumanlarda bazaviy stavkalar 5-sinfga kiradigan yerlarga 4,57, 6-sinfga kiradigan yerlarga 6,54, 10-sinfga kiradigan yerlarga 17,5 koeffitsiyentlariga koʻpaytiriladi (2002). Sugʻorilmaydigan lalmi va yaylov yerlari yogʻingarchilik bilan taʼminlanganligini hisobga olgan holda tekislik, adir, togʻ va togʻ oldi min-taqalariga boʻlinadi. Lalmi (mas, Toshkent viloyatida 1,19—1,67 koeffitsiyentlari bilan har ga uchun 84,4 soʻmdan 167,5 soʻmgacha) va yaylov yerlarga (choʻl zonalari uchun 16—30 soʻm, 1,51—2,05 koeffitsiyentlari bilan adir va togʻ oldi zonalari uchun 25—34,2 soʻm) ham alo-hida soliq stavkalari bor. Qishloq xoʻjaligi korxonalari imoratlar egallagan (Toshkent viloyatida bazaviy stavka 13285,6 soʻm, koeffitsiyenta 20,44), zovurlar, yoʻllar (24,4 soʻm/ga) bilan band boʻlgan va boshqa foydalanilmaydigan yerlari uchun ham Yer solig’i ni toʻlaydilar. Aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllabquvvatlash maqsadida jismoniy shaxslarga yer uchastkalarining joylashgan joyiga qarab Yer solig’i stavkalari 10—25 karra kam belgilanadi. Korxonalarning rivojlanishini ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ayrim guruhlariga davlat tomonidan Yer solig’i boʻyicha imtiyozlar berilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar Yer solig’ini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda mahalliy byudjetga toʻlaydilar. Xulosa Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotdako‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. Bu kontseptsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1 T. A. Frolova. - Iqtisodiy ta'limotlar tarixi: ma'ruza matni. - Taganrog: TRTU, 2004 yil 2. Sh. Sh. ShODMONOV, U. У. G‘AFUROV Iqtisodiyot nazariyasi TOShKENT - «FAN VA TEXNOLOGIYA» - 2005. 590 bet 3. “KICHIK BIZNЕS VA XUSUSIY TADBIRKОRLIK’’ . Ma’ruza matnlari. - Tоshkеnt -2011. 150 bet 4. Lex.uz O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-sоnli farmoni Download 97.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling